yong’inga qarshi yo’riqnomalar va yong’in-texnik minimumi dasturi bo’yicha o’qitish hamda olingan bilimlarni tekshirishlardan o’tgan shaxslarni hisobga olish tartibi
yong’inga qarshi yo’riqnomalar va yong’in-texnik minimumi dasturi bo’yicha o’qitish hamda olingan bilimlarni tekshirishlardan o’tgan shaxslarni hisobga olish tartibi;
muhandis-texnik xodimlarni attestatsiyadan o’tkazishda ularga yong’in xavfsizligi bo’yicha beriladigan savollar ro’yxati.
Yong’inga qarshi yo’riqnoma quyidagicha o’tkaziladi:
birlamchi - yong’in xavfsizligining umumiy qoidalariga rioya etish bo’yicha korxonaning qo’riqlash xizmati xonasida;
takroriy - sex, ombor, ustaxona va shu kabilarda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo’yicha ish joyida.
Yo’riqnoma o’tkazilishi yuklatilgan shaxslar - korxonaning yong’inga qarshi himoyasini yaxshi bilishlari, yong’in o’chirish vositalarini mukammal darajada qo’llay olishlari, amaldagi yong’in xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma va qoidalarni bilishlari lozim. Ishga yangi qabul qilinayotganlar uchun yong’inga qarshi yo’riqnoma qisqa va aniq bo’lishi lozim, bunda yo’riqnomadan o’tayotganlar quyidagilar bilan tanishtirilishi kerak:
korxonada amalda bo’lgan yong’inga qarshi qoidalar va yo’riqnomalar bilan;
korxonada yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan portlash va yong’inlar sabablari va ularni oldini olish choralari bilan;
chekish, ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadigan yong’in xavfi bo’yicha eng xavfli bo’lgan ishlab chiqarish uchastka va joylari hamda boshqa zarur bo’lgan ehtiyot choralari bilan;
yong’in yuz bergan holatdagi amaliy harakatlar bilan: birlamchi yong’in o’chirish vositalarini va alanga o’chiruvchi qurilmalarini qo’llash, yong’in o’chirish komandasi va drujinasini chaqirish, texnologik jihozni to’xtatish, shamollatish tizimi va elektr qurilmalarini o’chirish, ishlayotganlarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish tartibi.
Yo’riqnoma o’tkazilishi barcha holatlarda yong’in o’chirish vositalari va yong’indagi aloqa tizimlarini ko’rsatish bilan kechishi kerak.