I bob. Demografik tahlilga kirish


-jadval O‘zbekistonda aholi takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti (2000-2020 yy.)*



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə50/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
1. Demografik Tahlil

11.1-jadval
O‘zbekistonda aholi takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti (2000-2020 yy.)*

Yillar

jami aholi

Shu jumladan:

shahar aholisi

qishloq aholisi

2000

1,261

1,022

1,412

2005

1,115

0,969

1,259

2007

1,246

1,084

1,338

2008

1,244

1,083

1,342

2010

1,249

1,088

1,346

2015

1,249

1,112

1,351

2020

1,254

1,113

1,356

Manba: Abduraxmanov A. O‘zbekiston Respublikasi aholisini takroriy ko‘payishini iqtisodiy-statistik tahlili. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertastiya. – Toshkent, 2011. – 129-bet
Aholi takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti ko‘rsatkichi aholi takror barpo bo‘lishini qanday turi shakllanayotganligini aniqlab beradi. Demografik manbalarda qayd etilishicha, agar ayol 15 yoshda nikohga kirib, tug‘ilishni cheklamasa, ya’ni farzandlar tug‘ilishi tabiiy holda davom etsa, u o‘zining farzand ko‘rish davrida o‘rtacha 10 ta farzand ko‘rishi mumkin. U holda brutto-koeffitsient 4,9 ga teng bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich brutto-koeffitsientining maksimal darajasidir.
1970 yilda O‘zbekistonda tug‘ilishning eng yuqori ko‘rsatkichi kuzatilgan paytda aholi takror barpo bo‘lishini brutto-koeffitsienti 2,794 ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich maksimal darajadan 1,8 marta kamdir.
Shahar aholisida 2005 yilda brutto-koeffitsient 0,969 ni tashkil etgan. Ya’ni birdan kichik bo‘lgan. Bunday hol qisqargan aholi takror barpo bo‘lishidan darak bergan. Lekin keyingi yillarda shahar aholisi brutto ko‘rsatkichi 1 dan ko‘tarildi va aholi takror barpo bo‘lishini normal, oddiy turini ta’minladi. Qishloq aholisida esa brutto-koeffitsient aholi takror barpo bo‘lishini kengaygan turini ta’minlash holatida hisoblanadi.
Prognozlarga ko‘ra, 2020 yillarga qadar aholi takror barpo bo‘lishi brutto koeffitsienti respublika bo‘yicha - 1,2, (shaharda – 1,1, qishloqda – 1,3)ni tashkil etishi kuzatiladi. Ya’ni, ayollar avlodi almashuvida keskin o‘zgarish kutilmaydi.
Yuqorida qayd etilganidek, aholi takror barpo bo‘lishining brutto koeffitsienti bir ayolning reproduktiv davrida ko‘rgan qiz farzandi sonini ifodalaydi. Lekin hamma tug‘ilgan qiz ham ona yoshigacha etib borishi kafolatlanmaydi. Ulardan ma’lum qismi kamolga etib, reproduktiv davrida yana farzandlar ko‘radi va avlodlar almashinuvini ta’minlaydi. Aholini takror barpo bo‘lishida ona yoshigacha tirik qolgan qiz bolalar muhimdir. Ularni, ya’ni tug‘ilgan qizlardan qancha qismi ona yoshiga etib borishini aniqlashda aholi takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsientidan foydalaniladi.
Aholini takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti turlicha izohlanishi mumkin:
- birinchidan, yosh bo‘yicha standartlashtirilgan tug‘ilish ko‘rsatkichlari koeffitsienti;
- ikkinchidan, bir vaqtda yashashni boshlagan ayollar, agar farzand tug‘ish davrining oxirigacha omon bo‘lsa, tug‘ishi mumkin bo‘lgan qiz bolalar o‘rtacha soni;
- uchinchidan, bir avloddagi ayollar, masalan, 15 yoshdagi ayollar soni bilan ularning xuddi yoshdagi qizlari soni o‘rtasidagi nisbat, bola tug‘ish davri ichida o‘lim ko‘rsatkichlari yo‘q ekanligi sharti bilan;
- to‘rtinchidan, reproduktiv davr boshi va oxiri oralig‘ida hech kim o‘lmasligini taxmin qilgan holda ikkita ketma-ket avlodda ayollar tug‘ilish o‘rtasidagi nisbat.
So‘nggi uch ta’rif, odatda, real kogortlar haqida gap borganda foydalaniladi, biroq bu talqinlarning istalgan biri gipotetik yoki real avlod uchun takror barpo bo‘lishning brutto-koeffitsienti hisoblab chiqilishidan qat’i nazar foydalanilishi mumkin.
Aholi takror barpo bo‘lishning netto koeffitsienti. Biroq, agar reproduktiv davrdagi ayollarning har biri o‘rtacha R ta qiz tug‘adigan bo‘lsa, bu hali qiz bolalar avlodi soni onalar avlodi sonidan R marta ko‘p yoki kam bo‘lishini anglatmaydi. Chunki hamma qizlar ham ular tug‘ilgan paytda onasi necha yosh bo‘lgan bo‘lsa, shu yoshgacha etib kelavermaydi. Shuningdek, hamma qizlar ham re­produktiv davr oxirigacha yashamaydi. Bu ayniqsa, o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, tug‘ilgan qiz bolalarning yarmigacha reproduktiv davr boshigacha etib bormaydigan mamlakatlarga taalluqli. Hozirgi paytda bunday holat kuzatilmaydi (1997 yil tug‘ilgan qiz bolalarning 98%i reproduktiv davr boshlanishigacha etib kelgan), biroq nima bo‘lganda ham o‘lim ko‘rsatkichlarini hisobga oladigan bunday ko‘rsatkich ham zarur. Reproduktiv davr oxirigacha nolga teng bo‘lgan o‘lim ko‘rsatkichlari ehtimoliga yo‘l qo‘yib, aholini takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti oxirgi paytlarda chop etilmayapti va foydalanilmayapti.
O‘lim ko‘rsatkichlarini ham hisobga oladigan ko‘rsatkich aholini takror barpo bo‘lishining net­to-koeffitsienti yoki, boshqacha aytganda, Byok-Kuchinski koeffitsienti hisoblanadi. U shuningdek, aholini takror barpo bo‘lishining sof koeffitsienti deb ham ataladi. U ayol butun hayoti davomida tuqqan hamda berilgan tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari darajasida reproduktiv davr oxirigacha yashagan qizlar o‘rtacha soniga teng. Aholini takror barpo bo‘lishining netto-koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi (5 yoshlik vaqt guruhlari bo‘yicha).
O‘zbekistonda aholi takror barpo bo‘lishining netto koeffitsienti dinamikasida o‘ziga xos o‘zarishlar kuzatiladi (11.2-jadval).

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin