I bob psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari


Psixologik maslahatini o'tkazilish jarayoni



Yüklə 228,88 Kb.
səhifə7/15
tarix02.03.2023
ölçüsü228,88 Kb.
#123734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
PSIXOLOG XONASIGA VA UNI JIHOZLASHGA QO`YILADIGAN TALABLAR копия

. Psixologik maslahatini o'tkazilish jarayoni

Maslahatlar psixolog-maslahatchining mijoz bilan shaxsan uchrashuvidan boshlanadi. Maslahatchi yoki uning yordamchisi mijozni maslahat o'tkaziladigan xonaga kirishda, turib kutib olinishi tavsiya etiladi. Kutib oluvchi birinchi bo'lib mijozga o'zini tanishtirishi, agarda zarur bo'lsa uni kuzatib olib kirishi va maslahat paytida o'tirishi kerak bo'Igan joyga o'tqazishi kerak. Mijoz bilan gaplashish, psixologik maslahat so'rab kelgan muammosi bo'yicha gap boshlashdan awal, mijozning yonida biroz sukut saqlab turish kerak. Chunki bu vaqt davomida mijoz biroz tinchlanishi, bo'lajak
suhbatga tayyor bo'lishi kerak. Mijoz tinchlanganidan va maslahatchini tinglashga psixologik tayyor bo'lganidan keyin mijozning muammosi haqida suhbatni boshlash mumkin. Mijoz bilan suhbatni, u bilan inson sifatida tanishish bilan, maslahatlar uchun muhim, lekin mijoz kartotekasida qayd etilmagan ma'lumotlardan boshlash kerak. Agar zarurat tug'ilib qolsa, maslahatchi o'zi haqida biroz so'zlab berishi ham mumkin. Umumiy tanishish yakunlanganidan keyin maslahatchi mijozga uni nimalar tashvishlantirayotganligi to'g'risida gapirib berishni taklif etadi va diqqat hamda chidam bilan uning gaplarini tinglaydi. Vaqti-vaqti bilan maslahatchi mijozga savol berishi, o'ziga kerakli narsani aniqlab olishi mumkin, lekin mijozning fikrini iloji boricha bo'lmaslik kerak. Chunki u o'z dardini to'liq aytib berishi kerak. Psixolog-maslahatchining savollari albatta, mijozga yomon ta'sir qilmasligi, ya'ni uning xayolini, fikrini buzmasligi, jahlini chiqarmasligi, keskin vaziyatga olib kelmasligi, hattoki suhbatni to'xtatish istagi paydo bo'Imasligini kuzatib borishi yoki boshqa mavzuda gaplashishi kerak bo'ladi. Mijozni tinglayotgan maslahatchi ismlar, kun, hodisa, faktlarni eslab qolishi kerak. Bu mijozning shaxsini tushunib olish, uning muammosini hal etish uchun to'g'ri yo'lni tanlash, samarali xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Eng yaxshi usul, bu mijozdan olinayotgan ma'lumotlarni yozib bormasdan eslab qolish hisoblanadi. Biroq maslahatchida eslab qolish xususiyati sust bo'lsa, mijozdan ruxsat so'rab eshitgan gaplarini yozib borishi mumkin. Mijoz chin ko'ngildan gaplarini aytib bo'lgandan keyin psixolog-maslahatchida mijozning muammosi mazmuni to'g'risida ma'lum tushuncha yuzaga kelishi kerak hamda muammoning mumkin bo'lgan sabablari va uni hal qilish usullari to'g'risida tasawur paydo bo'lishi kerak. Maslahatchi fikrini jamlab olishi, mijoz esa maslahatchini diqqat bilan tinglashga tayyor bo'lishi uchun zarur bo'lgan kichik bir tanaffusdan so'ng, barchasini psixolog-maslahatchi unga tushuntirib aytishi kerak. Keyin suhbatni psixolog-maslahatchi davom ettiradi. Mijoz endi maslahatchini tinglashi va agar xohlasa o'zini qiziqtiruvchi savollar berishi, o'zininggaplariga qo'shimchalar kiritishi mumkin. Bundan tashqari maslahatning bu qismida mijoz psixolog-maslahatchidan eshitgan gaplar to'g'risida o'z fikrini aytishi mumkin. Ba'zida mijoz o'zi va o'z muammosi to'g'risida aytib berganlari psixolog-maslahatchi uchun yetarli bo'lmasligi mumkin. Mijozning muammosi mohiyati va yechimiga nisbatan to'g'ri xulosa chiqarish va asosli tavsiyalarni ifoda etish uchun psixolog-maslahatchiga qo'shimcha ma'lumotlar kerak bo'ladi. Bunday hollarda o'z fikr va xulosalarini ifoda etishdan awal psixolog-maslahatchi mijoz bilan yoki mijozda yuzaga kelgan muammoga aloqasi bo'lgan boshqa, ya'ni maslahat uchun foydali ma'lumot bera oladigan shaxslar bilan qo'shimcha suhbatlar o'tkazadi. Maslahatchi mijozning muammosi to'g'risida boshqa shaxslar bilan suhbatlashmoqchi ekanligi to'g'risida oldindan unga aytishi va undan ruxsat so'rashi kerak. Ba'zida mijozning muammosi bo'yicha qaror qabul qilishi uchun psixolog-maslahatchiga qator psixologik testlar yordamida mijozni qo'shimcha o'rganishi kerak bo'ladi. Bunday holatda u mijozga psixologik test nimalardan iborat bo'lishi, qancha vaqt kerak bo'lishi, qanday o'tkazilishi va qanday natijalar berishi mumkinligini tushuntirib, shunday tekshirish o'tkazish zarurligini aytish kerak. Psixologik tekshirish natijalari qayerda va kim tomonidan yoki qanday foydalanishi mumkinligi to'g'risida oldindan aytish ham muhim hisoblanadi. Agarda mijoz psixologik testlar o'tkazishga rozilik bermasa, psixolog-maslahatchi uni majburlashi kerak emas. Shu bilan birga agarda, haqiqatan ham shunday bo'lsa, u mijozga psixologik testlardan voz kechishi, muammoni tushunib yetishi va uni hal etish to'g'ri yo'lni topishni qiyinlashtirishi mumkinligi to'g'risida ogohlantirib qo'yishi kerak.


Yüklə 228,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin