I bob. Demografik tahlilga kirish


AHOLINING TAKROR BARPO BO‘LISH O‘LCHAMLARI



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə49/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
1. Demografik Tahlil

AHOLINING TAKROR BARPO BO‘LISH O‘LCHAMLARI
1. Aholining takror barpo bo‘lish ko‘rsatkichlari
Demografik tahlilning universal mustaqil o‘zgaruvchisi sifatida yoshning roli va uning doimiy o‘zgarishi (har bir kishi o‘limi yoki katta bo‘lishi muqarrar, ya’ni boshqa yosh guruhiga o‘tadi) shuni asoslab beradiki, aholining takror barpo b o‘lish tahlilida yoshga, ushbu jarayonni turli yosh guruhlari kesimida o‘rganishga katta e’tibor qaratiladi.
Aholini takror barpo bo‘lish ta’rifidan kelib chiqadiki, u haqida gapirganda biz uning ko‘rsatkichlari u yoki bu vaqt davriga emas, balki real yoki gipotetik kogortga (avlodga) taalluqli ekanligini, ya’ni mohiyatan davriy emas, kogortli hisoblanishini ko‘zda tutamiz.
Lekin shunga qaramay, ayrim davriy ko‘rsatkichlar takror barpo bo‘lishning oddiy va yaqinlashtirilgan o‘lchamlari sifatida foydalanilishi mumkin. Ularning orasida bizga yaxshi ma’lum bo‘lgan tabiiy o‘sish koeffitsienti, ya’ni tug‘ilishning umumiy koeffitsientlari va o‘limning umumiy koeffitsientlari orasidagi farqni alohida ko‘rsatish mumkin. Boshqa bir ko‘rsatkich hayotiylik indeksi (vital index) deb ataladi, u amerikalik biolog va demograf R.Pirl (R. Pearl) tomonidan taklif etilgan[1]. Hayotiylik indeksi bir yilda tug‘ilganlar sonining (yoki tug‘ilish umumiy koeffitsientining) shu yilda o‘lganlar soniga (yoki o‘lim ko‘rsatkichlari umumiy koeffitsientiga) nisbatiga teng. Bu ko‘rsatkichning ikkalasi dolzarb tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari ta’siri ostida aholining ma’lum bir qismi qay darajada o‘zgarishini (o‘sishi yoki kamayishi) haqida dalolat beradi. Biroq tabiiy o‘sish koeffitsienti ham, hayotiylik indeksi ham, uning tarkibiy qismlari ham (tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari) uning fluktuastiyasi aholi dinamikasi haqida ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yosh tarkibiga kuchli bog‘liq. Shu sababli bu o‘lchamlarning barchasi aholini takror ishlab chiqarish uzoq muddatli tendenstiyalarini aniqlash uchun mos kelmaydi. Aynan shu sababdan, xususan, kogort yondashuviga asoslangan va yosh tarkibiga bog‘liq bo‘lmagan aholini takror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridan foydalanish zarur. Endi bu ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqishga o‘tamiz.
Agar jins va yosh bo‘yicha differenstiastiya qilingan ma’lum bir tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari, shuningdek, esingizda bo‘lsa, universal biologik konstanta hisoblangan va taxminan 100 ta tirik tug‘ilgan qiz bolaga 105-106 ta tirik tug‘ilgan o‘g‘il bolaga teng bo‘lgan jinslarning ikkilamchi nisbati berilgan bo‘lsa, shu tariqa, yuqorida aytib o‘tilganidek, aholini takror ishlab chiqarish va uning jins-yosh tarkibi to‘laligicha belgilanadi. Oddiy ma’noda aholini takror ishlab chiqarish rejimi haqida gapirilganda aynan shu ko‘rsatkichlar yig‘indisi ko‘zda tutiladi.
Odatda ayollar takror ishlab chiqarishi tadqiq etilishi sababli masala ayollarning yoshga oid o‘lim ko‘rsatkichlarini va turli yoshdagi ayollarda qiz bolalar tug‘ilish tez-tezligini ko‘rib chiqishga borib taqaladi.
O‘lim ko‘rsatkichlari, qoidaga ko‘ra, yoshgacha yashash, ya’ni funksiyasi yordamida ko‘rib o‘lchanadi. Amaliyotda ayollar o‘lim ko‘rsatkichlari to‘liq jadvallaridan x yoshgacha yashaganlar soni qiymatlaridan foydalaniladi. Yodingizda bo‘lsa, ayollar o‘lim ko‘rsatkichlari umumlashtiruvchi tavsifi yangi tug‘ilgan qiz bolaning kutilayotgan o‘rtacha umr uzunligi hisoblanadi.
Aholi takror barpo bo‘lishining brutto koeffitsienti. Turli yoshdagi ayollarda qiz bolalar tug‘ilish tezligiga keladigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich turlicha bo‘ladi. Biroq tug‘ilganlar orasida qiz bolalar ulushi barcha yoshdagilar uchun bir xil bo‘lib, taxminan 0,487-0,488 ga teng desak unchalik katta xato bo‘lmaydi. Bundan ayollar tug‘ilish ko‘rsatkichlari jamlanma tavsifini olish mumkin bo‘lib, aholini takror barpo bo‘lishining brutto koeffitsienti – butun reproduktiv davr mobaynida o‘rtacha bitta ayol tug‘adigan qiz bolalar soni shunday hisoblanadi.
Brutto koeffitsientni hisob-kitob qilishda reproduktiv yosh oxirigacha ayollar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlari yo‘q deb hisobga olinadi.
Aholini takror ishlab chiqarish brutto koeffitsienti tug‘ilishning yig‘indi koeffitsientining yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida qiz bolalar ulushiga bo‘lgan ko‘paytmasiga teng.
Bu yerda: R – takror barpo bo‘lishning brutto koeffitsienti;
TFR – tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti;
ASFR - tug‘ilishning yoshga oid koeffitsientlari;
– yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida qiz bolalar ulushi.
Bizning mamlakatimizda oxirgi 40 yil ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida qiz bolalar ulushi o‘rtacha qiymati taxminan 0,487 ga teng bo‘ldi (bu yillarda minimal qiymat taxminan 0,485 va maksimal qiymat 0,489 bo‘ldi). Hisob-kitob 5 yillik oraliqlar bo‘yicha olib borilgan hollarda – chunonchi, odatda aynan shu turdagi ma’lumotlar ochiq bo‘ladi – takror barpo bo‘lishning brutto koeffitsientini hisob-kitob qilish formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Ko‘rib turibmizki, aholini takror barpo bo‘lishning brutto-koeffitsienti jinslar ikkilamchi nisbati borasida tuzatish kiritilgan tug‘ilishning yig‘indi koeffitsientini ifodalaydi.
Hisob-kitoblarga qaraganda aholi takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan 1969-1990 yillarda 2,5 – 2,7 ni tashkil etgan. Demak, O‘zbekistonda bundan 40 yil muqaddam har bir ayol o‘z o‘rniga 2-3 tadan qiz bolani, ya’ni onani qoldirgan (shaharda – 1,8, qishloqda – 3,57). Avlodlar almashuvi aholi takror barpo bo‘lishini kengaygan turi darajasida sodir bo‘ladi.
Bugungi kunda O‘zbekisonda aholi takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti 1,25 atrofida (11.1-jadval).

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin