Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni ta’minlash maqsadga muvofiq: - operatorning eng ma’qul ishchi xolati (tik yoki o’tirgan xolda); - muhimligi va qurish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga qarab boshqarish qismlari va indikatorlarini ratsional joylashtirish;
operatorga harakatlanish va siljishda yetarli erkinlik berilishi;
ish joyi elementlarining eng yaxshi ko’rinishi;
insonning antropometrik, fiziologik, va psixologik harakteristikalarining ish joyi konstruksiyasiga mosligi;
mashinadan kelayotgan ma’lumotlar tezligi va hajmining inson tomonidan qabul qilish va ishlov berish imkoniyatlariga mosligi;
operatorlarning ish vaqtida qisqa muddatli dam olishlari uchun sharoit bo’lishi;
ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish.
Ish joyi o’zida ma’lumot (MAEV joylashgan bo’shliq) va motor (boshqarish qismlari joylashgan bo’shliq) maydonlari tashkil qilinadi. Ma’lumot maydonida bir-biridan farqli uchta zona mavjud: birinchi zonada -ko’rsatgichlarni aniq va tez hisoblash talab qilingan MAEV joylashadi ( -rasmga qarang); ikkinchi zonada - ko’rsatgichlarni kamroq aniqliq va tezlikda hisoblash talab qilingan MAEV joylashadi; uchinchi zonada juda kam ishlatiladagan vositalar joylashadi. Motor maydoni ham 3 ta zonadan iborat: juda tez foydalaniladigan (bir minutda kamida 2 marta) va optimal yeta oladigan juda muhim boshqarish qismlari joylashgan - birinchi zona; tez ishlatiladigan boshqarish qismlari (1soatda 2martadan ko’p) va yengil yeta oladigan kam muhim vositalar joylashgan - ikkinchi zona; kam ishlatiladigan (1 soatda 2 martadan kam) vositalar joylashgan - uchinchi zonalardan iborat.
7.1 – rasm. Ish o’rnida operator xolatiga bog’liq ravishda motor maydon zonalari va o’lchamlari: