I bob psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari



Yüklə 228,88 Kb.
səhifə10/15
tarix02.03.2023
ölçüsü228,88 Kb.
#123734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
PSIXOLOG XONASIGA VA UNI JIHOZLASHGA QO`YILADIGAN TALABLAR копия

Mijozni kutib olish amallari
Mijozni kutib olishda psixolog-maslahatchi bajaradigan shu jumladan, u bilan awalo salomlashish, maslahat o'tkazish paytida o'tirishi kerak bo'lgan joyga olib kelish kabi maxsus harakatlami o'z ichiga oladi. Bu amallarga psixolog-maslahatchining mijoz bilan gap boshlashi paytida mijozga nisbatan o'z o'rnini tanlashi, maslahatchining mijoz bilan psixologik aloqa o'rnatish uslublari, psixolog-maslahatchi aytadigan birinchi so'zlar kiradi.
Keyingi «psixologik maslahatlar texnikasi» deb atalgan bobda ko'rsatilgan uslublarni to'laroq, kerakli misollar asosida ko'rib chiqamiz.
Ushbu amal maslahatlar eng boshidan psixolog-maslahatchi mijozda yaxshi taassurotlar uyg'otishga va maslahatlarning muvafFaqiyatli bo'lishi, kayfiyatni ko'tarishga yordam beradigan boshqa aniq uslublar va harakatlami ham o'z ichiga oladi. Psixolog-maslahatchi murojaat etgan ko'pchilik mijozlar odamlar bilan, shu jumladan psixolog-maslahatchi bilan oddiy muomala qilishga xalaqit qiladigan psixologik to'siqlar va komplekslarga ega bo'ladilar. Bunday to'siqlarva komplekslar salbiy ta'siri notanish vaziyatlarda, misol uchun psixolog-maslahatchi bilan birinchi uchrashuvda, mijozning notanish odam — maslahatchi bilan o'zining shaxsiy muammolari to'g'risida murakkab suhbat oldidan, ayniqsa, kuchli namoyon bo'ladi. Mumkin bo'lgan komplekslar salbiy ta'sirini va psixologik to'siqlarni yo'qotish uchun «psixologik to'siqlarni yo'qotish» amalidan foydalaniladi. Bu amalni qo'llanilganda, psixolog-maslahatchi maxsus harakatlar va uslublar yordamida mijozni tinchlantiradi, unda psixologik xavfsizlik vaziyatini yaratadi, uni o'zini erkin tutishiga yordam beradi, unga ishonchlilik bag'ishlaydi. O'ziga bo'lgan ishonchini uyg'otadi. Ushbu amal doirasida xususan, mijozda kayfiyatni ko'taruvchi, unda ijobiy emotsional kayfiyat uyg'otuvchi maxsus uslublar qo'llaniladi.
Psixologik maslahatlar uchinchi bosqichida hamdard bo'lib, (empatik) tinglash deb ataluvchi amaldan hamda uning fikrlashi va xotirasini faollashtirish, mijoz fikrini mustahkamlash, yorqinlashtirish amali va psixodiagnostik amallardan keng foydalaniladi. Empatik tinglash amali bir-biriga bog'Iiq ikki holatdan iborat:
Empatiya va tinglash, ular ushbu holatda bir-birini to'ldiradi. Tinglash psixolog-maslahatchi o'zining fikrlari va hayajonlarini vaqtinchalik esdan chiqarib, o'z diqqatini to'laligicha mijozga, uning gaplariga qaratishdan iborat. Empatik tinglashningvazifasi psixolog maslahatchi mijoz unga gapirayotgan gaplarini shaxsan qabul qilishi hamda barchasini oxirigacha tushunishga va mijozning o'zi kabi o'ylash va sodir bo'layotganlardan tashvishlanishga yordam beruvchi ancha chuqur va emotsional tushunishdan iborat bo'ladi (tinglashning empatik holati).
Mijozni empatik tinglash paytida psixolog-maslahatchi bir vaqtning o'zida o'z rolida qola turib, o'zini mijoz bilan psixologik o'xshatadi. Mijoz gapirayotganlar haqida o'ylash, taxmin qilishni, fikr yuritishni davom ettiradi. Biroq bu alohida fikrlash hisoblanadi. Bunday fikrlash jarayonida psixolog-maslahatchi mijoz obraziga kirib, uning gaplarini o'zida psixologik baholash va tushunishga harakat qilib mijozni o'z o'miga qo'yib ko'radi. Mana shunga empatik tinglash deb ataladi. Bu psixologik maslahatning ikkinchi bosqichi asosiy amali sanaladi.
Mijozni fikrlashi va xotirasini faollashtirish amali deganda, ularni qo'llash natijasida mijozning bilish jarayonlari, xususan muhokama etilayotgan muammo, uni to'g'ri amaliy hal etish bilan bog'Iiq bo'lgan mijozning xotirasi va fikrlashini faollashtiradigan, yanada mahsuldor bo'lib qoladigan uslublar tizimiga aytiladi. Ushbu amalni qo'llash natijasida mijoz uning muammosi bilan bog'Iiq xulosalar va faktlarni aniqroq va to'laroq eslay boshlaydi. O'zi va uni diqqat bilan tinglayotgan psixolog-maslahatchi uchun awal ongida yashirin bo'lgan holatlarni ochadi. Fikriashni faollashtirish amaliga tinglab tasdiqlash, mijoz aytgan gaplar to'g'risida ma'lum, ko'pincha ijobiy munosabatni bildirish uslublari, mijozda aytgan gaplarini to'g'ri ifoda etishda qiyinchiliklar yuzaga kelganida unga amaliy yordam ko'rsatish kabi usullar kiritilishi mumkin. Bunga mijozning o'zini dovdiratib qo'yadigan nutqidagi tutilishlarni psixolog-maslahatchi to'ldirishi, uning*gaplari birtekis va bog'liqligini ta'minlashi hamda psixologik to'siqlarni yo'qotishi, mijozga esa bundan keyin nimalar to'g'risida gapirishini eslashga yo'naltiruvchi, mijozning xotirasi va fikrini rag'batlantiruvchi savollarni kiritishi mumkin. Qo'llab-quwatlab turish amali mijozni tinglab turib psixolog-maslahatchi vaqti-vaqti bilan ko'pincha mijozning o'zi maslahatchi tomonidan uni gaplarini ma'qullashini istab turgan paytlarda - so'zlar, ishoralar, mimikasi, pantomimika va boshqa mumkin bo'lgan ekstra hamda paralingvistik vositalar bilan mijoz aytgan gaplarni ma'qullab, uni qo'llab turishdan iborat. Psixolog-maslahatchining mijoz fikrini oydinlashtirib turishi, uning gaplarini tinglayotganda va fikri unchalik tushunarli yoki aniq ifoda etilmaganda vaqti-vaqti bilan suhbatlashib, ovozini chiqarib mijoz fikrini o'zi uchun aniqlashtirib yoki unga fikrini aniqroq ifoda etishga yordam berib turishdan iborat bo'ladi. Mijozning o'zi psixolog-maslahatchiga tushuntirib berayotganidan qoniqmagan paytlarda ko'pincha shunday amallardan foydalanish zarur bo'ladi. Psixologik maslahat o'tkazish to'rtinchi bosqichida quyidagi amallardan foydalanish mumkin bo'ladi: ishontirish, tushuntirish, o'zaro mos keladigan yechimni izlash, aniqlik kiritish, har tomonlama puxta o'ylab chiqish. Bu amallarning barchasi psixolog-maslahatchining mijoz bilan birgalikdagi ishlab chiqilgan maslahatlar va tavsiyalarni uning ongiga yetkazish bilan bog'liq bo'ladi. Bu amallardan maqsad, psixolog-maslahatchi chiqargan xulosa va yechimlarni mijoz to'la va chuqur tushunib yetishiga hamda mana shu yechimlarni bajarishga uni yo'naltirishga erishishdan iborat.
Ishontirish - bu psixolog-maslahatchi mijoz bilan uzoq vaqt davomida ishlashi natijasida taklif etgan tavsiyalari to'g'riligini mijozga mantiqiy aniq asoslarda isbotlab berishga asoslanadi. Ishontirish asoslarini faktlar, mijoz uchun tushunarli va yetarlicha ishonarli isbotlash o'z ichiga oladi.
Tushuntirish — bu muammolarsababli psixolog-maslahatchida yuzaga keladigan fikvlarni keng, aniq bayon etish, mijozga tushuntirishni o'z ichiga oluvchi amaldir. Bu yerda psixolog-maslahatchi ataylab mijoz tomonidan o'ziga turli savollar keltirib chiqarishga va bu savollarga aniq, tushunarli javob beradigan tarzda u bilan suhbat tashkil qilishga harakat qiladi. U javoblarni taklif etar ekan, psixolog-maslahatchi shu vaqt mijozni diqqat bilan kuzatadi va mijozga aytilayotgan gaplar unga tushunarli ekanligini tasdiqlovchi aniq belgilarni unda kuzatadi.
«O'zaro mos keladigan yechimni izlash» deb ataluvchi amalda quyidagilar ko'zda tutiladi. Psixologik maslahat olib borish jarayonida ko'pincha maslahatchining taklifi mijozni qoniqtirmaydigan vaziyatlar yuzaga keladi. Mana shunday hollarda mijozning muammosini hal etish uchun unga yanada mos keladigan boshqa yechimni izlash zarur. Ushbu amal yechimning muqobil variantlarini taklif etish, mijozni qoniqtiradigan yechimni tanlash huquqini uning o'ziga berish, taklif etilayotgan yechimda mijozni nimalar qoniqtirmasligini oydinlashtirish, uning muammosini yechimi bo'yicha mijozning o'zi fikrini aytishini taklif etish kabi uslublarni o'z ichiga oladi.
Keyingi amal «detallarni aniqlashtirish» — psixolog-maslahatchi va mijozning birgalikda ishlab chiqqan amaliy tavsiyalarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan mijoz uchun kichik, lekin muhim tafsilotlami tushuntirishdan iborat. Mijoz uni faqat to'g'ri tushunib olganligini emas, balki olgan tafsilotlarini hayotda bajarish uchun nimsiar qilish kerakligini yaxshi bilishiga ishonch hosil qilishi uchun psixolog-maslahatchi unga savollar beradi va javoblan asosida ular muhokama qilgan masalalarni to'g'ri tushunganligini aniqlaydi. Agarda muhokama qilingan masalalarni mijoz yaxshi tushunmasa, u o'zining fikrlarini mijozga qo'shimcha ravishda tushuntirishga harakat qiladi. Bu ishni u odob bilan amaliy va yo'naltirib bajarishga harakat qiladi.
Beshinchi yakunlovchi bosqichda psixolog-maslahatchi tomonidan to'rtinchi bosqichda foydalanilgan amallar qo'IIaniladi. Biroq bu gal ular mijozni maslahatchidan olgan tavsiyalarini amaliy bajarishdan kutilayotgan samarasini baholashga taalluqli bo'ladi. Bu yerda mijozda muammo albatta, hal etilishiga ishonchi hamda maslahatlardan keyin darhol o'z muammosini amaliy hal qilishga kirishishga tayyorgarligini mustahkamlash amali maxsus hisoblanadi. Ushbu bosqichda ishontirish, uqtirish, emotsional-ijobiy rag'batlantirish va qator boshqa uslublarni ham qo'llash mumkin.


Yüklə 228,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin