2. Хavflarning guruhlanishi Хavflarni kelib chiqish tabiatiga, sababiga, oqibatiga, zarariga, sohasiga, tuzilishiga va ta’siriga qarab quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: 1. Kelib chiqish tabiatiga ko’raxavflar quyidagilarga bo’linadi: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’liq), ekologik, aralash (ikkita va undan ortiq). 2. Rasmiy standart bo’yicha: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik. 3. Salbiy oqibatlarning yuzaga kelish vaqtiga ko’raxavflar impulsli va kumulyativ (inson organizmida yig’iluvchi) bo’ladi. 4. Olib keluvchi oqibatiga ko’ra: toliqish, kasallanish, jaroxatlanish, xalokat, yong’in, o’lim xavfi va boshqa. 5. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ekologik va boshqa. 6. Lokalizatsiyasi (chegaralanishi) bo’yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’liq bo’lgan xavflar. 7. Kelib chiqish soxasiga ko’ra: turmushga, sportga, yo’l - transportga, ishlab chiqarishga, urushga oid xavflarga bo’linadi. 8. Tuzilishiga ko’raxavflar oddiy va xosila (oddiylarning ta’sirida xosil qilingan) bo’linadi. 9. Insonga ta’sir qilish harakteriga ko’rafaol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi. Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o’zi vujudga keltirishi mumkin. Masalan, o’tkir (sanchiluvchi va kesuvchi) qo’zgalmas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar. Хavflarning baxtsiz xodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjud.