Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo’yicha ham o’tkaziladi. Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo’lgan potensial baxtsiz xodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, qurilayotgan yoki loyihalanayotgan bunday korxonalarda aynan o’xshash baxtsiz xodisalarning kelib chiqmasliklarini ta’minlashga harakat qilinadi. Bu usul xulosalari asosida loyhalanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlami o’zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko’riladi.
Mavzuni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan tayanch so’z va iboralar: mehnat intizomi; kompensatsiya; ustama haq; qo’shimcha ta’til - mehnat muxofazasi; baxtsiz xodisa; kasb kasalligi; o’qitishning kirish yo’riqnomasi-o’qitishning ish joyidagi yo’riqnomasi; rejali o’qitish; o’qitishning kundalik yo’riqnomasi; intizomiy javobgarlik; ma’muriy javobgarlik- moddiy javobgarlik; davlat sanitary nazorati; davlat energetika nazorati;
Mustahkamlash uchun savollar: Mehnatni muxofaza qilish qaysi manbalarda ko’rsatilgan?
Qaysi me’yoriy hujjatda mehnat sharoitini yaxshilash masalalari ko’zda tutilgan?
Mehnatni muxofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlarida qanday masalalar rejalashtiriladi?
Ishchilami mehnat muxofazasiga o’qitishda qanday yo’riqnomalar asosida o’qitiladi?
Mehnat xavfsizligi tartib-qoidalarini buzgan shaxslarga qandav javobgarliklar belgilanadi?
Mehnatni muxofaza qilishning qanday davlat nazorat tashkilotlarini bilasiz?
Zararli va zaharli mehnat sharoitida ishiovchilarga qanday imtivozhr belgilangan? Mehnat muxofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz xodisalar necha tuma bo’linadi?