I bob. Demografik tahlilga kirish


-jadval Yosh guruhlari standartlari, jami aholiga % hisobida



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə25/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
1. Demografik Tahlil

5.2-jadval
Yosh guruhlari standartlari, jami aholiga % hisobida

Yosh guruhlari

Yevropa standarti

Dunyo standarti

0-1

1,6

1,8

1-4

6,4

7,0

5-9

7,0

8,7

10-14

7,0

8,6

15-19

7,0

8,5

20-24

7,0

8,2

25-29

7,0

7,9

30-34

7,0

7,6

35-39

7,0

7,2

40-44

7,0

6.6

45-49

7,0

6,0

50-54

7,0

5,4

55-59

6,0

4,6

60-64

5,0

3,7

65-69

4,0

3,0

70-74

3,0

2,2

75-79

2,0

1,5

80-84

1,0

0.9

85 i bolee

1,0

0,6

5.2-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, A, V va S mamlakatlar uchun o‘lim ko‘rsatkichlariga yoshga oid koeffitsientlari sifatida o‘lim ko‘rsatkichlari yoshga oid koeffitsientlari o‘rtacha ko‘rsatkichlarini olib, ushbu mamlakatlar uchun o‘lim ko‘rsatkichlari standartlashgan umumiy koeffitsientlari va standartlash indekslarini mustaqil hisoblab chiqishga harakat qiling.
Bevosita standartlashtirishda standartlashtirish indeksi ham, standartlashgan koeffitsient ham uning vazni real aholida kichik va aksincha, standart aholida katta bo‘lgan yoshga oid koeffitsient ta’siri ostida bo‘lib qolishi xavfi mavjud. Bizning misolda bu vaziyat standart sifatida A aholi yoki V aholi olingan holda o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Bilvosita standartlashtirish bunday xavfdan qochishga imkon beradi.
Bilvosita standartlashtirishda umuman teskari ishlar amalga oshiriladi: standartning yoshga oid koeffitsientlari real aholining yosh tarkibi bo‘yicha qayta o‘lchanadi. Shunday qilib, uning yosh tarkibi real aholining yosh tarkibi bilan bir xil bo‘lganda standart aholida o‘ringa ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalar miqdori olinadi. Real aholidagi demografik voqea-hodisalar sonini ushbu kutilayotgan voqea-hodisalar soniga bo‘lib, bilvosita standartlashtirish indeksi olinadi. Agar standart umumiy koeffitsientini ushbu indeksga ko‘paytiradigan bo‘lsak, standartlashgan umumiy koeffitsientga ega bo‘lamiz, u demografik jarayonlarning yoshga oid intensivligi xuddi standart aholisidagi bilan bir xil bo‘ladigan real aholida umumiy koeffitsient miqdori qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilarning barchasini quyidagi formula yordamida aks ettirish mumkin:
bu yerda: Ibilvosita – bilvosita standartlashtirish indeksi;
Rx1 – mutlaq ko‘rsatkichda ifodalangan real aholining yosh tarkibi;
mx0 – standart aholida demografik jarayon intensivligi yoshga oid ko‘rsatkichlari;
mx1 – ushbu aholida demografik jarayon intensivligining yoshga oid ko‘rsatkichlari.
Bundan
bu yerda: CRstan – standartlashtirilgan umumiy koeffitsient;
CR0 – standartning umumiy koeffitsienti.
Xuddi shu natijani real aholi yosh tarkibini mutlaq hajmda emas, balki ulushda ifodalagan holda osonroq olish mumkin:
Bilvosita standartlashni standart va real aholining yosh tarkibi hamda standart aholida demografik jarayonlar yoshga oid intensivliklari ma’lum bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq.
Bilvosita standartlashtirish o‘lim ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda keng qo‘llanib, umuman olganda, shuning uchun ham ishlab chiqilgan. Biroq so‘nggi yarim asrda bilvosita standartlash usuli tug‘ilish ko‘rsatkichlarini o‘rganishda ham faol qo‘llanilmoqda. Bu yerda uning qo‘llanish sohasi bu – tug‘ilish ko‘rsatkichlari darajasini shakllantirishda shaxslar xulq-atvori va demografik tarkibning (yosh, nikoh va b.) qiyosiy rolini tahlil qilishdir. Xususan, aynan bilvosita standartlashtirish E.Koulning tug‘ilish indekslari va V.A.Borisovning tabiiy tug‘ilish ko‘rsatkichlari gipotetik minimumi modelining asosida yotadi.
Teskari standartlash usuli yoki boshqacha aytganda kutilayotgan aholi soni usuli ushbu aholining yosh tarkibi haqida ma’lumotlar bo‘lmagan, lekin uning umumiy soni va undagi demografik voqea-hodisalar soni haqida ma’lumotlar bo‘lgan (aholini ro‘yxatga olish yaqin vaqtlardan amalga oshirila boshlagan ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarda uchraydigan ko‘p holat) hollarda qo‘llaniladi. Shuningdek, albatta, standartning yoshga oid koeffitsientlari ham ma’lum. Buni bilgan holda, real aholi standart aholi bilan bir xil yoshga oid koeffitsientlarga ega bo‘lishi shartida real aholining barcha yosh guruhlari shartli o‘rtacha sonini tiklash mumkin. Buning uchun ma’lum voqea-hodisalar sonini standart yoshga oid koeffitsientga bo‘lish kifoya:
bu yerda:    x yoshdagi guruh shartli soni;
Nx1 – voqea-hodisalar real soni;
fx0 – standartning yoshga oid intensivliklari.
Shunda, jami yig‘indisini chiqarib, real aholi standart aholi bilan bir xil yoshga oid koeffitsientga ega bo‘lganida bo‘lishi lozim bo‘lgan aholi o‘rtacha yillik umumiy sonini tiklash mumkin. So‘ngra, bu shartli sonni real songa bo‘lib, teskari standartlash indeksiga ega bo‘lamiz:
(5.12)
(5.12) ifoda maxrajida aholi real o‘rtacha soni, suratida – demografik jarayonning standart yoshga oid intesivliklarida har bir yoshda voqea-hodisalar amaldagi sonini ishlab chiqadigan uning gipotetik («kutilayotgan») soni yotadi.
Bularning keyingisini standart umumiy koeffitsientiga ko‘paytirib, standartlashtirilgan umumiy koeffitsientga, standart aholisi bilan bir xil yoshga oid koeffitsientlarga ega bo‘lganida o‘ringa ega bo‘ladigan real aholi uchun umumiy koeffitsient qiymatiga ega bo‘lamiz.
Bundan
bu yerda: CRstan - standartlashgan umumiy koeffitsient;
CR0 – standart umumiy koeffitsienti.
Bilvosita standartlash bilan bog‘liq holatdagi kabi barcha zarur hisob-kitoblarni mustaqil bajarishga harakat qilib ko‘ring.

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin