I bob. Demografik tahlilga kirish



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə35/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
1. Demografik Tahlil

TUG‘ILISH TAHLILI


1. Shartli avlod uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlari


Shartli avlod uchun tug‘ilish ko‘rsatkichlari biron-bir muayyan davr, ko‘pincha bir yil davomidagi tug‘ilish darajasini aks ettiradi. Ular ushbu davr mobaynida o‘ringa ega bo‘lgan tug‘ilishlar sonining bu tug‘ilishlar ro‘y bergan songa nisbati orqali aks ettiriladi. Odatda quyidagi ko‘rsatkichlar ajratib ko‘rsatiladi[1]:
- tug‘ilishning umumiy koeffitsienti;
- tug‘ilishning maxsus koeffitsienti;
- tug‘ilishning yoshga oid koeffitsienti;
- tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti;
- tug‘ilishning tug‘ish tartibi bo‘yicha koeffitsienti;
- nikohda tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientlari.
Bu koeffitsientlar ma’lum bir yilga mansub ma’lumotlardan foydalanib yoxud u yoki bu uzunlikdagi davrga (masalan, 3 yoki 5 yillik vaqt oralig‘i) mansub bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rtachalashtirib (bir yilga keltirib) hisoblab chiqiladi. Istalgan holatda ham bu koeffitsientlar shartli avlod ko‘rsatkichlari (yoki boshqacha qilib aytganda, davriy, ko‘ndalang) hisoblanadi, chunki ularning barchasi biron-bir muayyan davrda tug‘ilish ko‘rsatkichlari shartlarini aks ettiradi.
Bu koeffitsientlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq, lekin ularning har biri farzand tug‘ish jarayonining u yoki bu jihatini aks ettiradi va shu tufayli mustaqil qimmatga ega bo‘ladi.
Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti. Tug‘ilish ko‘rsatkichlari orasida birinchi, eng oddiy va keng foydalaniladigan nisbiy ko‘rsatkich tug‘ilishning umumiy koeffitsienti hisoblanadi. Tug‘ilish umumiy koeffitsienti tug‘ilishlar mutlaq sonining ma’lum bir davr, odatda yil davomidagi o‘rtacha aholi soniga nisbati sifatida hisoblab chiqiladi. Bu 1000 ga ko‘paytiriladi, ya’ni tug‘ilishning umumiy koeffitsienti (CBR) promilleda o‘lchanadi:
bu yerda:
V – yil davomidagi tug‘ilishlar mutlaq soni;
R – o‘rtacha yillik aholi;
SVR – tug‘ilishning umumiy koeffitsienti.
Masalan, hududda 2015 yilda tug‘ilishning umumiy koeffitsientini hisoblab chiqamiz. 2015 yil tug‘ilishlar umumiy soni 1502477 ga teng bo‘lgan. Aholi o‘rtacha yillik soni 143821215 kishini tashkil qilgan. Bundan tug‘ilishning umumiy koeffitsienti quyidagiga teng bo‘ladi:
Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti hajmi nafaqat tug‘ilish intensivligi, ya’ni ayollar tuqqan farzandlar o‘rtacha soniga, balki demografik va boshqa strukturalarga, birinchi navbatda, jins-yosh va nikoh ko‘rsatkichlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ular tug‘ilish ko‘rsatkichlari darajasi haqida faqat dastlabki, taxmini tasavvur beradi, xolos. Shu boisdan tug‘ilish umumiy koeffitsienti uning qo‘pol koeffitsienti deb ham ataladi (bundan unning qisqartmasi ham kelib chiqadi - CBR - ingl. Crude Birth Rate). Demografik va boshqa tarkiblarning tug‘ilish ko‘rsatkichlariga ta’sirini yo‘qotish uchun uning maxsus va xususiy koeffitsientlari, shuningdek, yig‘indi koeffitsienti hisoblab chiqiladi.
O‘zbekistonda tug‘ilishning umumiy koeffitsienti 7.1-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin