Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4 guruhga bo’linadi: (ГОСТ 12.0.003-83 - Xavfli va zararli ishlab chiqarish ko’rsatkichlari tasnifi)
Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4 guruhga bo’linadi: (ГОСТ 12.0.003-83 - Xavfli va zararli ishlab chiqarish ko’rsatkichlari tasnifi): Fizikaviy
Kimyoviy.
Biologik.
Psixofiziologik.
Ishlab chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdorligining pasavishi zaharlanish va kasalliklarning paydo bo’lishi, kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo’qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi. Xavfli va zararli omillarning quyidagi turlari mavjud: Kimyoviy (zaharli moddalarning paydo bo’lishi va ularning inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi). Fizikaviy (shovqin, silkinish, va boshqa turdagi titrashlar nurlanishlar iqlim o’zgarishlari: ob-havo haroratining isishi yoki sovib ketishi)’ atmosfera bosimining o’zgarishi yoritilish darajasi, chang-to’zonlarning ko’tarilishi va boshqalar). Biologik (kasallangan mikro organizmlar, mikrob preparatlari biologik pestitsidlar va boshqalar). Jismoniy (statistik va dinamik) zo’riqish - og’ir yukni olib o’tish inson jismoniy xolatining buzilishi, inson tana a’zolarining katta bosim ostida bo’lishi va boshqalar. Fiziologik (jismoniy harakatlanishning cheklanishi - gipokeniziya) Psixologik (nerv faoliyatining zo’riqishi - aqliy faoliyatni keragidan ortiq ishlatish, his-hayajonning ortib ketishi). Fan va texnika taraqqiyot yutuqlarining keng sur’atlarda mehnat faoliyatida qo’llanilishi inson mehnat faoliyatining hamda ishlab chiqarish muhitining o’zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga bunday mehnat insonning iqtisodiy, sotsial va ilmiy salohiyatining oshishiga hamda uning har tomonlama barkamol rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 2. Inson mehnat faoliyatining turlari. Inson mehnat faoliyati xozirgi vaqtda quyidagi mehnat turlariga bo’linadi: A. Jismoniyfaolliknitalabqiluvchimehnatturi.Bunday mehnat turi, qachonki mehnat vositalari bo’lmagan vaziyatlarda qo’llaniladi. Bunda katta energetik kuch talab qilinadi, ya’ni 17 dan 25 gacha MJ yoki 4000-6000 kkal energiya va undan ortiq. Ushbu mehnat turi taraqqiy etishi bilan birga, birqancha kamchiliklarga ega. Jumladan, mahsulotning oz miqdorda ishlab chiqarilishi, mehnat unumdorligining pastligi, ishchilarning tez toliqishi oqibatida ish kuni 50 foizining dam olishga sarflanishi va boshqalar.