18
1.
Tayyorlanishiga ko„ra, ozuqa muhitlar tabiiy va sun‟iylarga
bo„linadi.
Tabiiy oziqa muhit o‗simlik va hayvon mahsulotlaridan tayyorlanadi. Hozirgi
vaqtda qimmatli mahsulotlar (go‗sht va b.) o‗rnini bosuvchi: suyak va baliq unlari,
oziq-ovqat achitqisi,
quyilgan qon va boshqalar, oziq-ovqat hisoblanmaydiganlar
bilan almashtirish yo‗lga qo‗yilgan.
Shunga qaramasdan, tabiiy mahsulotlardan
tayyorlanadigan oziqa muhitlar tarkibi juda
murakkab va ishlatilayotgan
xomashyoga qarab o‗zgaradi. Bu muhitlardan keng ko‗lamda foydalaniladi. Ular
kimyoviy toza organik va anorganik birikmalardan tayyorlanadi. Sun‘iy muhit ikki
marta distillangan suvda suyultirilgan va aniq ko‗rsatilgan konsentratsiyada
olinadi. Bu muhitlarning
ahamiyatli tomoni shundaki, ularning tarkibi doimo
saqlanadi (ularga aniq, qancha va qanday moddalar kiradi),
shuning uchun bu
muhitlar oson qayta ishlab chiqariladi.
2.
Ozuqa muxitlarining tayyorlanish turiga ko„ra suyuq, qattiq va
sochiluvchan turlarga bo„linadi.
Suyuk ozuk muxitini mikroorganizmlarning
biomassasini va modda
almashinuv maxsulotlarini to‗plash uchun, hujayralarni aktiv holda saklab turish va
ularning fiziologik-biokimyo xususiyatlarini o‗rganish uchun qo‗llaniladi.
Qattiq ozuqa muhiti mikroorganizmlarning toza kulturasini ajratib olish,
alohida joylashgan koloniyalarni olib ularni o‗rganish,
turli substratlarning
mikroflorasini aniqlash,
hujayralar sonini hisoblash, muzeylarda toza kulturalarni
saqlash va ularni zavodlarga yuborish va hokazo uchun ishlatiladi.
Sochiluvchan muhitlar (kepak, eziltirib pishirilgan donlar,
lavlagi turpi,
kunjara, tuproq) turli mikroorganizmlarni va ularni sporalarini saqlash va
ekiladigan materiallarni tayyorlash uchun qo‗llaniladi.
3.
Dostları ilə paylaş: