Odamlar uchun odobiy tarbiya markaziy o‘rinda turadi. U avvalo tabiat va
odamlar mehnatiga odobiy munosabatda bo‘lish bilan belgilanadi.
Uni amalga
oshirish butun maktab zimmasidadir. Jamoa mehnati, sayyohatlar, tirik tabiat
burchagi, maktab o‘quv-tajriba uchastkasida bajariladigan ishlar jarayonida odobiy
dunyoqarash shakllantiriladi.
Sayyohatlar paytida gerbariy uchun juda ko‘plab o‘simliklarni uzmaslik «Qizil
kitob” ga kiritilgan o‘simliklardan foydalanmaslik guldasta uchun ko‘plab
gullar
uzmaslikni tushuntirish odobiy tarbiya asosidir. Tabiatni muhofaza qilish, uning
boyliklarini ko‘paytirish mana shu ishlardan boshlanadi.
Maʼlumki, keyingi yillarda odamning tabiatga taʼsiri misli ko‘rilmagan
darajada yuqori bo‘lmoqda. Shunday paytda jamiyat hayoti tabiat bilan bog‘liqligini,
tabiatdagi borliqni, uning go‘zallik¬larini
saqlab qolib, ko‘paytirishga hissa
qo‘shadigan, kelgusi avlodga yetkazish uchun maʼsuliyat sezadigan, har tomonlama
rivojini topgan. Foydali qazilmalarni muhofaza qilish va mamlakatimiz tabiatining
xilma-xilligi mavzulari. Bolalarning kompleks tarbiyasi tizimida vatanparvarlik
tarbiyasi ham muhim o‘rin tutadi. Mazkur tarbiyani atrof-tabiatni o‘rganish bilan
boshlanadi. Bolaligi o‘tgan, tabiat bilan doimo oshno bo‘lgan jonajon o‘lkasi,
qishlog‘i, shahri har bir kishining Vatanidir.
O‘qituvchi tabiatshunoslik darslarini o‘tkazar ekan, keng, bepoyon
Vatanimizning go‘zal go‘shalari,
qir-adirlari, ko‘rkam sarhadlari, osmon o‘par
binolari, ulkan inshootlari, viqorli tog‘lari, sho‘x daryolari,
sersharbat mevali
bog‘lari haqida o‘z hikoyasi bilan bolalarda vatanparvarlik tuyg‘ularini
shakllantirilishi lozim. Shuningdek xalqimizning katta bunyodkorlik faoliyatini,
tabiat bilan bog‘liq ulkan ishlarini, vatanimiz ravnaqi yulida amalga oshirilayotgan
buyuk ishlar, buyuk shaxslar faoliyatlari haqida boy materiallar mazmunini ocha
bilishi darkor.
Shu o‘rinda respublika Prezidenti I.Karimovning «Shu aziz Vatan barchamizniki”
asari yuzasidan qiziqarli maʼlumotlarni keltirishi yoki kerakli dalillarni o‘qib berishi
joizdir. Shu kabi atoqli shoir Hamid Olimjonning Ona yer, Ona-Vatanini ardoqlagan
holda hayajonli so‘zlari «O‘lsam ayrilmasman quchog‘laringdan” so‘zlari
mazmunini ochib berishi lozim.
Xalq qahramonlari - Alpomish va Jaloliddin Manguberdi faoliyatidan lavhalar
bayon etiladi. Bolalar tabiatta muhabbat ruhida tarbiyalashni erta yoshidan boshlash
kerak. Chunki unda jonajon tabiat, o‘lkaga ko‘ngil qo‘yish o‘sib boradi. Bolalikda
tug‘ilgan bu hissiyot yoshlik yillarida o‘sib boradi, bunga esa tabiatshunoslik
bilimlari yordam beradi.
«Baliqqa - suv,
qushga - havo, darrandaga - o‘rmon, cho‘l, tog‘lar kerak.
Insonga esa Vatan va tabiatni muhofaza qilish - demak. Vatanni himoya qilish
kerak” degan edi buyuk tabiatshunos M.Prishvin.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda 13 ta qo‘riqxona mavjud. Hozirgi paytda noyob
o‘simliklar, hayvonlar, minerallar, shuningdek, suv, havo, odam atrofidagi barcha
tabiiy muhit muhofaza qilish obʼektlaridir.
Maʼlumki, maktab ishlab chiqarish tarmoqlari haqida tasavvurlar berish,
bilim
asoslarini shakllantirishi, kasbga yunaltirishi va amaliy faoliyatga tayyorlash uchun
zarur amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni singdirishi kerak.
Tabiatshunoslikka doir mashg‘ulotlarda, tirik tabiat burchagida, maktab oldi
uchastkasida o‘tkaziladigan amaliy ishlar jarayonida o‘quvchilar oddiy qurollar,
qishloq xujalik asboblarini ishlata olish, kuzatish va tajriba ishlari bo‘yicha amaliy
o‘quv hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Maktab oldi uchastkalarida qishloq
xujalik ishlarini bajarib, ommaviy ishlarni
bajarib mehnat qiladilar. Bu jarayonda hosil bo‘lgan bilimlarni keyinchalik turli xil
amaliy ishlarni bajarish uchun o‘quvlari rivojlanadi. Masalan, «Yashil potrullar”
qishloq xujalik zararkunandalarni paydo bo‘lishini kuzatadilar, o‘z bilimlarini
kengaytiradilar va nihoyat ularga qarshi o‘quv shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: