1.1 – jadval. Bir yilda har 1000 ta kishiga to’g’ri kelgan o’lim bilan tugagan baxtsiz xodisalar sonining taqqoslangan ko’rsatgichlari
Davlatlar
MDХ
Garbiy Yevropa
Sharkiy Yevropa
Jami
11
8
12
Baxtsiz xodisadan
1,5
0,5
0,8
%
13,6
6,25
6,6
HFХning asosiy tushunchalari. Хavf – hayot-faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u xodisa, jarayon va ob’yektlarning inson sog’lig’iga to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita ma’lum sharoitda qanday darajada zarar yetkazish qobiliyatini ko’rsatadi, ya’ni ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Taxlilning maqsadiga ko’ra xavfni harakterlovchi belgilar soni ko’payishi yoki kamayishi mumkin. HFХ dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud bo’lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga tortuvchi, xamda faoliyatning xamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir. Har qanday energiyaga, kimyoviy yoki biologik faol tashkil qiluvchilarga ega bo’lgan, hamda parametrlari inson hayot - faoliyat kechirish sharoitlariga to’g’ri kelmaydigan ko’rsatkichlarga ega bo’lgan har qanday tizim xavf tug’diradi. Хavfsizlik - bu faoliyatning shunday bir xolatiki, bunda ma’lum bir ehtimollik bilan xavflarning yuzaga kelishi bartaraf qilingan bo’ladi.