I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’minlash asоslari. Reja


Idishda nosozliklar aniqlanganida uni darhol ombordan chiqarib tashlash kerak



Yüklə 26,51 Mb.
səhifə119/404
tarix10.12.2023
ölçüsü26,51 Mb.
#139366
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   404
I bo’lim 1 ma’ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta’min

Idishda nosozliklar aniqlanganida uni darhol ombordan chiqarib tashlash kerak.
Idishlarni yuklash va tushirish ishlari amalga oshirilgan vaqtda idishning shikastlanishiga, zarb tegishiga, balandlikdan tushib ketishiga, ichidagi suyuqliklarning to’kilishiga, moddalarning sochilib ketishiga va shu kabi holatlarning sodir bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Idishga joylashtirilgan kimyoviy moddalarni tashish uchun faqat ishga yaroqli, shu ish uchun jihozlangan, moddalarning xususiyatlariga qarab, yong’inga qarshi inventarlar va neytrallovchi vositalar bilan ta’minlangan transportdan foydalanish mumkin.
Isitish asboblari yaqinida kimyoviy moddalarni joylashtirishga yo’l qo’yilmaydi. Kimyoviy moddalar saqlanadigan stellajlar va shtabellar qizdiruvchi asboblardan kamida 1 metrdan uzoq masofada joylashishi kerak.
Suyuq moddalar bilan to’ldirilgan butillarni faqat savatlarda, yog’och qutilarda yoki boshqa moslashtirilgan maxsus idishlarda saqlashga yo’l qo’yiladi.
Kimyoviy moddalar saqlanadigan ombor xonalarining poli kimyoviy moddalarning ta’siriga chidamli bo’lishi, moddalarni yuvish uchun yuzasi silliq, shuningdek, qiya bo’lishi kerak. Suv oqib tushadigan joylarda oqindi suvlarni neytrallash uchun rezervuar bo’lishi zarur.
Kimyoviy moddalar saqlanadigan xonalar belgilangan me’yorlarga muvofiq, birlamchi yong’in o’chirish vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni (KTZM) faqat amaldagi KTZM sotish, sotib olish, saqlash, hisobga olish va tashish Yo’riqnomasiga qat’iy muvofiqlikda saqlashga ruxsat etiladi.
Kimyoviy moddalar bilan barcha ishlarni ehtiyotkorlik bilan, tiqinlashga zarar yetkazmasdan bajarish lozim. Har bir kimyoviy moddalar idishlarida yozuv yoki uning nomi ko’rsatilgan yorliq bo’lishi lozim.
Suv, havo, yoqilg’i moddalar ta’sir etganda o’z o’zidan yonishga moyil yoki portlovchi aralashmalarni hosil qiluvchi kimyoviy reaktivlar bunday ta’sirlarga, shuningdek o’ta yuqori harorat va mexanik ta’sirlarga to’liq imkon bermaydigan alohida sharoitlarda saqlanishi lozim.

Yüklə 26,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   404




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin