Monotoniya - bu konveyer mehnat shaklidan kelib chiqqan salbiy oqibatlardan biri bo’lib, o’z navbatida, tez-tez toliqishga va asabiylashishga olib keladi. Buning oqibatida ish jarayonida orqaga ketish kuzatiladi, har kungi asabiylashishlarning qaytarilishi oqibatida parishonxotirlik, mehnat faoliyatining sekinlashishi yuzaga kelib, oqibatda ishchi ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
G. Ishlab chiqarish jarayoni (texnologiyani) boshqarish bilan bog’liq bo’lgan mehnat shakli. Inson avtomatlashgan mehnat jarayonida qancha kam ishtirok etsa, uning hissasi shuncha ko’p bo’ladi. Bunga fiziologik nuqtayi nazardan qaralsa, ishlab chiqarish jarayonini boshqarish ikkita asosiy shaklga boiinadi: birinchisida masofadan turib boshqarish, ya’ni ishchidan tez va faol harakatlanishni talab qilsa, ikkinchisi esa kam xollarda harakatlanishni taqozo etadi. Boshqarishning birinchi shaklida ishchi faqat bir operatsiyaga emas, balki boshqa jarayonlarga ham e’tiborini qaratishi talab etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor bo’lib turadi, lekin uning tezligi kamroq bo’ladi.
I. Aqliy mehnat shakli (Intellektual mehnat shakli.). Bu mehnat shakli alohida bir kasb bo’lib, unga ham moddiy ishlab chiqrishga aloqador sifatida qaralmoqda. Masalan: texniklar, muhandislar, dispetcherlar, konstruktorlar, operatorlar, ishlab chiqarishga aloqasi bo’lmagan olimlar, vrachlar, o’qituvchilar, artistlar, rassomlar, yozuvchilar va boshqalar. Aqliy mehnat shundan iboratki, unda turli qismdagi ma’lumotlarning tahlil qilinishi - inson xotirasi va e’tiborining susayishiga olib keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda katta ahamiyat kasb etmaydi va oqibatda bir kunlik quvvat sarfi 10 - 11,7 MJ yoki 2000 -2400 kkal ni tashkil etadi. Aqliy mehnat uchun «gipokeneziya» harakterli hisoblanib, bu nafaqat inson faoliyatining salmoqli darajada pasayishiga, o’z navbatida, inson organizmining buzilishiga va haddan ziyod his-hayajonga berilishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |