I bob. Demografik tahlilga kirish


-jadval Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti, promille



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə36/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
1. Demografik Tahlil

7.1-jadval
Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti, promille

 Hududlar

2005 yil

2015 yil

Umumiy

Qiz bolalar

O‘g‘il bolalar

Umumiy

Qiz bolalar

O‘g‘il bolalar

O‘zbekiston Respublikasi

20,3

19,7

21,1

22,5

21,6

23,3

Qoraqalpog‘iston
Respublikasi

20,6

20,3

21,0

22,7

22,1

23,3

Viloyatlar:







Andijon

20,1

19,3

21,0

23,1

22,4

23,8

Buxoro

19,8

19,2

20,5

21,1

20,1

22,1

Jizzax

22,9

22,1

24,0

22,6

21,8

23,4

Qashqadaryo

22,2

21,8

22,7

25,1

24,3

25,9

Navoiy

19,9

19,6

20,4

21,6

20,9

22,2

Namangan

20,2

19,8

20,7

22,9

22,4

23,5

Samarqand

21,8

21,1

22,6

24,1

23,2

25,1

Surxondaryo

21,9

21,1

22,7

24,7

24,0

25,5

Sirdaryo

21,2

20,6

22,0

22,1

21,4

22,7

Toshkent

18,7

18,1

19,6

20,3

19,3

21,4

Farg‘ona

19,7

19,0

20,7

21,9

21,2

22,6

Xorazm

21,7

21,3

22,2

22,7

21,9

23,5

Toshkent sh

15,6

14,9

16,6

17,7

16,5

19,0

Jadval O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Tug‘ilishning maxsus koeffitsienti. Tug‘ilishning maxsus koeffitsienti xuddi boshqa maxsus koeffitsientlar kabi aholining tug‘ilishni «amalga oshiradigan» qismi, ya’ni reproduktiv yoshdagi (ya’ni 15-49 yoki ayrim mamlakatlarda bo‘lgani kabi 15-44 yoshdagi) ayollar soniga nisbati bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Tug‘ilishning maxsus koeffitsienti (GBR) yil davomidagi tug‘ilishlar umumiy sonining reproduk­tiv yoshdagi ayollar soniga nisbati 1000 ga ko‘paytmasiga teng:
bu yerda:
GBR – tug‘ilishning maxsus koeffitsienti;
V – yil davomdiagi tug‘ilishlar mutlaq soni;
G‘15-49 – reproduk­tiv yoshdagi ayollar o‘rtacha yillik soni.
2014 yil tug‘ilishning maxsus koeffitsienti quyidagiga teng bo‘ldi:
Tug‘ilishning umumiy va maxsus koeffitsienti o‘zaro quyidagi nisbat bilan bog‘liq: umumiy koeffitsient jami aholi sonidagi reproduktiv yoshdagi ayollar ulushiga ko‘paytirilgan maxsus koeffitsientga teng:
bu yerda:
Δ – jami aholi sonidagi reproduktiv yoshdagi ayollar ulushi, ya’ni F15-49.
2015 yil o‘tracha yillik aholi sonida reproduktiv yoshdagi ayollar ulushi taxminan 27,71%ga teng bo‘ldi. Bundan kelib chiqadiki:
37,69% x 27,71% = 10,45%.
Tug‘ilishning xususiy koeffitsientlari. Tug‘ilishning xususiy koeffitsientlari boshqa demografik va nodemografik tarkiblar ta’sirini bartaraf qilish uchun hisoblab chiqiladi. Xususan, barcha tug‘ilganlar orasida nikohsiz tug‘ilganlar ulushi katta bo‘lgan joylarda ko‘pincha mos ravishda nikohda tug‘ilgan va nikohsiz tug‘ilgan bolalarning nikohda bo‘lgan va nikohsiz ayollar o‘rtacha yillik soniga nisbatiga teng bo‘lgan nikohda tug‘ilish ko‘rsatkichlari va nikohsiz tug‘ilish ko‘rsatkichlari ko­effitsientlari hisoblab chiqiladi.
Nikohda tug‘ilishning maxsus koeffitsienti (GBMR):
bu yerda: Bm – nikohda tug‘ilgan bolalar soni;
- nikohda bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollar soni.
Nikohsiz tug‘ilishning maxsus koeffitsienti (GBGP)
Bu yerda: Vg– nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni;
- nikohsiz bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollar soni;
m va g indekslar mos ravishda nikohda tug‘ilish va nikohsiz tug‘ilishga tegishli.
Nikohda tug‘ilish va nikohsiz tug‘ilish koeffitsientlarini hisob-kitob qilishda aholini ro‘yxatga olishda va FHDYo organlarida bola tug‘ilishini qayd qilishda ayollarning nikohdalik maqomini belgilashdagi farqlarni e’tiborga olish lozim. Agar FHDYo rasmiy hujjatlar (nikoh haqida shahodatnoma) bo‘yicha belgilasa, ro‘yxatga olish paytida – ayollarning so‘zlari bo‘yicha belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, kasr surati va maxraji o‘rtasida ma’lum bir nomutanosiblik mavjud. Oqibatda, nikohda tug‘ilish va nikohsiz tug‘ilish koeffitsientlari hisob-kitobi ulardan birinchisini kamaytirib va ikkinchisini oshirib ko‘rsatadi. Shu sababdan ham nikohsiz tug‘ilish ko‘rsatkichlari haqida barcha tug‘ilgan bolalar orasida nikohsiz tug‘ilishlar ulushi bo‘yicha mulohaza yuritish to‘g‘riroq bo‘lardi.
Tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientlari. Tug‘ilishning xususiy koeffitsientlari orasida muhim o‘ringa ega bo‘lgan tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientlari ayollarning muayyan yosh guruhida tug‘ilish ko‘rsatkichlari intensivligini o‘lchab beradi. Yoshga oid koeffitsientlarni bir yillik yosh oraliqlari uchun yoki 5 yillik (10 yillik) yosh oraliqlari uchun hisoblab chiqish mumkin. Oxirgi holatda ular bir yilga keltiriladi. Tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientlari (ASFR) belgilangan yoshdagi (x yosh) ayollarda tug‘ilish sonining bu ayollar o‘rtacha yilli soniga nisbati sifatida hisoblab chiqiladi:
Bu yerda: ASFR - tug‘ilishning yoshga oid koeffitsienti;
nBx - (x + p) yoshdagi ayollarda tug‘ilishlar soni.
nFx - (x + p) yoshdagi ayollar o‘rtacha yillik soni.
Tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientini hisob-kitob qilish uning umumiy yoki maxsus koeffitsientlarini hisob-kitob qilishdan ko‘ra ko‘proq hajmdagi ma’lumot talab qiladi. Bu yerda nafaqat yil davomidagi tug‘ilishlar umumiy soni haqida, balki ularning onalar yoshi bo‘yicha taqsimlanishi ham talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshga oid koeffitsientlarni hisoblab chiqish uchun mamlakatda aholi tabiiy harakatini hisobga olish ishonchli va aniq tizimi mavjud bo‘lishi lozim bo‘lib, bu holat doim ham kuzatilavermaydi. Hattoki aholi statistikasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlarda ham tug‘ilgan bolalarni onalarning yoshi bo‘yicha taqsimlash haqida ma’lumotlar yaqindan to‘plana boshladi. Bu turdagi ma’lumotlar yo‘q bo‘lgan holatlar uchun maxsus matematik modellar ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakatdagi tug‘ilishlar umumiy soni bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichlari yoshga oid koeffitsientlarini tiklashga imkon beradi. Bu modellarning eng mashhurlari E.Koul, Dj.Trassel va Dj. Brass modellari hisoblanadi.
Tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientini, shuningdek, uning maxsus koeffitsientini (u mohiyatan 15-49 yoshlar uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlari yoshga oid koeffitsienti hisoblanadi) hisob-kitob qilishda 15 yoshdan kichik bo‘lgan barcha onalarda tug‘ilgan bolalarni 15 yosh toifasiga (yoki agar koeffitsientlar 5 yillik yosh guruhlari uchun hisoblab chiqiladigan bo‘lsa 15-19 yosh toifasiga) kiritish qabul qilingan. 49 yoshdan katta bo‘lgan onalarda bola tug‘ilishi esa mos ravishda 49 yoki 44-49 yosh toifasiga kiritiladi. Bu esa eng kichik (14 yoshgacha) va eng katta (50 yosh va undan katta) yoshlarda bola tug‘ilishi sonining juda kichikligi sababli ushbu yoshdagilar uchun yoshga oid koeffitsientlarni aniqlashdagi aniqlik darajasini pasaytirmaydi. Biroq agar tadqiqot maqsadi aynan shu yosh guruhlarida tug‘ilish ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘lsa, albatta, ular uchun yoshga oid koeffitsientlar umumiy qoida bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Tug‘ilish ko‘rsatkichlari yoshga oid koeffitsientlari jami aholida va reproduktiv yoshdagi ayollar orasida yoshga oid struktura ta’siridan holi bo‘lgan shartli avlodda tug‘ilish ko‘rsatkichlari sof intensivlik dinamikasini va darajasini tahlil qilishga imkon beradi. Ularning tug‘ilishning umumiy va maxsus koeffitsientlari oldidagi ustunligi mana shunda. Biroq ularning soni judayam katta ekanligi yoshga oid koeffitsientlarning biroz noqulayligi hisoblanadi: agar bir yillik oraliqlar bu koeffitsientlarni hisoblab chiqadigan bo‘lsak, ularning soni 35 tani, besh yillik oraliqlar uchun esa – ettitani tashkil qiladi. Bu holat tahlil va taqqoslashni qiyinlashtiradi. Ushbu qiyinchilikni bartaraf qilish va bitta ko‘rsatkich yordamida tug‘ilish ko‘rsatkichlari dinamikasi va darajasini tahlil qilish uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlari kumulyativ koeffitsientlari hisoblab chiqilib, ularning orasida eng tarqalgani tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (TFR) hisoblanadi. Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti 15 yoshdan 49 yoshgacha yoshga oid koeffitsientlar yig‘indisi sifatida hisoblab chiqiladi.
1000 ga bo‘lish koeffitsient qiymatini bitta ayolga keltirish uchun amalga oshiriladi. Amaliyotda, yoshga oid tug‘ilish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar 5 yillik vaqt oraliqlari bo‘yicha chop etilishi sababli, quyidagi formula foydalaniladi:
Bu yerda:
5ASFRx – 5 yillik vaqt oraliqlari bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichlari yoshga oid koeffitsientlari
Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti shartli avlodga mansub bo‘lgan bitta ayol butun reproduktiv davr davomida, ushbu ko‘rsatkich hisoblab chiqilgan yil uchun yoshga oid tug‘ilishning intensivligi saqlanib qolish shartida, tug‘ishi mumkin bo‘lgan bolalar o‘rtacha sonini tavsiflaydi. Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti o‘lim ko‘rsatkichlari yo‘q deb taxmin qilingan holda, ya’ni shartli avlodga mansub barcha ayollar reproduktiv davr oxirigacha tirik bo‘lishi taxmin qilingan holda hisoblab chiqiladi.
Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti butun reproduktiv davr, ya’ni 15-49 yoshlilar uchun yoshga oid koeffitsientlar yig‘indisini chiqaradi. Biroq bunday yig‘indi chiqarish reproduktiv davr doirasida istalgan yosh uchun amalga oshirilishi mumkin.
Bu tarzda olingan ko‘rsatkichlar begliganlangan yoshga nisbatan tug‘ilishning kumulyativ koeffitsientlari deb ataladi va xuddi tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti kabi hisoblab chiqiladi.
Tug‘ilishning kumulyativ va yig‘indi koeffitsientlari qimmati shundan iboratki, ular yoshga oid tarkib ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan bitta son bilan u yoki bu mamlakatda tug‘ilish darajasini tavsiflash va shu tariqa mamlakatlararo va davrlararo taqqoslashlar o‘tkazishga imkon beradi.
Tug‘ish tartibi bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichlari. Tug‘ilish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda onalar yoshidan tashqari ayolning o‘tmishda tuqqan bolalar soni, yoki navbatdagi bola tug‘ilishi, yoki tug‘ilish tartibi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tug‘ilish tartibi – ayol tuqqan bolalar, jumladan, oxirgi bolani qo‘shib hisoblagan holdagi sonidir. Garchi tug‘ilish tartibi tug‘ilish ko‘rsatkichlari kogort tahlilida eng katta ahamiyatga ega bo‘lsada, uning roli ko‘ndalang tahlilda, shartli avlod nuqtai nazaridan ham katta.
Demografiyada shartli avlod uchun tug‘ilish tartibi bo‘yicha quyidagi tug‘ilish ko‘rsatkichlari qo‘llanadi[2]:
- tug‘ilish tartibi bo‘yicha tug‘ilishning maxsus koeffitsienti (GFR : 0S)
- tug‘ilish tartibi bo‘yicha tug‘ilishning yoshga oid koeffitsienti (ASFR: 0S)
- belgilangan navbatdagi farzand tug‘ilish ehtimoli (PSFR).
Tug‘ilish tartibi bo‘yicha tug‘ilishning maxsus koeffitsienti (GFR: OS) i-navbatdagi farzand tug‘ilish sonining reproduktiv yoshdagi ayollar soniga nisbati sifatida hisoblab chiqiladi:
Bu yerda: GFR: OS - i-navbatdagi tug‘ilgan bolalar soni;

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin