PSIXOLOG XONASIGA VA UNI JIHOZLASHGA QO`YILADIGAN TALABLAR копия
Psixologik maslahatga qanday tayyorlanish kerak. Psixologik maslahatga tayyorlanish qator umumiy va xususiy masalalarni hal etishni talab etadi. Shu bilan bir qatorda umumiy masalalar umumiy maslahatchilarga taalluqli bo'ladi, xususiy masalalar esa mijozlami qabul qilish va psixologik maslahatga taalluqli bo'ladi. Psixologik maslahatga tayyorgarlik umumiy masalalariga asosan quyidagilar kiritiladi:
l.Xona va uskunalarni, maslahat o'tkazish joyini tanlash. Xonalarni jihozlashga - uni mijoz va maslahatchi uchun qulay bo'Igan kursi va stullar, iloji boricha aylanadigan kursilar, jurnal stollari bilan ta'minlash kiradi. Maslahatlar, ya'ni psixolog-maslahatchi mijozni ko'p o'rganish zarur bo'lganida hamda mijozning xulqini verbal diqqat bilan kuzatish muhim bo'lganida kursilar o'rniga stullardan foydalaniladi. Maslahat o'tkazish vaqti ko'p bo'lganida va maslahat paytida psixolog-maslahatchi hamda mijoz o'rtasida qulay, norasmiy sharoit yaratish kerak bo'lganida kursidan foydalanish ma'qul hisoblanadi. Mebellardan tashqari psixologik maslahatda biror-bir yozib olingan Iavhalarni ko'rish yoki eshitish zarur bo'lib qoladigan holatlar uchun audio-video texnikalarga ega bo'lish ma'qul hisoblanadi.
Maslahatlami qayd etib borish uchun maslahatchi qog'oz, nusxa olish texnikasi, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. Bundan tashqari psixologik maslahatda mijozni psixologik testlardan o'tkazish natijalarini son jihatidan ishlab chiqishda zarur bo'lishi mumkin bo'Igan kalkulyatorga ega bo'lish maqsadga muvofiq.
Maslahat o'tkazish joyini kerakli hujjatlar bilan va ularni saqlash vositalari, jumladan qayd etish jumallari kartotekasi va seyf bilan jihozlash.
Maslahatxonasi minimum mutaxassisliklar bo'yicha adabiyotlar, shu jumladan, psixologik adabiyotlar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. Bu adabiyotlar birinchidan, psixolog-maslahatchi bevosita birinchi manbalardan o'zi va mijozga zarur bo'Igan ma'lumotlarni o'z vaqtida olishi uchun kerak bo'ladi. Ikkinchidan, mustaqil bilim olish uchun mijozlarga taqdim etishda zarur bo'ladi. Bundan tashqari, shu yerning o'zida psixologik maslahatda qo'shimcha haq uchun psixologik maslahatning tavsiyalari bo'yicha doimiy foydalanish uchun psixologik amaliyot bo'yicha ommaviy nashrlarni sotib olish tavsiya etiladi. Maslahat o'tkazilishi kerak bo'Igan xona mijoz unda o'zini qulay his etadigan qilib jihozlanadi. Psixologik maslahat xonasi ishxona va uy sharoitlariga o'xshash bo'lgani ma'qul bo'ladi. Psixologik masiahatlami tayyorlash maxsus masalalariga quyidagilar kiradi:
qayd etilgan jumal va kartotekada mavjud bo'Igan mijoz to'g'risidagi ma'lumotlar bilan psixolog-maslahatchining dastlabki tanishib chiqishi. Наг bir mijozga shaxsiy varaqani odatda, psixologik maslahatga murojaat etishda va aniq bir maslahatchiga qabulga kelganida to'ldiriladi. Psixolog-maslahatchi mijozning individual varaqasiga ma'lumotlarni yozib boradi. U mijozdan olingan barcha ma'lumotlar sir saqlanishiga javobgar shaxs hisoblanadi;
psixologik maslahat davomida kerak bo'lishi mumkin bo'Igan material va uskunalarni tayyorlash;
har xil kerak bo'lib qolishi mumkin bo'Igan manbalardan mijoz to'g'risida maslahatlar yoki qo'shimcha ma'lumotlar olish;
mijozning individual xususiyatlarini va uni tashvishlantiradigan muammoni hisobga olib maslahat o'tkazish rejasini tuzish.