Reja: 1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Тavakkalni aniqlash qoidalari. 3.Тavakkalni aniqlashga topshiriq. 1. UMUMIY MA’LUMOТLAR 1990 yil sentabrda Germaniyaning Keln shahrida faoliyat xavfsizligi bo’yicha Birinchi Butun jaxon kongressi bo’lib o’tdi. Bu kongress «hayot xavfsizlikda» shiori ostida bo’lib o’tdi va unda faoliyat xavfsizligini ta’minlashga ilmiy fan sifatida qaraldi. Bu anjumanda dunyoning turli joylaridan kelgan olim va mutaxassislar o’zlarining ma’ruza va xabarlarida doimo «tavakkal» tushunchasini qo’lladilar. Хavfsizlik bo’yicha bu tushuncha bizning texnik adabiyotlarimizda shu davrgacha e’tirof qilinmagan va tarqalmagan edi. Тavakkalga V. Marshall quyidagicha ta’rif beradi: tavakkal - xavflarning amalga oshish, sodir bo’lish chastotasidir. Umumiy qilib aytganda tavakkal - xavflarni miqdor jixatdan sonli baxolashdir. Sonli baxolash esa - ma’lum bir davr ichida sodir bo’lgan u yoki bu ko’ngilsiz oqibatlar sonining shu davr ichida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlar soniga nisbatidir. Тavakkalni aniqlash maboynida oqibatning sinfini ko’rsatish muximdir, ya’ni nimaning tavakkali degan savolga javob berish kerak. Rasmantavakkal - buchastotadir, ya’nitakrorlanishsonidir. Lekin, tavakkal va chastota tushunchalarini xavfsizlik muammolariga nisbatan qo’llanilganda ular o’rtasidagi farq borligiga e’tibor berish kerak. “Ma’lum bir davr ichida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlar soni” tushunchasini xavfsizlik muammolariga nisbatan ma’lum bir shartlar asosidagina qo’llash mumkin.