I.O’QUV MATERIALLARI
I.1 MA’RUZA MASHG’ULOTLARI.
1-Mavzu: Tabiatshunoslik o’qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy
faolligi, ma’naviy-ahloqiy sifatlari, g’oyaviy-siyosiy yetukligi) ga qo’yiladigan
talablar. O’qituvchining tayyorgarligi.
Reja:
1.1 Ta’limning yordamchi shakllari
1.2 An’anaviy metodlarning afzalliklari
1.3 O`quvchilar miqdoriga ko`ra ta`limning tashkiliy shakllari.
1.4 Tabiatshunoslikni o‘rganish jarayonida bolalarni ilmiy dunyoqarashini
shakllantirish asosida tarbiyalash.
Asosiy tushunchalar
.
Tabiatshunoslik, pedagogika, tabiiy fanlar,
metodika,
kuzatish metdi, pedagogik texnologiya, metod, tabbiy fanlar, sharq olimlari.
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi o‘z mazmun va mohiyatiga ko'ra maktab
o‘quvchilariga tabiatshunoslik bilimlarini berish bilan birga ulaming har tomonlama
tarbiyalash ishlariga o‘z hissasini qo‘shadigan fan hisoblanadi. Shu nuqtayi
nazardan u pedagogika
fanlari tarkibiga kirib, asosiy predmeti boshlang‘ich
sinflarda o‘ rganiladigan tabiatshunoslik kursi hisoblanadi. Zero, bu fan ta’im-
tarbiyaning o’ziga xos mazmuni va metodlarini belgilab beradi.
Tabiatshunoslik о‘qitish metodikasi - tabiatshunoslikni о‘qitishda bolalarni
har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib bemvchi pedagogik
fandir.
U
pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z fanini o‘qitish mazmuni
hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
Maqsadi
- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bugungi
kun talablari asosida
yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo‘llab, yosh avlodga
tabiatshunoslik fanini o‘rgatishga tayyorlashdir.
Vazifasi
-
o‘quv
fani
sifatida
tabiatshunoslik
mazmunini
aniqlash,o‘qitishning metod
va uslublarini tadqiq etish, zarur o‘quv jihozlarini
tayyorlashdan iborat.
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi tabiatshunoslikni o ‘qitishda bolalarni
har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik
fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o ‘z
predmetini o
‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan
foydalanadi.
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil
etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, etarlicha o‘ylab chiqilmagan,
shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli
bo‘la olmaydi.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga
tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish).
Tashxis
Unda o‘quvchilarning:
- imkoniyatlari,
- faoliyatlari va xulqlari,
- motivlari,
- talab va layoqatlari,
- qiziqish va qobiliyatlari,
- bilimdonlik darajasi,
- o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati,
- dars tuzilishi,
- yangi axborotni o‘zlashtirish,
- mustahkamlash va
tizimlashtirish,
- bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar
namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash
bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va
ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.