I bob. Demografik tahlilga kirish


O’lim tahlili va jadvalini tuzish



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə29/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
1. Demografik Tahlil

O’lim tahlili va jadvalini tuzish.


1. O‘lim koeffitsientlari
Aholi o‘limi darajasini aniqlash uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ularning eng birinchi va oddiysi o‘lganlarning mutlaq soni hisoblanadiStatistika organlari yil davomida, so‘nggi paytlarda esa bunday ham qisqa vaqt davrlarida kuzatilgan o‘lim holatlar soni haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi va chop etadi. Biroq bu ko‘rsatkich barcha mutlaq demografik ko‘rsatkichlar kabi, umumiy aholi soniga ham, uning tarkibiga ham bog‘liq bo‘ladi.
O‘lim darajasining birinchi nisbiy ko‘rsatkichi – o‘limning umumiy koeffitsienti hisoblanadi[1]. Umumiy holatda u vaqt davridagi o‘lim holatlari sonining shu davr mobaynida aholi yashagan kishi-yillar umumiy soniga bo‘lgan nisbatiga teng:
Bu yerda:
D - T vaqt davridagi o‘lim holatlari soni;
Rx T – T davr mobaynida aholi yashagan kishi-yillar umumiy soni.
Agar gap 1 yilga teng bo‘lgan davr haqida boradigan bo‘lsa, o‘limning umumiy koef­fitsienti quyidagiga teng bo‘ladi:
.
O‘limning umumiy koeffitsienti bir vaqtning o‘zida uning maxsus koeffitsienti ham hisoblanadi, chunki barcha odamlar bir kun kelib o‘ladi. Qator yillar uchun umumiy koeffitsient di­namikasi o‘lim ko‘rsatkichlari darajasi haqida ilk tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. 8.1-jadvalda O‘zbekistonda o‘limning umumiy koeffitsienti dinamikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
8.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida o‘limning umumiy koeffitsienti dinamikasi, ‰

 Hududlar

2005 yil

2015 yil

umumiy

ayollar

erkaklar

umumiy

ayollar

erkaklar

O‘zbekiston
Respublikasi

5,4

5,0

5,7

4,8

4,4

5,2

Qoraqalpog‘iston
Respublikasi

5,8

5,5

6,2

4,7

4,2

5,2


Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin