Bunday ko‘rsatkichlardan biri yashalgan kishi-yillar umumiy soniga yaxshigina yaqin bo‘lgan davr o‘rtasidagi aholiko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich odatda, agar demografik voqea-hodisalar statistikasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa va hisob-kitob davri davomida aholi sonida keskin o‘zgarishlar bo‘lmasa, bir yilga teng bo‘lgan davrlar uchun foydalaniladi. Masalan, AQShda nafaqat har bir yilning 1 yanvar sanasiga, balki 1 iyul sanasiga ham aholi soni haqida ma’lumotlar chop etiladi.
Boshqa ko‘rsatkichlar o‘rtacha xronologik ko‘rsatkichnihisob-kitob qilishning u yoki bu usulidan foydalanishga asoslanadi. Uni hisob-kitob qilishning muayyan usulini qo‘llash davr ichida aholi soni o‘zgarishining qaysi matematik modeli qabul qilinishiga bog‘liq. Odatda aholi yoki bir me’yorda(chiziqli, arifmetik progressiyada), yokidoimiy sur’ati bilan (eksponenstial, geometrik progressiyada) o‘zgaradi deb hisoblanadi.
Agar bir me’yordagi o‘zgarish gipotezasi qabul qilinsa, ya’ni agar aholi bir xil vaqt oralig‘ida bir xil miqdorda o‘zgaradi (o‘sadi yoki kamayadi) deb taxmin qilinsa, o‘rtacha aholi soni davr boshidagi va oxiridagi aholi soni yarim summasi sifatida hisoblab chiqiladi:
(4.1)
bu yerda:
- o‘rtacha aholi;
P0 va Pt - mos ravishda davr boshidagi va davr oxiridagi aholi.
(4.1) formula biroz boshqacha, lekin matematik nuqtai nazardan aynan bir xil ko‘rinishda ham mavjud bo‘ladi:
bu yerda: ΔR – (t-0) davr uchun aholining mutlaq o‘sishi (kamayishi).
Biroq bir me’yordagi (chiziqli, arifmetik progressiyadagi) o‘zgarish gipotezasi katta vaqt davrlari uchun juda katta va real voqelikdan uzoq hisoblanadi, shu sababli uni amalda qo‘llab bo‘lmaydi. Shu sababdan formula (4.1) faqat bir yilga teng bo‘lgan davrlar uchun qo‘llanishi mumkin. Ushbu holatda o‘rtacha aholio‘rtacha yillik aholideb ataladi.
Agar gap uzoqroq muddatli vaqt davrlari haqida boradigan bo‘lsa, bunday gipotezadan voz kechish va o‘rtacha aholini hisob-kitob qilish uchun boshqa usullardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Xususan, agar nafaqat yakuniy, balki oraliq sanadagi ma’lumotlar ham ma’lum bo‘lsa, xronologik o‘rtacha ko‘rsatkich barcha mavjud sonlarning o‘lchangan arifmetik ko‘rsatkichi sifatida hisoblab chiqilishi mumkin, bunda davr boshi va oxiridagi sonlar ½ vazn bilan, qolgan sonlar esa – 1 vazn bilan olinadi:
(4.2)
bu yerda:
- o‘rtacha aholi;
T – davr uzunligi.
Xuddi shu ma’lumotlardan foydalanib, formula (4.2) bo‘yicha o‘rtacha aholini hisoblab chiqamiz:
Ko‘rib turganimizdek, bu formula bo‘yicha hisoblab chiqilgan o‘rtacha aholi (4.1) formula bo‘yicha hisob-kitob bergan miqdordan ko‘ra 1 060,8 ming kishiga ko‘p bo‘ldi. Bu O‘zbekiston aholisi ushbu davrda bir me’yorda o‘zgarmaganligi tufayli ro‘y bergan.
Biroq kalendar yil ichida ham shunday vaziyatlar bo‘lishi mumkinki, bunda bir me’yordalik gipotezasi ishlamaydi (masalan, kurort shaharlarda) va o‘rtacha yillik aholi yashagan kishi-yillar umumiy soniga yaqin bo‘lib xizmat qila olmaydi. Aytmoqchi, 4.1-jadvalda keltirilgan misolda o‘rtacha yillik aholi ga, kishi-yillar umumiy soni esa atigi 598,41 ga teng. Bunday hollarda demografik ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun agar, albatta, oraliq sanalardagi aholi soni haqida ma’lumotlar ma’lum bo‘lsa, (4.2) formuladan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bir me’yordalik gipotezasi ish bermaydigan uzoq muddatli vaqt davrlari uchun aholi sonining doimiy sur’atdagi (eksponenstial, geometrik progressiyada) o‘zgarishi gipotezasini qo‘llash zarur. Bu holat uzluksiz o‘sish sur’atihaqida gap borganda muhokama qilingan. ifodadan kelib chiqadiki:
(4.3)
Bizning misol uchun:
Ko‘rib turibmizki, (4.3) formula bo‘yicha, ya’ni aholi sonining eksponenstial o‘zgarish gipotezasiga muvofiq hisob-kitob 1990-2000 yillar davri uchun (4.1) va (4.2) formulalardan ko‘ra kamroq o‘rtacha ko‘rsatkich berdi.