15-49 yoshdagi ayollarning ayollar umumiy sonidagi ulushi
0,4583
0,5110
Ayollarning aholi umumiy sonidagi ulushi
0,5326
0,5329
15-49 yoshdagi ayollarning aholi umumiy sonidagi ulushi
0,2441
0,2723
Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti, %
14,6
9,8
Tug‘ilishning maxsus koeffitsienti, %
59,8
35,9
Jadval ma’lumotlari bo‘yicha quyidagiga ega bo‘lamiz:
‰;
‰;
‰
‰;
‰
‰
yoki %;
yoki %;
yoki %;
yoki %;
yoki %;
yoki %;
1991 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrda tug‘ilishning umumiy koeffitsienti 4,8%ga yoki 32,9%gacha qisqardi, bu asosan tug‘ilish maxsus koeffitsientining pasayishi bilan izohlanadi. Ushbu omil hisobiga umumiy koeffitsient 6,51%ga yoki 40%gacha qisqardi. Agar tug‘ilishning umumiy koeffitsienti faqat tug‘ilish ko‘rsatkichlari intensivligi ta’siri bilan asoslanganida u 2015 yil 8,09%ni tashkil qilgan bo‘lardi, ya’ni tug‘ilish ko‘rsatkichlari 1991 yil bilan taqqoslaganda 44,6%gacha qisqargan bo‘lardi. Shu bilan bir paytda aholi umumiy sonida reproduktiv yoshdagi ayollar ulushining o‘zgarishi ushbu ko‘rsatkichni biroz oshirdi (111,6%-100%=11,6%). Agar ayollar umumiy sonida reproduktiv yoshdagi ayollar ulushi (d) va jami aholi tarkibidagi ayollar ulushi (dw) alohida ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, ko‘rish qiyin emaski, tug‘ilishning umumiy koeffitsienti o‘zgarishida birinchi omil muhim rol o‘ynadi, u tug‘ilish ko‘rsatkichlari koeffitsientini 11,5%ga oshirdi. Ikkinchi omilga keladigan bo‘lsak, jami aholi tarkibidagi ayollar ulushi deyarli o‘zgarmadi va ushbu omil tug‘ilishning umumiy koeffitsienti o‘zgarishida aks etmadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlar o‘zaro quyidagi tarzda bog‘liq:
‰= ‰ ‰.
‰= ‰ ‰.
‰+ ‰ ‰.
Indekslarga ajratishdan alohida omillarning tug‘ilishning maxsus koeffitsienti o‘zgarishiga ta’sirini tavsiflash uchun ham foydalanish mumkin.
Ma’lumki, tug‘ilishning maxsus koeffitsientini yoshga oid koeffitsientlardan o‘rtacha o‘lchangan ko‘rsatkich sifatida aks ettirish mumkin, shunday ekan, ushbu ko‘rsatkich indeksini o‘zgaruvchan tarkib indeksi formulasi bilan ifodalash mumkin:
Ko‘rinib turibdiki, tug‘ilishning maxsus koeffitsienti o‘zgarishiga ikkita omil: birinchidan, har bir yosh guruhida tug‘ilish ko‘rsatkichlari intensivligining o‘zgarishi va ikkinchidan, reproduktiv yoshdagi ayollar yosh strukturasining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Aksincha, kattaroq yosh guruhidagi ayollar ulushi ortganda tug‘ilishning maxsus koeffitsienti pasayadi. Ushbu omillar ta’sirini aniqlash uchun doimiy tarkib va strukturali o‘zgarishlar indekslaridan foydalanish mumkin.
Doimiy tarkib indeksi (Ipost.sost.) birinchi omil ta’sirini (reproduktiv yoshdagi ayollar har bir yosh guruhida farzand ko‘rish intensivligini) tavsiflaydi:
Tarkibiy o‘zgarishlar indeksi reproduktiv yoshdagi ayollar yig‘indisi yosh strukturasining o‘zgarishi ta’sirini baholaydi:
Agar har bir yosh guruhining ayollar mutlaq soni o‘rniga ushbu x yoshdagi ayollarning reproduktiv yoshdagi ayollar (dx) o‘rtasidagi ulushini tadqiq etadigan bo‘lsak, keltirilgan indekslar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Bu yerda:
– hisobot davridagi tug‘ilishning maxsus koeffitsienti;
– bazis davridagi tug‘ilishning maxsus koeffitsienti;
– hisobot davrida 15-49 yoshdagi ayollar yosh tarkibida bazis davri tug‘ilishning maxsus koeffitsienti.
Ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi nisbatni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Keltirilgan indekslarni hisoblab chiqamiz:
%;
%;
%.