I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə28/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Davlat sanitariya nazorati. Sog’liqni saqlash vazirligi bilan bog’liq bo’lgan sanitariya-epidemologiya xizmatlari orqali amalga oshiradi. Bu nazoratning asosiy vazifasi tashqi muhitni (suv havzalari, tuproq, atmosfera) sanoat chiqindilari bilan ifloslanmasligining oldini olishdan iborat. Shuningdek, korxonalarning sanitariya-gigiyenik xolatini yaxshilash va kasb kasalliklarining kelib chiqmasligi chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati (SEX) xodimlari yangi qurilgan inshoot, korxonalarni qabul qilishda ishtirok etadi, sanoat korxonalarida kasb kasalliklari va zaharlanish xolatlarini tekshiradi va ma’muriyat bilan birga ularni yo’qotish, oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Davlat energetika nazorati. Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ularning asosiy vazifasi elektr va issiqlik uskunalaridan to’g’ri foydalanishni kuzatish va ularning xavfsiz ishlatilishini ta’minlash borasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni kuzatib borishdan iborat. Bu nazorat turi nazorat vazifalarini amalga oshirish, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish va aybdorlarga jazo choralarini belgilash maqsadida nazorat tashkilotlari katta huquqlarga ega.
Jamoat nazorati - kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat turiga kiradi. Bu nazorat turi korxona mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi orqali nazorat ishlarini amalga oshiradi.
Mehnatni muxofaza qilish nazorati-mehnat qonuniyatlari, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi norma va qoidalarining bajarilishini kuzatib boradi sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalarning kelib chiqishini, kasb kasalliklarini kamaytirishni ta’minlovchi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi. Jumladan, ishlab chiqarish jixozlari va qurilmalarining sozlanganligini, ishchilarning maxsus kiyim va shaxsiy muxofaza vositalari bilan ta’minlanganligini, maxsus ovqatlarning o’z vaqtida berib borilishini, sut bilan ta’minlanishini, ish kuchining davom etish soatlarini dam olish kunlari va ta’tilning o’z vaqtida berilishini, tanaffuslar, ayollar va o’smirlar mehnatidan to’g’ri foydalanishni va boshqalarni tekshirishda faol qatnashadi.



Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin