Mavzu: Uzluksiz ta’limda o‘smirlar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari



Yüklə 97,17 Kb.
səhifə3/12
tarix11.11.2023
ölçüsü97,17 Kb.
#131908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Shaxidova Diyora o‘smirlik davrida ijodiy qobiliyatning shakillanishi

Kurs ishining metodologik asosi.


Barkamol-ijodkor shaxsni shakllantirishning metodologiyasi bu kadrlar tayyorlash milliy modeli asosiy tushuncha va tamoyillarini talqin qilish, ularni amaliyotga tadbiq qilish jarayonlarini ilmiy o‘rganish, o‘zgartirish uslublari majmuasi, degan ta’rif paydo bo‘ladi. Bu bilan metodologiya tushunchasiga xos bo‘lib kelgan nazariylik amaliylik bilan bog‘lanadi. Shuningdek,
Sharq mutafakkirlarining shaxsini shakllantirish haqidagi falsafiy ta’limotlari, axloqiy qarashlari, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, pedagogika va psixologiya sohasidagi ilg‘or tajribalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov asarlari va shu asosida yaratilgan ko‘plab monografik tadqiqotlar metodologik asos bo‘ldi. Bundan tashqari tarbiya psixologiyasi muammosi yechimida ijtimoiy muhitni ahamiyatiga bag‘ishlangan (bu o‘rinda ijtimoiy institutlar ko‘zda tutiladi) qarorlari, farmon va farmoyishlar, me’yoriy xujjatlar ham ilmiy tadqiqot ishiga asosiy manbaa bo‘lib xizmat qildi.

Kurs ishining quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:


  • Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy falsafiy, psixologik –pedagogik, tarixiy adabiyotlar, o‘quv metodik qo‘llanmalarni ilmiy psixologik-pedagogik jihatdan taxlil etish:

  • Kurs ishi mavzusi bo‘yicha respondentlar o‘rtasida suhbat va so‘rovnomalarni tashkil etish:

  • Matematik –statistik tahlil va tadqiqot natijalarini umumlashtirish.

Kurs ishining ilmiy yangiligi.


Tarbiya psixologiyasi yechimida ijtimoiy institutlar faoliyatida yoshlarda zaruriy xulq-atvor va odatni shakllantirish ilmiy- pedagogik muammo sifatida asoslandi, ijtimoiy muhit, ijtimoiy institut tushunchalari izohlandi, ularning rivojlanish tarixi o‘rganildi, rivojlanish darajalarini belgilovchi mezonar aniqlandi va omillari ilmiy jihatdan bir tizimga keltirildi. Tadqiqot natijalari asosida, yoshlarda ijodiy qobiliyat va intelektual saloxiyatni shakllantirish yuzasidan ilmiy- psixologik va metodik tavsiyalar o‘smirlarning psixik rivojlanishidagi ijtimoiy
ta’sirlarning ta’lim tarbiyaviy samaradorligini oshirish imkonini beradi. Tadqiqot ishida olg‘a surilgan fikr- mulohazalar ular o‘rtasida ta’lim-tarbiyaviy ishlarda dasturul amal bo‘lib, yoshlar faoliyati mehanizmini ishlab chiqishda muhim ko‘llanma sifatida xizmat qiladi.

Yüklə 97,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin