O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ORIENTAL UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI 60110100-Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 2.6-guruh talabasi Shaxidova Diyoraning << o‘smirlik davrida ijodiy qobiliyatning shakillanishi>> mavzusida KURS ISHI
Talaba: _____________________
Ilmiy rahbar: _____________________
“Himoyga tavsiya etilsin”
“Pedagogika va psixologiya”kafedra mudiri:
dots. F.O.Egamberdiyev
Kirish Mavzuningdolzarbligi. Istiqlolga erishgan O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xalqimizning xayoti, davlatimizning siyosiy faoliyatida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik bois, xalqimiz o‘zining buyuk kelajagini yaratmoqda. Uni yaratishda ulug‘ ajdodlarimiz – buyuk pedagog –faylasuflar, din arboblari, mutasavvif donishmandlar, ulug‘ allomalarning ta’limotlarini o‘rganish sari yo‘l ochildi. Asrlar mobaynida xalqimiz saqlab kelayotgan milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ilmiy tadqiq qilib rivojlantirishga yangi imkoniyatlar yaratildi.
Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko‘p jihatdan uning intellektual potensiali bilan belgilanadi. Chunki, ilmiy potensiali yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg‘or bo‘ladi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaginidek, Vatanimiz kelajagi islohatlarning taqdiri va ularning natijalari, xalqimizning bilim darajasi davr talabiga va tarraqqiyotiga qanchalik mosligiga, qanday mutaxassislar yetkazib berib, o‘rnimizni egallashlariga bog‘liqdir. Shuning uchun mamlakatimiz rahbariyati ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga katta e’tibor qaratayapti. Shunga ko‘ra, yuqori malakali kadrlar tayyorlash davlat siyosati darajasidaga ko‘tarilmoqda.
Yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun ta’lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishning o‘ziga xos talablari mavjud:
Birinchidan, o‘quvchi-talabalarning kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi davlat tarmoq ta’lim standartlari talablariga mosligini ta’minlash.
Ikkinchidan, o‘quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faolligini davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalari doirasini to‘liq qamrab olishga erishish.
Shuningdek, davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalari doirasidan tashqari fundamental va axborot texnalogiyalariga doir bilimlarni o‘zlashtirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish bilan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash shartlari hisoblanadi.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish tamoyillaridan biri, ta’limning ustuvorligi – uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzidir.
“Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs- fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi ruyobga chiqariladi.Ma’naviy qadriyatlarimiz rivojiga katta e’tibor berilayotganligining sababini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagicha izoxlaganligi diqqatga sazovordir: «Biz musulmon dini xaqida gapirganda avvalo, Allox va Uning Rasulini, o‘zimizga ruxan yaqin bo‘lgan ulug‘ allomalarimiz, ulug‘ imomlarimizni tasavvur qilamiz. Mana shu qutlug‘ zaminimizda tug‘ilib voyaga yetgan, muborak nomlarini butun islom dunyosi cheksiz xurmat bilan tilga oladigan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Baxouddin Naqshband, Axmad Yassaviy, Abdulxoliq g‘ijduvoniy, Zamaxshariy kabi piru komillarimizni nazarda tutamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar davlat siyosatining asosi va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Milliy qadriyatlarni, urf- odatlarni, tarixiy, madaniy, ma’rifiy merosni tiklash ulug‘ mutafakkirlarimizning ta’limotlarini o‘rganish, pedagogik ilmiy-nazariy jixatdan taxlil qilish, shu asosda tug‘ilgan fikr va muloxazalarni yosh avlod ongiga singdirish, yurtimizda ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun dunyoviy ta’lim yutuqlarini baxolash bilan birga ma’naviyat olamining muqaddas kitobi va risolalari, tasavvuf namoyandalari asarlaridan keng foydalanish lozim (Karimov I.A. Biz kelajagimizni ыz =ыlimiz bilan =uramiz. T.7. –T.: Ыzbekiston. 1999. -349- 354 b.)