2.1 – rasm. Kran - balka ilgagidan yukning tushib ketish xodisasi sabablarini aniqlash daraxti shemasi.
Bu usulda "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo’ladi.
3. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga topshiriq: 1. Variant bo’yicha xavf - xatar turini aniqlash. 2. Хavfning sinfini aniqlash. 3. Хavfning extimoliy ketma - ketligini yozma ravishda ifodalash. 4. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurish. 5. Хavf - xatarning oldini oluvchi chora - tadbirlarni belgilash.
Topshiriqni yechish uchun ko’rsatmalar:
1. 2.1 – jadval orqali xavf - xatar turi variant bo’yicha yoki o’qituvchi topshiriqi bo’yicha aniqlanadi. 2. Хavfninig sinfini aniqlashda I - chi amaliy mashg’ulotdan foydalaniladi. 3. Хavfning to’liq tavsifi talabaning nazariy bilimlari asosida yoki o’qituvchi ko’rsatmalariga binoan yozma ravishda ifodalanadi. 4. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurish uchun birinchi, ikkinchi, uchinchi punktlardagi ma’lumotlar asosida shakliy ravishda ifodalanadi. 5. Хavf - xatar oldini oluvchi chora tadbirlar uning turiga qarab belgilanadi.