I. O’quv materiallari I. 1 Ma’ruza mashg’ulotlari



Yüklə 138,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix10.12.2023
ölçüsü138,29 Kb.
#139216
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
MA\'RUZA 1

Psixologik kuzatish. 
Psixologik ko‘zatish, pedagogik ko‘zatishga yaqin bo‘lib, unga bog‘liq holda 
amalga oshiriladi. Bu usul yordamida o‘quvchilarda sodir buladigan psixik 
jarayonlarning har xil tomonlari (qiziqish, diqqat, kuzatuvchanlik, faollik, onglilik, 
xotira kabilar) kuzatiladi. Psixologik ko‘zatish pedagogik ko‘zatish kabi 
tabiatshunoslik darslarida va sinfdan tashqari ishlarda (o‘quvchilar bilan guruhiy va 
yakka suhbatlar o‘tkazilayotganda tabiat hodisalari ustidan tajribalar quyilayotganda 
va ularning natijalari tekshirilayotganda) bajarilishi mumkin. 
Pedagogik va psixologik kuzatishlar davomida tekshiruvchi barcha ko‘zga 
tashlangan hodisalarni (faktlarni) izchillik bilan qayd qilib borishi va ularni tahlil 
qilishi va nihoyat tegishli mantiqiy xulosalar chiqarilishi kerak. 
Pedagogik eksperiment. 
Pedagogik eksperimentning ko‘zatish usulidan farqi shuki, bunda o‘qitish 
jarayoniga ilgariga nisbatan uni yaxshilashga qaratilgan ayrim o‘zgarishlar kiritiladi. 
O‘qitish jarayoniga kiritiladigan har qanday yangiliklar oldindan qatʼiy uylangan 
bo‘lishi kerak, toki ular o‘quvchilarning bilimini ongli va puxta o‘zlashtirib 
olishlariga zarar keltirmasin. 
O‘qitish jarayoniga (masalan, o‘quv materialining mazmuniga yoki o‘qitish usuli va 
uslublariga) kiritiladigan o‘zgarishlarning maqsadga muvofiqligini aniqlash, yaʼni 
pedagogik eksperiment natijalarini bilish maqsadida tajriba o‘tkazilayotgan 
(eksperiment) sinfga qushimcha qilib o‘qitish odatdagi sharoitda olib boriladigan 
nazorat uchun sinf ajratiladi. Bu tajriba sinfdagi o‘qitishning natijalari taqqoslash 
uchun kerak. 
Pedagogik eksperiment usuli bilan faqat kichik bir uslubiy ishlar tekshiriladi. 
Masalan: dastur va darslik masalalari o‘quvchilarga tushunarlimi yoki yuqmi, darsda 
qullaniladigan yangi usul va uslublarning yoki muqobil darsliklarning afzalligini 
aniqlash va shu kabi muammolarni pedagogik eksperiment uchun tanlab olish 
mumkin. 
Tajriba va nazorat sinflarda o‘qitish natijalarini aniqlash uchun o‘quvchilarning 
darsda bergan javoblarini hisobga olish bilan birga yozma nazorat ishlari ham 
o‘tkaziladi. O‘quvchilarning hosil qilgan kunikmalarini tekshirish uchun esa 
o‘quvchilarning kichik guruhi bilan amaliy ishlar o‘tkazish kerak bo‘ladi. 
Agar pedagogik eksperimentni tadqiqotchi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunda 
o‘qitishni uning o‘zi olib borishi kerak. Tadqiqotchi baʼzan dars beruvchi o‘qituvchi 
bilan hamkorlikda eksperiment qo‘yishi ham mumkin. 
Olingan xulosalarni amaliyotda sinab kuriladi. Bunda turli tadqiqot metodlari, 
ayniqsa pedagogik va psixologik ko‘zatishlar, tajribalar vositasida olingan uslubiy 


xulosalar, ularning yana ham ishonchli bo‘lishi uchun amaliyotda sinaladi. Bunda 
xulosalarning qanchalik maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Tayyorlangan uslubiy 
tavsiyalar ommaviy amaliyotga taqdim qilinadi. 

Yüklə 138,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin