I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə120/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Boshqa kimyoviy moddalar va reaktivlardan to’liq ajratilgan holda kuchli ta’sir etuvchi oksidlovchilar (magniy xlorat, vodorod peroksidi va boshqalar.) saqlanishi lozim.
Mayda taradagi ximikatlarni ochiq turdagi jovon (stellaj) yoki shkaflarda, katta taradagi ximikatlarni taxlamlar holatida saqlash lozim.
Ximikatlarni qadoqlashni maxsus xonada amalga oshirish lozim. To’kilgan yoki sochilgan moddalarni darhol yo’qotib, zararsizlantirish lozim. Qadoqlash materiallarini (qog’oz, paxta, qirindi va h.z) alohida xonada saqlash lozim.
Yong’in chiqqanida eruvchan kimyoviy moddalar saqlanadigan xonalarda eritmani erkin oqib chiqishini chegaralovchi moslamalarni ko’zda tutish lozim (bortchalar, pandusli bo’sag’alar va h.z.).
Ochiq maydonlarda saqlanadigan ximikatlar quyosh nurlarining ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim.
Reaktivlar solingan butil, bochka va barabanlar ochiq maydonlarda guruh bilan, har bir guruhda 100 donadan, guruhlar orasida 1 m dan kam bo’lmagan masofa qoldirilib o’rnatiladi. Har bir guruhda ma’lum bir mahsulot saqlanishi lozim, bu haqda mumkin bo’lgan yong’in o’chirish vositalari ko’rsatilib, tegishli yozuvlar qayd qilinadi. Maydonlar tekislab shibbalanishi va barerlar bilan to’silishi lozim. Reaktiv solingan butillar ochiq maydonda quyosh nurlarining ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim.
Azot va sulfat kislotalarini saqlashda ularni yog’och, somon va boshqa organik moddalarga tegishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi lozim.
Kislotalar saqlanadigan omborlar va bostirma ostida bexosdan to’kilgan kislotalarni yo’qotish uchun tayyor bo’r, ohak va soda eritmasi mavjud bo’lishi lozim. Kislotalar saqlanadigan joy belgilangan bo’lishi lozim.
Stellajlar mustahkam, saqlanayotgan kimyoviy materiallarning eng yuqori yuklamasiga mo’ljallangan bo’lishi lozim.
Uriladigan idishlardagi: banka, butil va boshqa sig’imlardagi kimyoviy materiallar, shuningdek kislota va boshqa oson alangalanuvchi suyuqliklarni stellajlarga (ikkinchi yarusdan yuqorida) joylashtirish man etiladi.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin