rivojlantirish uchun boy material beradi. O‘quvchilarni odam mehnati - uning
jismoniy, maʼnaviy sog‘ligini manbasi ekanligiga ishontirib, o‘qituvchi mehnatta
muhabbatni, mehnat ahlini hurmat qilish ruhida tarbiyalaydi.
Tabiatshunoslik darslari asosida o‘quvchilar berilgan bilimlarni
faqat esda qolish
emas, balki ishonchga aylantiriladi. Ishonch, eʼtiqod esa hayotiy ishlarning amalga
oshirilishining asosiy shartidir.
Belgilangan vazifalarni hal bo‘lishida mashg‘ulotlar jarayonida ko‘rgazmali
vositalardan, ekran qo‘llanmalari, matbuot materiallaridan foydalaniladi, mehnat
vatanparvari, paxtakor, chorvadorlarga (oid) mehnat
natijalariga va statistik
maʼlumotlarga doir stendlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Tabiatga oid tushunchalarni shakllanishi murakkab fikrlash jarayoni natijasidir. Bu
jarayonni boshqara turib o‘qituvchi o‘quvchilarga tabiat sirlarini yorqin misollar
bilan ochib beradi. Moddiy dunyoqarash asoslarini singdiradi. Moddalarning (qum,
loy, foydali qazilmalar, suv) xususiyatlari bilan tanishtirilib, amaliy mashg‘ulot
o‘tkazish orqali insonning tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan
faoliyati tushuntirib
boriladi.
Shuningdek, dunyodagi borliq, biologik hodisalar orasida bog‘la-nishlar
mavjudligini yorqin misollar orqali oddiy tushunchalar hosil qilinishi lozim.
Natijada o‘quvchilar tabiat - bir butun jism va hodisalar bir-biri bilan uzviy aloqada
bir-biriga bog‘liq, borliq doimo harakatda, ular o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanadi
degan tushunchalar mohiyatini ochib berish lozim.
Bolalar uchun eng aniq aloqalar tushunarli bo‘ladi. Masalan, 1-2 sinf
o‘quvchilari tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatib, kuz va qishdagi hodisalar
sovush, bahordagilar esa ob-havoning ilishi bilan bog‘liqligini payqaydilar. 3-4 sinf
o‘quvchilari esa kuzatib, tabiatning ayrim elementlari orasida bog‘lanishlar borligini
payqaydilar: ular havo haroratini nima uchun o‘zgarishini, nima uchun kun bilan
tun, yil fasllarining almashinishini va boshqalarini bilib oladilar. Inson mehnat,
xo‘jalik faoliyati, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi
bilan tanishish bolalarda
(katta) qiziqarli manzaralarni ochib beradi.
Tabiatshunoslikni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda o‘simlik va hayvonot
dunyosi to‘g‘risida moddiy tushunchalarni shakllantirib borishga, amaliy ishlarni
bajarish, tajriba, kuzatishlar, sayyohatlar o‘tkazish
jarayonida ularni yana ham
oydinlashtirishga erishiladi.
«Tabiatda suv” mavzusi orqali, o‘quvchilar suvning bir holatidan ikkinchi holatta
o‘tishini, bu haroratning taʼsiri ekanligini aks ettiruvchi tajriba orqali tabiat uzluksiz
harakat va o‘zgarishda, yangilanishda ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Dostları ilə paylaş: