I. O’quv materiallari I. 1 Ma’ruza mashg’ulotlari


Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida odobiy va ekologik tarbiya berish



Yüklə 138,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix10.12.2023
ölçüsü138,29 Kb.
#139216
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
MA\'RUZA 1

 
Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida odobiy va ekologik tarbiya berish. 


Odamlar uchun odobiy tarbiya markaziy o‘rinda turadi. U avvalo tabiat va 
odamlar mehnatiga odobiy munosabatda bo‘lish bilan belgilanadi. Uni amalga 
oshirish butun maktab zimmasidadir. Jamoa mehnati, sayyohatlar, tirik tabiat 
burchagi, maktab o‘quv-tajriba uchastkasida bajariladigan ishlar jarayonida odobiy 
dunyoqarash shakllantiriladi. 
Sayyohatlar paytida gerbariy uchun juda ko‘plab o‘simliklarni uzmaslik «Qizil 
kitob” ga kiritilgan o‘simliklardan foydalanmaslik guldasta uchun ko‘plab gullar 
uzmaslikni tushuntirish odobiy tarbiya asosidir. Tabiatni muhofaza qilish, uning 
boyliklarini ko‘paytirish mana shu ishlardan boshlanadi. 
Maʼlumki, keyingi yillarda odamning tabiatga taʼsiri misli ko‘rilmagan 
darajada yuqori bo‘lmoqda. Shunday paytda jamiyat hayoti tabiat bilan bog‘liqligini, 
tabiatdagi borliqni, uning go‘zallik¬larini saqlab qolib, ko‘paytirishga hissa 
qo‘shadigan, kelgusi avlodga yetkazish uchun maʼsuliyat sezadigan, har tomonlama 
rivojini topgan. Foydali qazilmalarni muhofaza qilish va mamlakatimiz tabiatining 
xilma-xilligi mavzulari. Bolalarning kompleks tarbiyasi tizimida vatanparvarlik 
tarbiyasi ham muhim o‘rin tutadi. Mazkur tarbiyani atrof-tabiatni o‘rganish bilan 
boshlanadi. Bolaligi o‘tgan, tabiat bilan doimo oshno bo‘lgan jonajon o‘lkasi, 
qishlog‘i, shahri har bir kishining Vatanidir. 
O‘qituvchi tabiatshunoslik darslarini o‘tkazar ekan, keng, bepoyon 
Vatanimizning go‘zal go‘shalari, qir-adirlari, ko‘rkam sarhadlari, osmon o‘par 
binolari, ulkan inshootlari, viqorli tog‘lari, sho‘x daryolari, sersharbat mevali 
bog‘lari haqida o‘z hikoyasi bilan bolalarda vatanparvarlik tuyg‘ularini 
shakllantirilishi lozim. Shuningdek xalqimizning katta bunyodkorlik faoliyatini, 
tabiat bilan bog‘liq ulkan ishlarini, vatanimiz ravnaqi yulida amalga oshirilayotgan 
buyuk ishlar, buyuk shaxslar faoliyatlari haqida boy materiallar mazmunini ocha 
bilishi darkor.
Shu o‘rinda respublika Prezidenti I.Karimovning «Shu aziz Vatan barchamizniki” 
asari yuzasidan qiziqarli maʼlumotlarni keltirishi yoki kerakli dalillarni o‘qib berishi 
joizdir. Shu kabi atoqli shoir Hamid Olimjonning Ona yer, Ona-Vatanini ardoqlagan 
holda hayajonli so‘zlari «O‘lsam ayrilmasman quchog‘laringdan” so‘zlari 
mazmunini ochib berishi lozim. 
Xalq qahramonlari - Alpomish va Jaloliddin Manguberdi faoliyatidan lavhalar 
bayon etiladi. Bolalar tabiatta muhabbat ruhida tarbiyalashni erta yoshidan boshlash 
kerak. Chunki unda jonajon tabiat, o‘lkaga ko‘ngil qo‘yish o‘sib boradi. Bolalikda 
tug‘ilgan bu hissiyot yoshlik yillarida o‘sib boradi, bunga esa tabiatshunoslik 
bilimlari yordam beradi. 
«Baliqqa - suv, qushga - havo, darrandaga - o‘rmon, cho‘l, tog‘lar kerak. 
Insonga esa Vatan va tabiatni muhofaza qilish - demak. Vatanni himoya qilish 
kerak” degan edi buyuk tabiatshunos M.Prishvin. 


Hozirgi paytda O‘zbekistonda 13 ta qo‘riqxona mavjud. Hozirgi paytda noyob 
o‘simliklar, hayvonlar, minerallar, shuningdek, suv, havo, odam atrofidagi barcha 
tabiiy muhit muhofaza qilish obʼektlaridir. 
Maʼlumki, maktab ishlab chiqarish tarmoqlari haqida tasavvurlar berish, bilim 
asoslarini shakllantirishi, kasbga yunaltirishi va amaliy faoliyatga tayyorlash uchun 
zarur amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni singdirishi kerak. 
Tabiatshunoslikka doir mashg‘ulotlarda, tirik tabiat burchagida, maktab oldi 
uchastkasida o‘tkaziladigan amaliy ishlar jarayonida o‘quvchilar oddiy qurollar, 
qishloq xujalik asboblarini ishlata olish, kuzatish va tajriba ishlari bo‘yicha amaliy 
o‘quv hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 
Maktab oldi uchastkalarida qishloq xujalik ishlarini bajarib, ommaviy ishlarni 
bajarib mehnat qiladilar. Bu jarayonda hosil bo‘lgan bilimlarni keyinchalik turli xil 
amaliy ishlarni bajarish uchun o‘quvlari rivojlanadi. Masalan, «Yashil potrullar” 
qishloq xujalik zararkunandalarni paydo bo‘lishini kuzatadilar, o‘z bilimlarini 
kengaytiradilar va nihoyat ularga qarshi o‘quv shakllanadi. 

Yüklə 138,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin