Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruhiyatini psixologik
o'rganish natijalari. "Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish" mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining eksperemental jarayoni Toshkent shahar Yunusabod tumanida joylashgan 480-Maxsus Maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkazildi. Tekshirish uchun 10 nafar tarbiyalanuvchilar jalb etildi. Ulardan 8 nafari o'g'il bola, 2 nafari qiz bola. Tekshirish ishlari 2 bosqichda olib borildi. bular:
1 .Xujj atlarni o'rganish
Suxbat o'tkazish.
Tekshirishda bolalar bilon metodikalarni sinashdan avval tekshiriluvchi bolalarning shaxsiy xujjatlari atroflicha o'rganib chiqildi. Ta'lim muassasasi psixologi hamda biriktirilgan defektolog bilan hamkorlikda bolalarning ota-onalari bilan suhbat o'tkazildi. Tekshirishga jalb etilgan 10 nafar tarbiyalanuvchilarning
shaxsiy xujjatlati atroflicha o'rganib chiqilgach (1-ilova), bolalar bilan ularning ruhiyatini psixologik o'rganish ishlari olib borildi.
Tekshiruv jarayoni bolalar bilan suhbatga kirishishdan boshlandi. Bolalar bilan aloqa o'rnatilgach har bir bola bilan alohida-alohoda quyidagi metodikalar o'tkazildi:
Tafakkur operatsiyalarini tekshirish uchun 3 xil variantda "Segen taxtasi" metodikasi;
Xotirani tekshirish uchun "L.V.Zankov" metodikasi;
Diqqatni tekshirish uchun yetishmaydigan qismlarni topish metodikasi;
Nutqni tushunishini tekshirish uchun 5 ta parametrdagi savol javoblar o'tkazildi. Bular:
Sodda ko'rsatmalarni tushunish.
Murakkab ko'rsatmalarni tushunish.
"Ustida", "ichida", "yonida", "orqasida", "tagida" kabi ko'makchi so'zlarni tushunish.
Gaplardagi murakkab bog'lanishlarni tushunish
Bog'langan matnni tushunish
Bolalarning xotira xususiyatlarini tekshirish uchun L.V.Zankov metodikasidan foydalanildi. Bunda metodika 10 nafar bola bilan o'tkazildi. Natijada: topshiriqni mustaqil bajargan bolalar 30 %, topshiriqni yordam bilan bajargan bolalar 60%, topshiriqni qisman bajargan bolalar yo'q, topshiriqni bajara olmagan bolalar 10 % ni tashkil etdi.
Bolalarning tafakkur xususiyatlarini tekshirish uchun "Segen taxtasi" metodikasidan foydalanildi. Bunda metodika 10 nafar bola bilan o'tkazildi. Natijada: topshiriqni mustaqil bajargan bolalar 50 %, topshiriqni yordam bilan bajargan bolalar 40%, topshiriqni qisman bajargan bolalar yo'q, topshiriqni bajara olmagan bolalar 10 % ni tashkil etdi.
Bolalarning idrok xususiyatlarini tekshirish uchun "Kesma rasmlarni birlashtirish" metodikasidan foydalanildi. Bunda metodika 10 nafar bola bilan o'tkazildi. Natijada: topshiriqni mustaqil bajargan bolalar 60 %, topshiriqni yordam bilan bajargan bolalar 20%, topshiriqni qisman bajargan bolalar 10%, topshiriqni bajara olmagan bolalar 10 % ni tashkil etdi.
Bolalarning diqqat xususiyatlarini tekshirish uchun "Yetishmaydigan qismni aniqlash" metodikasidan foydalanildi. Bunda metodika 10 nafar bola bilan o'tkazildi. Natijada: topshiriqni mustaqil bajargan bolalar 10 %, topshiriqni yordam bilan bajargan bolalar 70%, topshiriqni qisman bajargan bolalar 10%, topshiriqni bajara olmagan bolalar 10 % ni tashkil etdi.
Bolalarning lug'at boyligini, nutqni tushunishini tekshirish uchun 5 ta parametrdagi savol javoblar o'tkazildi. Bunda metodika 10 nafar bola bilan o'tkazildi. Natijada: topshiriqni mustaqil bajargan bolalar 50 %, topshiriqni yordam bilan bajargan bolalar 40%, topshiriqni qisman bajargan bolalar yo'q, topshiriqni bajara olmagan bolalar 10 % ni tashkil etdi.
Jumladan, Sherqulov Iskandar, Abdusalomov Sunatilla, Ergashxo'jayeva Muslima muloqotga tez va yaxshi kirisha oldilar. Tekshiruvchi tomondan berilgan savol va topshiriqlarni bajarishga qarshilik va metodikalarni bajarishdan bosh tortish holatlari bo'lmadi. "Segen taxtasi", "Kesma rasmlarni birlashtirish", L.V.Zankov metodikalarini katta qiziqish bilan bajardi. Nutqni tushunishi bo'yicha berilgan savol va topshiriqlarga to'g'ri javob bera oldi. Faqat "Yetishmaydigan qismni aniqlash" metodikasida biroz qiynaldi va yordam bilan bajardi.
G'aniyev Xasan, Ismailov Obidjon, Mirabzalov Salohiddin muloqotga tez va yaxshi kirisha oldilar. Tekshiruvchi tomondan berilgan savol va topshiriqlarni bajarishga qarshilik va metodikalarni bajarishdan bosh tortish holatlari bo'lmadi. Barcha topshiriqlarni qiziqish bilan to'g'ri bajarishga xarakat qildilar. G'aniyev Xasan "Kesma rasmlarni birlashtirish" metodikasini mustaqil bajardi, nutqni tushunish bo'yicha berilgan savol va topshiriqlarni to'g'ri bajardi. Qolgan metodikalarni yordam bilan bajardi. Ismailov Obidjon Mustaqil "Segen taxtasi" metodikasini mustaqil bajardi, nutqni tushunish bo'yicha berilgan savol va topshiriqlarni to'g'ri bajardi. Qolgan metodikalarni yordam bilan bajardi. Mirabzalov Salohiddin "Segen taxtasi", "Kesma rasmlarni birlashtirish" metodikasini mustaqil bajardi, nutqni tushunish bo'yicha berilgan savol va topshiriqlarni to'g'ri bajardi. L.V.Zankov, "Yetishmaydigan qismni aniqlash" metodikalarini bajarishda biroz qiynaldi va yordam bilan bajardi.
Jahongirova Aziza, Samuqjonov Sodiq muloqotga kirishishga biroz qilnaldilar. Metodikalarni bajarishdan avval ular bilan qiziqarli savol-javoblar o'tkazildi. Aziza va Sodiqjon nutqni tushunish bo'yicha berilgan savol va topshiriqlarni bir meyorda bajardilar. Yetishmaydigan qismni aniqlash metodikasida Aziza vazifani bajara olmadi, Sodiqjon esa topshiriqni tugallamadi. qolgan metodikalarni yordam bilan bajardilar.
Xasanov Javohir bilan muloqotga kirishishda biroz qiyinchiliklar bo'ldi. Javohirning diqqati tarqoq, sho'x bola bo'lgani uchun topshiriqlarni bajarishni oldiniga istamadi. Lekin barcha metodikalarni sekin-astalikda yordam bilan bajardi.
Omonov Akobir bilan umuman muloqotga kirishilmadi. Akobir suhbat qurishdan ham, o'yin o'ynashdan ham metodikalarni bajarishdan ham bosh tortganligi sababli, u bilan tekshirish ishlari olib borilmadi.