F15-49 - reproduktiv yoshdagi ayollar soni.
Ushbu ko‘rsatkichdan ko‘rinib turibdiki, tug‘ilish tartibi bo‘yicha tug‘ilishning maxsus koeffitsientlari yig‘indisi tug‘ilish ko‘rsatkichlari maxsus koeffitsientiga teng:
Tug‘ilish tartibi bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichlari maxsus koeffitsienti tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasayish jarayonini tahlil qilishda muhim axborot beruvchi ko‘rsatkich sanaladi, chunki tug‘ilish ko‘rsatkichi past bo‘lgan aholi guruhlarida yuqori tartibdagi tug‘ilishlar uchun bu koeffitsient qiymati deyarli nolga teng. Boshqa tomonidan, tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasaya boshlashining dastlabki indikatorlaridan biri aynan yuqori tartibdagi tug‘ishlar uchun koeffitsientlarning pasayishi hisoblanadi.
Tug‘ilish tartibi bo‘yicha tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientlari (ASFR: OS) x yoshdagi ayollarda i-galdagi tug‘ilgan bolalar sonining shu yoshdagi ayollar soniga nsibati sifatida hisoblab chiqiladi:
Bu yerdaVix - x yoshdagi ayollarda i-galdagi tug‘ilgan bolalar soni. Tug‘ilish tartibi bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichlari yoshga oid koeffitsientlari yig‘indisi ushbu yosh uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlari yoshga oid koeffitsientiga teng.
Belgilangan navbatdagi farzandlar tug‘ilish ehtimoli.Tug‘ilish tartibi bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning mantiqiy davomi i-navbatdagi farzand tug‘ilish koeffitsientlarini hisob-kitob qilish bo‘lib, maxrajda faqat (i - 1) bolaga ega bo‘lgan ayollar soni turadi:
Bu yerda: Vi - i-navbatdagi tug‘ilgan bolalar soni;
Fi-1- (i- 1) bolaga ega bo‘lgan ayollar soni.
Boshqacha aytganda, masalan, uchinchi farzand tug‘ilishi uchun tug‘ilish koeffitsienti uchinchi bola tug‘ishning ikkita bolasi bor ayollar soniga nisbatiga teng. Bu koeffitsientlarni i-navbatdagi farzand tug‘ilish ehtimoli deb atash qabul qilingan. Ular farzand tug‘ishdan oldin u yoki bu sonli farzandi bo‘lgan ayollarga nisbatan bola tug‘ilish jarayonini tavsiflaydi. Bu yerda shartli avlod uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlari tahlili kogorta tahlili bilan bog‘lanadi, chunki nafaqat ayolning hozirgi maqomi, balki barcha oldingi bolalar tug‘ilishi tarixi ham hisobga olinadi. Aynan u sababli biz ushbu ko‘rsatkichga keyinroq, real avlod uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlari bilan tanishishda yana qaytamiz.
Shartli avlod tug‘ilish taqvimi ko‘rsatkichlari.Shartli avlod uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda yuqorida ko‘rib chiqilgan koeffitsientlardan tashqari, tug‘ilish darajasini emas, balki taqvimini ya’ni uning butun reproduktiv yosh oralig‘ida taqsimlanishini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar ham foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar mohiyatan quyidagilardir:
- (x + n) yosh oralig‘iga to‘g‘ri keladigan nΔx yakuniy tug‘ilish ulushi. U mos keluvchi yoshga oid ko‘rsatkichni tug‘ilishning yig‘indi koeffitsientiga bo‘lishdan olinadigan bo‘linma sifatida hisoblab chiqilgan (bu yerda yoshga oid koeffitsientlar mos keluvchi yoshdagi bitta ayolga hisoblaganda ifodalangan):
- (x + p) yosh oralig‘iga to‘g‘ri keladigan yakuniy tug‘ilish ulushi kumulyatasi (CumnΔx):
•farzand tug‘ilishida onaning o‘rtacha yoshi (MMA): Bu yerda:
midpnt x – bu (x, x + p) yosh oralig‘i o‘rtasi yoki (x + 0,5n) bilan bir xil ko‘rsatkich.
7.2. Real avlod uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlari Tug‘ilish ko‘rsatkichlarini ko‘ndalang tahlil qilish (real avlod uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlaridan foydalanish) zarurati yaqqol ko‘zga tashlanadigan faktdan kelib chiqadiki, ushbu yildagi tug‘ilish ko‘rsatkichlari uning avvalgi davrlardagi darajalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar alohida bir ayolni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ushbu yilda uning bola tug‘ishi, ayniqsa, agarda juftlik bolalar soni va ularning dunyoga kelish muddatini ichki olilaviy tartibga solishni qo‘llaydigan bo‘lsa, kelasi yil bu hodisaning takrorlanish ehtimolini deyarli yo‘qqa chiqaradi. Agar nikohdagi juftlik ularning bolalarga bo‘lgan ehtiyojdagi soniga teng bolalarga ega bo‘lsa, navbatdagi farzand tug‘ish ehtimoli deyarli nolga teng bo‘ladi. Agar bunday bo‘lmasa, unda ushbu nikohdagi juftlik uchun bolalar tug‘ilishi oralig‘idagi vaqt uzaytirish maqsadida kontrastepstiyadan foydalanadi yoki sun’iy abortga murojaat qiladi. Natijada bir yil davomida turli avlodlar tug‘ilish umumiy soni o‘zgarishi mumkin. Biroq 50 yoshga kelib ayol tuqqan bolalar o‘rtacha soni har bir real avlod (nikoh kogorti) uchun xos bo‘lgan ma’lum bir konstanta hisoblanadi. Tashqaridan bu yildan yilga tug‘ilganlar umumiy sonining (mos ravishda, tug‘ilishning umumiy koeffitsienti va ayrim yoshga oid koeffitsientlar) o‘zgarib turishida aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, turli yillarda tug‘ilish ko‘rsatkichlari bir-biriga bog‘liq bo‘lib chiqadi, bunda «tug‘ilish ko‘rsatkichlarining o‘sish (yoki pasayish) illyuziyasi paydo bo‘lishi mumkin».
Bunda davr uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlari turli kogortlar reproduktiv xulq-atvori o‘ziga xos interferenstiyasi natijasi bo‘lib chiqadi. Bundan yoki tug‘ilgan yil bo‘yicha (avlod), yoki nikoh tuzilgan yil bo‘yicha (nikoh kogorti) tashkil qilingan real kogortda yildan yilga demografik voqea-hodisalar harakatini aks ettiradigan ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish zarurati kelib chiqadi. Texnik nuqtai nazardan avlod uchun ham, nikoh kogorti uchun ham ko‘rsatkichlar hisob-kitobi aynan bir xil sanaladi, shu sababli bundan keyin gap faqat real avlodlar haqida boradi.
Real avlodlar uchun tug‘ilishning umumiy koeffitsientini istisno qilganda, kalendar davrlar uchun bilan bir xil ko‘rsatkichlar hisoblab chiqiladi. Shunday qilib, yuqorida gipotetik avlod uchun tug‘ilish koeffitsientlari haqida aytib o‘tilgan barcha fikrlar ayrim modifikastiyalar bilan real avlod koeffitsientlari uchun ham qo‘llanishi mumkin. Modifikastiyalar tug‘ilganlar soniga (ya’ni suratga) ham, bu koeffitsientlar unga nisbatan hisoblab chiqiladigan maxrajga (ya’ni ayollar soniga) ham taalluqlidir. Shartli va real avlodlar uchun ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishda eng jiddiy farq shundaki, birinchi holatda koeffitsientlar o‘rtacha yillik songa nisbatan, ikkinchi holatda esa – u yoki bu yoshga etgan aholi soniga nisbatan hisoblab chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda, ikkinchi holatda biz ehtimolliklar bilan ish olib boramiz.
Aniq yoshda tug‘ilishning kumulyativ koeffitsientlari. Real avlodlar uchun belgilangan yoshga kelib tug‘ilishning kumulyativ koeffitsientlari eng ko‘p hisoblab chiqiladi. Ular avlodda (nikoh kogortida) u yoki bu yoshga kelib (odatda bitta kishiga, 100 yoki 1000 kishiga hisoblaganda) o‘rtacha nechta tug‘ilish soni bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. Kumulyativ ko‘rsatkichlar ichidakogortlarning yig‘indi (tugagan) tug‘ilish koeffitsienti eng katta ahamiyatga ega. U real avlodning 50 yoshdagi, ya’ni reproduktiv davr oxiriga etib kelgan har bir ayolga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tug‘ilishlar sonini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich dinamikasi avloddan avlodga, uzoq muddatli vaqt davrlari davomida tug‘ilish ko‘rsatkichlari o‘zgarishini eng aniq tavsiflaydi. Kogortning yig‘indi (tugagan) tug‘ilish koeffitsientining afzalligi uning demografik tarkib omillarining o‘zgarib turishiga bog‘liq emasligi hisoblanadi.
Real avlodlar tug‘ilish taqvimi ko‘rsatkichlari.Real avlodlarga (nikoh kogortlariga) nisbatan, shuningdek butun reproduktiv davr mobaynida tug‘ilish ko‘rsatkichlari va tug‘ilishlarning taqsimlanishi oraliqlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar ham hisoblab chiqiladi. Bu ko‘rsatkichlar odatda tug‘ilish taqvimi (yoki jadvali) ko‘rsatkichlari deb ataladi. Oxirgi paytlarda mos keluvchi tushunchalarning ingliz tilidagi ekvivalentidan ko‘chirilgan nusxalar ommalashmoqda: tug‘ilishtaymingiva speysingi haqida tobora ko‘proq gapirilmoqda. Bunda birinchi atama(«tayming») tug‘ilishlar o‘rtasidagi oraliqlarni, ikkinchi atama («speysing»)esa butun reproduktiv davr davomida tug‘ilishlar taqsimlanishini tavsiflaydi.
Tug‘ilish taqvimi ko‘rsatkichlari rolining o‘sib borayotganligi oilani shakllantirish zamonaviy modeli uchun yoki reproduktiv xulq-atvor uchun nafaqat oiladagi bolalar umumiy sonini kamaytirish (ko‘p farzandlilikdan kam farzandlilikka o‘tish), balki bolalar tug‘ilish muddatlarini – ikkinchi va undan keyingi har bir navbatdagi bola (agar ular bo‘lsa, albatta) tug‘ish yoshini va galdagi tug‘ilishlar o‘rtasidagi oraliqlarni tartibga solishga o‘tish xarakterli ekanligini yodga oladigan bo‘lsak, bu o‘z-o‘zidan tushunarli bo‘ladi. Ko‘p farzandli reproduktiv xulq-atvor uchun birinchi farzand tug‘ish o‘rtacha yoshining pastligi, asosan, fiziologik omillar va butun reproduktiv davr davomida bola tug‘ish (ya’ni so‘nggi farzand tug‘ish o‘rtacha yoshining yuqoriligi) bilan asoslanadigan navbatdagi bolalar tug‘ilish o‘rtasidagi oraliqar kichikligi xosdir. Kam farzandli reproduktiv xulq-atvor uchun esa, aksincha, ular soni kamayib borayotgan bolalar tug‘ilishi o‘rtasidagi oraliqlarni ichki oilaviy tartibga solish ta’siri ostida o‘sib borayotgan birinchi farzand ko‘rish o‘rtacha yoshining o‘sishi, birinchi farzand tug‘ilguncha bola ko‘rish yoshining redukstiyasi, oxirgi farzand tug‘ish o‘rtacha yoshining pasayishi xosdir. Tug‘ilish taqvimi ko‘rsatkichlari bu o‘zgarishlarni tavsiflash uchun foydalaniladi.
Bunda tug‘ilish ko‘rsatkichlari speysingi turli uchlar yordamida o‘lchanadi. Ulardan biri u yoki bu navbatdagi bolani tug‘ish o‘rtacha yoshi hisoblanadi. Bundan tashqari, u yoki bu galdagi bolani u yoki bu yoshga kelib tuqqan ayollar ulushi hisob-kitob qilinishi mumkin.
Tug‘ilish taymingiga keladigan bo‘lsak, uni tavsiflash uchun genetik oraliqlar deb ataladigan ko‘rsatkichlar foydalaniladi. Bunda genetik oraliqlarning ikki turi:protogenetik va intergenetikoraliq farqlanadi.
Protogenetik oraliq bu – nikohdan o‘tish (to‘g‘rirog‘i, nikoh ittifoqi tuzish) bilan birinchi farzand tug‘ilishi o‘rtasidagi vaqt. Garchi protogenetik oraliqning ushbu ta’rifi ancha sodda va tushunarli bo‘lib ko‘rinsada, aslida hamma narsa bu qadar oson emas. Umumiy holatda protogenetik oraliq hajmi faqat rasmiy joriy statistik hisob ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilishi mumkin emas, chunki, nikoh munosabatlari real boshlanishi nikohni yuridik qayd qilish bilan doim ham mos kelavermaydi. Bu hatto nikohdan oldingi (aniqrog‘i, noqonuniy) jinsiy aloqalarga yo‘l qo‘ymagan, repressiv jinsiy odab amal qilgan jamiyatlarda (garchi kam miqdorda bo‘lsada) o‘ringa ega bo‘lgan, real nikoh munosabatlari va ularni yuridik rasmiylashtirish tobora ko‘proq bir-biriga vaqt bo‘yicha mos kelmayotgan zamonaviy jamiyat haqida esa gapirib o‘tirmasak ham bo‘laveradi.
Garchi nikohning amaldagi boshlanishi va uning yuridik qayd qilinishi vaqt bo‘yicha mos kelmasligi statistika ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilgan protogenetik oraliqni statistik artefaktga aylantirsada, baribir bu ko‘rsatkichga e’tibor qaratmasdan bo‘lmaydi. Buning sababi shundaki, joriy statistik hisob yordamida qayd qilish mumkin bo‘lgan protogenetik oraliq (aniqroq aytadigan bo‘lsak, nikoh qayd qilingan sana va birinchi farzand tug‘ilgan sana o‘rtasidagi muddat) nazariy jihatdan ehtimoliy bo‘lgan eng minimal muddati 9 oyni tashkil qiladi.
Agar bu muddat kichikroq bo‘lsa, demak, amaldagi nikoh munosabatlari nikohni rasmiy qayd qilishdan oldin boshlangan, ya’ni gap nikohdan oldin homilador bo‘lishhaqida boradi.Shu sababli 9 oydan kichik bo‘lgan protogenetik oraliqlar haqida statistik axborot zamonaviy jamiyatga xos bo‘lgan «nikohdan qochish» jarayoni, qonuniy nikohdan tashqarida birgalikda yashash holatlari tarqalishining qo‘shimcha bir misoli hisoblanadi. Afsuski, bizning mamlakatda statistika organlari protogenetik oraliq va uning dinamikasi haqidagi ma’lumotlarni chop etmaydi. Protogenetik oraliqlar haqida axborot nikoh munosabatlarining amaldagi boshlanishini ham, ularni yuridik rasmiylashtirish sanasi (agar bu o‘ringa ega bo‘lgan bo‘lsa) va birinchi farzand tug‘ilishini ham aniqlash imkoniyati bo‘lgan maxsus statistik tadqiqotlar yoki sotsiologik tadqiqotlar davomida olinadi.
Intergenetik oraliq bu – ketma-ket farzand tug‘ilishi o‘rtasidagi davrning o‘rtacha uzunligidir. Bu oraliq hajmi amalda faqat statistik yoki sotsiologik tadqiqotlar davomida aniqlanishi mumkin. Intergenetik oraliqlar haqida ma’lumotlar yana bir manbasi – ayollar maslahatxonalari va tug‘ruqxonalardagi homiladorlik va tug‘ish tarixlari – amalda demograflar va sotsiologlar uchun ochiq emas.
Intergenetik oraliq uzunligi omillar ta’siriga (tug‘ruqdan keyingi sterillik, serpushtlikning pasayishiga olib keladigan kasalliklar, ayolning yoshi va h.k.) ham, reproduktiv xulq-atvorga ham (kontrastepstiya va sun’iy abort qo‘llanishi yoki qo‘llanmasligi) bog‘liq. Bunda 36 oydan kichik bo‘lgan intergenetik oraliq uzunligi bola tug‘ishni ichki oilaviy tartibga solish, oiladagi bolalar umumiy sonini ongli ravishda chegaralash yoki «bola tug‘ishni kechiktirish» yo‘qligidan dalolat beradi deb hisoblanadi.
Tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayishi intergenetik oraliqlar o‘sishida ham namoyon bo‘ladi deb hisoblanadi. Haqiqatda ham shunday, lekin shuni e’tiborga olish kerakki, ko‘p farzandlilik ijtimoiy me’yorlar tizimining buzilishi qoidaga ko‘ra, uning eng zaif bo‘g‘inidan boshlanadi. Go‘dakni ona suti bilan boqish amaliyotini tartibga soladigan me’yorlar ana shunday bo‘g‘inlardan sanaladi. Birinchi navbatda aynan ular modifikastiya boshlaydi, bu ona suti bilan boqishning qisqarishida va buning oqibatida tug‘ruqdan keyingi sterillik davri va mos ravishda, o‘rtacha intergentik oraliqning qisqarishida o‘z ifodasini topadi. Tug‘ilish ko‘rsatkichlari yakuniy koeffitsienti pasayish o‘rniga o‘sadigan tug‘ilishning pasayish boshlang‘ich davri paradoksining sababi mana shunda. Bunda xususan, repoduktiv xulq-atvorning tug‘ilish darajasiga ta’siri namoyon bo‘lib, bu haqida ushbu bobning keyingi bo‘limida so‘z boradi.
Turli navbatdagi bolalar tug‘ilish ehtimoli.Turli navbatdagi bolalar tug‘ilish ehtimoli real avlodlar tug‘ilish ko‘rsatkichlarining yana bir muhim tavsifnomasi hisoblanadi. Bu ehtimollik (i + 1) galdagi bolani tuqqan ayollar sonining i ta bola tuqqan ayollar umumiy soniga nisbatini ifodalaydi[3]:
Bu yerda: - (i+ 1) galdagi bolaning tug‘ilish ehtimoli;
va - mos ravishda i va (i+ 1) bola tuqqan ayollar soni.
Ko‘rish qiyin emaski, ushbu ko‘rsatkich yuqorida ko‘rib chiqilgan shartli avlod uchun ko‘rsatkich bilan aynan bir xil. Farq faqat shundaki, shartli avlod bilan bog‘liq holatda kasr maxrajida barcha reproduktiv yoshdagi (boshqacha aytadigan bo‘lsak – barcha avlod) ayollar, real avlod bilan bog‘liq holatda esa – faqat bitta avlod ayollari o‘rin oladi.
Qator yillar uchun ai qiymatlar qatoriga ega bo‘lib, turli avlod (nikoh kogortasi) ayollarida tug‘ish ko‘rsatkichlari qizg‘inligi dinamikasi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.