Тavakkalshaxsiy (individual) vaijtimoiy (sotsial) turlargabo’linadi. Shaxsiy tavakkal alohida bir shaxs uchun ma’lum turdagi xavfni harakterlaydi. Ijtimoiy tavakkal - bu bir gurux odamlar uchun bo’lgan tavakkaldir. Ijtimoiy tavakkal – sodir bo’lgan xodisalar (xavflar) chastotasi bilan shu xodisalar natijasida zararlanganlar odamlar soni o’rtasidagi bog’lanishdir. Тavakkal va xavflarni jamoatchilik tomonidan qabul qilish sub’ektivdir. Ko’p sonli bir vaqtdagi yo’qotishlarga olib keluvchi yagona voqealarni insonlar birdaniga sezadi va qabul qiladi. Shu vaqtda xususiy voqea natijasida bir yoki uncha katta bo’lmagan odamlar guruxining xalok bo’lishi shov-shuvli xolatlarga olib kelmaydi. Ishlab chiqarishda bir kunda 40-50 odam o’lsa, mamlakat bo’yicha har xil xavflardan 1000 odam hayotdan ko’z yumadi. Ammo bu ma’lumotlar bitta avariya yoki janjalda 5-10 kishining o’lishiga qaraganda uncha tafsilotli ko’rinmaydi. Bularni ma’lum bo’lgan tavakkal muammolarini o’rganganda albatta e’tiborga olish kerak. Тavakkalni baxolashda sub’ektiv kamchilikdan xolis bo’lgan usullar va uslubiyatlarni izlash muximdir. Mutaxassislarning fikricha xavflarni baxolashda tavakkalni qоllash trofitop ko’rsatgichlarni ishlatishga qaraganda ustunligini ko’rsatadi. Тavakkalni aniqlashda 4 xil uslubiy yondashish mavjud: Injenerlik - bu statistikaga, chastotalarni hisoblashga, xavfsizlikni extimolli taxlil qilishga va xavflar daraxtini qurishga asoslanadi.
Modelli - bu alohida odamga, ijtimoiy va kasbiy guraxlarga zararli omillarning ta’sir qilish modelini kurishga asoslanadi.
Bu ikkita uslub (metod) hisoblarga asoslanadi, ammo xamma vaqt xam ma’lumotlar yetarli bo’lmaydi.