Shuningdek, mutlaq ifodada omillar hisobiga tug‘ilishning maxsus koeffitsienti o‘sishini ham aniqlash mumkin:
‰;
‰;
‰;
Ko‘rib chiqilayotgan davrda tug‘ilish ko‘rsatkichlari intensivligida jiddiy o‘zgarish ro‘y berib, bundan tug‘ilishning maxsus koeffitsienti indeksi (Iper.sost) dalolat beradi. Masalan, 2015 yil 1991 yil bilan taqqoslaganda tug‘ilishning maxsus koeffitsienti 40,4%ga pasaydi. Bunday pasayish, eng avvalo, har bir yosh guruhida tug‘ilishning qisqarishi bilan asoslanadi. Ushbu omil hisobiga tug‘ilishning maxsus koeffitsienti 34,6% qisqardi. Agar farzand tug‘adigan guruhlar yosh strukturasida o‘zgarishlar bo‘lmaganda tug‘ilishning maxsus koeffitsienti pasayishi o‘zgaruvchan tarkib indeksi ko‘rsatganidek 40,4%ni emas, balki 34,6%ni tashkil qilgan bo‘lardi.
Farzand tug‘adigan guruhlar tarkibining o‘zgarishi tug‘ilish ko‘rsatkichlari qo‘shimcha pasayishiga olib kelgan bo‘lib, bundan tarkibiy o‘zgarishlar indeksi dalolat beradi. Ushbu omil hisobiga tug‘ilishning maxsus koeffitsienti 8,9% pasaydi.
Agar har bir omil hisobiga tug‘ilishning maxsus koeffitsienti mutlaq pasayishini bazis davrning farzand tug‘ish yoshidagi ayollar soniga ko‘paytiradigan bo‘lsak, ko‘rib chiqilayotgan omillar hisobiga tug‘ilishlar sonining qisqarishini olish mumkin. 1991 yil 15-49 yoshdagi ayollar soni 36159 ming kishini tashkil qildi, demak, yoshga oid tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasayishi hisobiga tug‘ilishlar soni 687,7 ming kishiga , tarkibiy omil hisobiga esa – 194,2 ming kishiga qisqardi.
Topilgan ko‘rsatkichlarni tizimga birlashtiramiz:
Tug‘ilishning maxsus koeffitsientlari o‘zgarishini alohida tarkibiy qismlarga ajratish usuli maxsus koeffitsientlarning xususiy koeffitsientlar va aholi tarkibiga xuddi shunday bog‘liqligiga asoslanadi. Xususan, tug‘ilishning maxsus koeffitsienti umumiy o‘sishini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
Bu yerda:
– bazis davrda mos keluvchi yoshdagi 1000 ta ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar soni;
– x yoshdagi ayollarning reproduktiv (15-49) yoshdagi ayollar o‘rtasidagi ulushi;
– x yoshdagi tug‘ilish yoshga oid koeffitsientining o‘sishi (qisqarishi);
– 15-49 yoshdagi ayollar umumiy sonida x yoshdagi ayollar ulushining o‘sishi (qisqarishi).
Birinchi tarkibiy qism reproduktiv yoshdagi ayollar yosh tarkibi o‘zgarishining ta’sirini; ikkinchi tarkibiy qism – ushbu demografik jarayon intensivligi o‘zgarishining ta’sirini; uchinchi tarkibiy qism esa – ularning birgalikdagi o‘zgarishi natijasida tug‘ilishning yoshga oid koeffitsienti va yosh tarkibi o‘zgarishi o‘zaro aloqalari ta’sirini tavsiflaydi. So‘nggi tarkibiy qism dastlabki ikki tarkibiy qism o‘rtasida proporstional taqsimlanishi mumkin. Tug‘ilishning maxsus koeffitsientini ushbu formula bo‘yicha qismlarga ajratish omillardan har birining ta’sirini tavsiflashdan tashqari har bir yosh guruhi, masalan, 24 yoshgacha bo‘lganlar maxsus koeffitsient umumiy o‘zgarishiga qanday «hissa» qo‘shishishini baholashga ham imkon beradi. Hisob-kitob natijasi, odatda, foizlarda ifodalanadi.Shunday qilib, indekslar usuli, xususan, aholi tarkibi o‘zgarishining tug‘ilish ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga ta’sirini aniqlashga imkon beradi. Bu ta’sirni faqat demografik koeffitsientlarni standartlashtirish usullari yordamida bartaraf qilish mumkin.
Demografiyada demografik koeffitsientlarni standartlashtirishning bir nechta usullaridan foydalanilib, ularning orasida eng tarqalgani bevosita va bilvosita usullar hisoblanadi.
Standartlashtirishning bevosita usulida taqqoslanayotgan aholi guruhlari har biri bo‘yicha tug‘ilishning maxsus koeffitsienti aholining standart yosh tarkibi va amaldagi yoshga oid koeffitsientlardan foydalangan holda hisoblab chiqiladi. Shunday qilib, ushbu aholi guruhi bo‘yicha standartlashtirilgan koeffitsient hisoblab chiqiladi:
Bu yerda:
Fst – tug‘ilish ko‘rsatkichlari standartlashtirilgan koeffitsienti;
– tug‘ilish ko‘rsatkichlari yoshga oid koeffitsienti;
– standart sifatida qabul qilingan aholining har bir yosh guruhida ayollar soni.
suratida reproduktiv (15-49) yoshdagi ayollar yosh tarkibi standart sifatida qabul qilingan aholidagi bilan bir xil bo‘lganda nechta farzand tug‘ilishi mumkinligi hisoblab chiqiladi.
Standartlashtirilgan ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishda yig‘indisi 1 ga teng bo‘lgan standartlashtirish uchun vaznlardan foydalanish qulaydir (birlik ulushida ifodalangan struktura nisbiy ko‘rsatkichlari , natijada bu summaga bo‘lishga ehtiyoj yo‘qoladi)
Shu tariqa taqqoslanayotgan guruhlar bo‘yicha olingan koeffitsientlar dinamikada ham, hududlar bo‘yicha ham taqqoslash uchun foydalanilishi mumkin, chunki ularga ayollarning yosh tarkibi ta’sir etmaydi.
Standartlashtirishning bevosita usuliga xos bo‘lgan kamchiliklar shundaki, birinchidan, u yoki u standartni tanlashda qandaydir sub’ektivizm mavjud, ikkinchidan, agar ushbu yosh guruhi kam ifodalangan bo‘lsa, yoshga oid tug‘ilish ko‘rsatkichlari katta salmoqqa ega bo‘lishi va standartlashtirilgan ko‘rsatkichni hisob-kitob qilish natijalari noto‘g‘ri ko‘rsatilishi mumkin.
Standartlashtirishning bilvosita usulida standart sifatida demografik jarayonlar intensivlik ko‘rsatkichlarining o‘zi foydalaniladi (bizning holatda bu tug‘ilish ko‘rsatkichlari - ). Dastlab tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientlari standart sifatida qabul qilingan aholi bilan bir xil bo‘lganda reproduktiv yoshdagi har 1000 ta ayolga nechta farzand tug‘ilishi mumkinligi hisoblab chiqiladi: yoki (agar reproduktiv yoshdagi ayollar ayollar umumiy sonida har bir yoshdagi ayollar ulushidan foydalanilsa - ).
Tug‘ilish ko‘rsatkichlarining amaldagi maxsus koeffitsientini topilgan shartli ko‘rsatkichga bo‘lib, reproduktiv yoshdagi ayollar amaldagi yosh strukturasi bir xil bo‘lgan holda amaldagi aholida va standart sifatida qabul qilingan aholida tug‘ilishlar soni nisbatini tavsiflaydigan I indeksga ega bo‘lamiz.
Bilvosita usulda standartlashtirilgan tug‘ilish ko‘rsatkichlari koeffitsienti topilgan indeksni standart sifatida qabul qilingan aholi tug‘ilishning maxsus koeffitsientiga ko‘paytirish yo‘li bilan olinadi:
Bu yerda:
Shuni e’tiborga olish kerakki, standartlashtirilgan koeffitsientlardan faqat qiyosiy tahlil uchun foydalanish mumkin, bunda ushbu taqqoslashlar faqat ular bir xil standart qo‘llanib hisoblab chiqilgan holda o‘tkazilishi mumkin. Ushbu demografik jarayonning bevosita darajasi tavsiflangan holda esa odatiy (standartlashmagan) ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur.