I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


sog’liqni saqlashda inson huquq va manfaatlariga tayanish



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə31/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

sog’liqni saqlashda inson huquq va manfaatlariga tayanish;

  • axolining barcha qatlamlariga sifatli tibbiy yordam ko’rsatish;

  • mehnat qobilyatini yo’qotgan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash;

  • fan va amaliyot birligini takomillashtirish va boshqalar.

    Barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishchi va xizmatchilarning sog’lig’ini muxofaza qilishning asosiy vazifalariga: mehnat jarayonlarini va ish sharoitlarini yaxshilash, ishlovchilarning baxtsiz xodisa va kasb kasalliklariga uchramaslik tadbirlarini yaratishdan iborat. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligning 2000-yil 6-iyuldagi 300-sonli buyrug’iga asosan barcha ish beruvchilar ishchilarni ishga qabul qilishda tibbiy ko’rikdan o’tkazishlari shart deb ta’kidlangan.
    Barcha ishlab chiqarish sohalaridagi mehnat sharoitlarini nazorat qilishda masalan, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining bor-yo’qligi! ularning ishchi-xizmatchitarning sog’lig’iga, hayotiga keltiradigan ta’sirlar’darajasini Davlat sanitariya nazoratining maxsus laboratoriyasida, «Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi’da Davlat standart nazorati ruxsati bo’lgan katta sanoat tarmoqlari, tashkilotlari va boshqa muassasalarning laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
    Respublikada mehnatni muxofaza qilish muammolari bo’yicha ilmiy-tekshirish ishlari Mehnat va axolini ijtimoiy himoya qilish vazirligi qoshidagi «Mehnat muxofazasini normallashtirish» markazida, qator tarmoqlararo ilmiy tekshirish muassasalarida, laboratoriyalarda, oliy o’quv yurtlarining «Mehnat muxofazasi» va «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedralarida amalga oshiriladi.
    Mehnat gigiyenasi va kasb kasalliklarining muammolari «Mehnat gigiyenasi va kasb kasalliklari» ilmiy tekshirish institutida hamda tibbiyot institutlarining «Mehnat muxofazasi va kasb kasalliklari» kafedralarida olib boriladi.


    Ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz xodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishi.
    Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi sanoat sanitariyasi va yong’in xavfsizligi qoida, norma va yo’riqnomalarining buzilishi ishlovchilarning jarohatlanishiga, zaharlanishiga yoki kasb kasalliklariga olib keladi. Jumladan, shikastlanish, inson tanasining teri yoki boshqa qismlariga tashqi ta’sirlar: mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’sirida yuzaga keladigan talafotdir. Masalan, urilishi natijasida organizmning lat yeyishi, teri kesilishi, suyak sinishi, terining kuyishi sovuq urishi, elektr toki urishi va boshqa inson faoliyatining buzilish xol’atlarini aytish mumkin.

    Yüklə 26,51 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   404




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin