2. Standartlashtirish usullari Bevosita standartlashtirishda (1883 yil ingliz statistik olimi U.Ogl tomonidan taklif etilgan) real aholining yosh koeffitsientlari standartning yosh tarkibi bo‘yicha qayta o‘lchanadi. Shu tariqa uning yosh tarkibi standartning yosh tarkibi bilan bir xil bo‘lganda real aholida kuzatilishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalar miqdori olinadi. Bu sonni standart aholidagi demografik voqea-hodisalar soniga bo‘lib, bevosita standartlash indeksiolinadi. Agar umumiy standart koeffitsientini ushbu indeksga ko‘paytiradigan bo‘lsak, standartlashgan umumiy koeffitsientga ega bo‘lamiz, u yosh tarkibi standartning yosh tarkibi bilan bir xil bo‘lganda real aholida bo‘lishi mumkin bo‘lgan umumiy koeffitsient miqdorini ko‘rsatadi.
Aytilganlarning barchasini quyidagi formula yordamida aks ettirish mumkin:
bu yerda: Ipr – bevosita standartlashtirish indeksi;
Rx0 – mutlaq ko‘rsatkichlarda ifodalangan yoshga oid standart tarkibi;
mx0 – standart aholida demografik jarayon intensivligi yoshga oid ko‘rsatkichlari;
mx1 – ushbu aholida demografik jarayon intensivligi yoshga oid ko‘rsatkichlari.
Bundan kelib chiqadiki:
bu yerda: CRstan – standartlashtirilgan umumiy koeffitsient;
CR0 – standart umumiy koeffitsienti.
Xuddi shu fikrni, agar standartning yoshga oid guruhlari soni mutlaq ko‘rsatkichlari o‘rniga ularning umumiy miqdordagi ulushidan foydalanadigan bo‘lsak, oddiyroq qilib ifodalash mumkin. Bu holatda biz birdaniga standartlashtirilgan koeffitsientga ega bo‘lamiz:
bu yerda: Δx0 – standart aholida yoshga oid guruh ulushi.
Bevosita standartlashni taqqoslanayotgan real aholi demografik jarayonlari yoshga oid intensivligi va standartning yosh tarkibi ma’lum bo‘lganda qo‘llash mumkin. Bunda standart yosh tarkibi sifatida yoki biron-bir real aholining yosh tarkibi yoki sun’iy loyihalangan yosh tarkibini olish mumkin. Masalan, bu real strukturalar o‘rtachasi bo‘lishi mumkin. Oxirgi paytlarda umumiy koeffitsientlarni standartlashYevropa yoshga oid struktura standartidan foydalanish o‘tkazilmoqda (5.2-jadval).