Хavfsizlik psixologiyasi deganda inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash uchun psixologik bilimlarni qo’llash tushuniladi. Хavfsizlik psixologiyasi-psixologik jarayonlar va xususiyatlarni o’rganadi va mehnat faoliyati jarayonida kuzatiladigan psixologik xolatlarning har xil shakllarini to’liq tahlil qiladi. Psixologik faoliyat strukturasida inson 3 ta asosiy guruhni tashkil qiluvchi ( komponent)larni ajratadi: psixologik jarayonlar, xususiyatlar va xolatlar. Psixologikjarayonlarpsixologikfaoliyatningasosinitashkilqiladi. Bularsizbilimning vujudga kelishi va hayot tajribasini orttirish mumkin emas. Psixologik jarayonlarning bilishli, emotsional va irodali turlari mavjud (sezish, zehnlash, eslash va hakazo). Psixologik xususiyatlar (shaxs sifati). Shaxs xususiyati – bu uning muhim afzalliklari (harakter, temperament, yo’nalishi). Shaxsning sifatlari ichida intellektuallik, emotsionallik, iroda, ahlok va mehnat ajralib turadi. Yana bularga barqarorlik va doimiylik xususiyatlari kiradi. Psixologik xolatlar turli–tumanlik va vaqtinchalik harakteri bilan ajraladi, u aniq davrda psixologik faoliyatning afzalliklarini aniqlaydi va butun psixologik jarayonlar davomida ijobiy yoki salbiy bayon qilinishi mumkin. Mehnat psixologiyasi vazifalari xavfsizlik psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan xolda, ishlab chiqarish jarohatining oldini olishni tashkil qilishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan, ishlab chiqarishning psixologik xolatlari va boshqa maxsus xolatlarini aniqlashdan iborat. Inson faoliyati (ish qobiliyati)ning samaradorligi psixik kuchlanishning darajasiga asoslanadi. Psixik kuchlanish ma’lum chegaragacha mehnat natijalariga ijobiy ta’sir qiladi. Faollashishning kritik darajagacha ko’tarilishi mehnat natijalarining pasayishiga, ba’zan ishchanlikning to’liq yo’qolishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning me’yoridan oshgan shakli chegaradan chiqish deyiladi