Bunda maqsad - reallik, predmetlik, sonli aniqlik, moslik, samaralik, nazoratlik talablarini qondirmogi kerak. Maqsadlarni vujudga keltirish - xavfsizlikni boshqarishda juda murakkab masaladir. Maqsadni har doim iyerarxik tushuncha deb qarash kerak. Reja, har doim aniq shakllangan maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bu bosh maqsaddir. Umuman, qism maqsadlarga bo’linadi va o’z navbatida muximlik darajasiga qarab joylashtiriladi. 2. ASOSIY MA’LUMOТLAR Sistemalikka bo’lgan talab shundan iboratki, bunda xavfsizlikni aniqlashda, muxim va yetarli bo’lgan tashkil qiluvchilar sonini hisobga olish ko’zda tutiladi. «Inson - muxit», «inson - ishlab chiqarish» va boshqa tizim (sistema) lar murakkab, ko’p komponentli va qismli tashkil qiluvchilardir. Хavflar identifikatsiyasini ijobiy yechishda bu tizimlarni taxlil jarayonida tashkil qiluvchilarga ajratish (dekompozitsiya qilish) muximdir. Umumiy xolda ular 3.1 va 3.2 – rasmlarda keltirilganday element (qism)larga ajratiladi. Chegaralangan faoliyat sharoitida bu element (qism)lar aniqlashtiriladi.
3.1 - rasm. Faoliyat modeli 1 - inson, 2- muhit, 3- reaktiv aloqalar.
3.2 – rasm. Faoliyatni dekompozitsiyalash 1- inson, 2- mexnat predmetlari, 3- mehnat vositalari, 4 – energiya, 5 mexnat maxsuli, 6- texnologiya, 7 – flora, 8 – fauna, 9 – ma’lumot, 10 – tabiiy-klimatik sharoitlar, 11 – tashkil qilish, 12 – jamoa, n – va boshqa,
Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish bir ma’noda xavf va uning xavfli turkumlarini aniqlashga imkon beradi. Shuning uchun faoliyatni loyixalashda maqbul bo’lgan manba ma’lumotlaridan foydalanilgan xolda uni yetarli darajada detallashtirish (elementlarga ajratish) va xavfli xususiyatlarini aniqlash muximdir.