I bob. Demografik tahlilga kirish



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə45/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
1. Demografik Tahlil

DEMOGRAFIK O‘SISH


1. Doimiy aholi sonini baholash
Aholi soni demografik tahlilda tayanch ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichning o‘zi ham, boshqa ko‘plab tahliliy ko‘rsatkichlarni (tug‘ilish va o‘limning umumiy koeffitsienti, aholining tabiiy o‘sishi, aholi zichligi va b.) hisob-kitob qilish uchun asos sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Belgilangan sanadagi aholi soni haqidagi ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari bo‘yicha olinadi. Ro‘yxatga olish davrlari oralig‘ida statistik to‘plamlarda aholi soni, qoidaga ko‘ra, yil boshidagi yoki yil oxiridagi holat bo‘yicha keltiriladi. Bu ma’lumotlar tug‘ilganlar, o‘lganlar, ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlarni joriy qayd qilishni hisobga olgan holda so‘nggi ro‘yxatga olish materiallariga yillik tuzatishlar kiritish yo‘li bilan aniqlanadi.
Aholi soni doimiy yoki mavjud aholi bo‘yicha hisoblab chiqilishi mumkin. Bunda olinadigan muayyan aholi punkti uchun mutlaq ko‘rsatkichlar bir-biridan ancha farq qiladi[1].
Doimiy aholi (de jure population) – ushbu aholi punktida doimiy yashaydigan, jumladan, vaqtinchalik (aholi sonini hisobga olish paytida) bo‘lmagan aholi.
Mavjud aholi (de facto population) – ushbu aholi punktida aholi sonini hisobga olish paytida turar-joy binolari va ulardan tashqarida bo‘lgan aholi.
Doimiy yashash (yo‘qlik) mezoni sifatida 6 oyga teng bo‘lgan vaqt oralig‘i olinadi. Masalan, agar aholini ro‘yxatga olish davrida oila boshlig‘i 6 oydan uzoq vaqt xizmat safarida bo‘lgan bo‘lsa, u doimiy aholi sonida (vaqtinchalik yo‘q sifatida) va u xizmat safariga borgan joyda mavjud aholi sonida (vaqtinchalik yashovchi sifatida) hisobga olinishi lozim. Vaqtinchalik yashovchilar soni vaqtinchalik yo‘qlar soniga teng bo‘lishi lozim. Umuman olganda mamlakat bo‘yicha mavjud aholi va doimiy aholi soni unchalik farq qilmaydi.
Doimiy aholi sonini baholash oxirgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida hisoblanib, unga har yili tug‘ilganlar va muayyan hududga ko‘chib kelganlar soni qo‘shilib, o‘lganlar va muayyan hududdan ko‘chib ketganlar soni ayriladi (3.1-jadval 2-satr). Ya’ni,
A = P + T – U + M1 - M2,
bu yerda: A – doimiy aholi soni;
P – aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari;
T – tug‘ilganlar soni;
U – o‘lganlar soni;
M1 – ko‘chib kelganlar soni;
M2 – ko‘chib ketganlar soni.
Aholi sonini baholashda tug‘ilganlar, o‘lganlar, ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar soni quyidagicha aniqlanadi:
a) tug‘ilgan chaqaloqning onasi yoki otasining doimiy yashash joyiga qarab “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy ob’ektlarni belgilash tasniflagichi” (MHOBT) xos raqamlarga biriktiriladi. Ushbu xos raqamlarga qarab tug‘ilgan chaqaloqlar o‘sha hududning aholisi soniga qo‘shiladi. Ya’ni,
T = Tu + Tb,
bu yerda: T – tug‘ilganlar soni;
Tu– tug‘ilgan chaqaloqning otasi yoki onasining doimiy yashash joyi hamda tug‘ilgan joyi bitta ma’muriy hududiy birlikda bo‘lganlar;
Tb– tug‘ilgan chaqaloqning otasi yoki onasining doimiy yashash joyi hamda tug‘ilgan joyi turli ma’muriy hududiy birlikda bo‘lganlar.
b) o‘lgan shaxsning doimiy ro‘yxatda turgan joyiga qarab MHOBT xos raqamlarga biriktiriladi. Ushbu xos raqamlarga qarab o‘lganlar o‘sha hududning aholisi sonidan ayriladi. Ya’ni,

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin