Uchinchidan iqtisodiy kadrlarga qo‘yiladigan talablardan (ularning kasbiy
maxorati, bilimdonligi, tadbirkorligi, bashorat qila bilishligi va hokazolar) kelib
chiqadigan omillar. Keltirilgan fazilatlar ichki savdo iqtisodiyoti fanini o‘rganishda
shakllanib boradi.
Bu omillardan kelib chiqib, ichki savdo iqtisodiyoti fanining asosiy
vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin.
Ichki savdo iqtisodiyoti fanining asosiy vazifalari:
- iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni o‘lchov birliklari, ko‘rsatkichlari va
kriteriyalari (baholash mezonlari) aniqlash usullarini o‘rganish;
- savdo xo‘jalik mexanizmini o‘rganish, baholash, kelajakka bashorat qilish;
- bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarni savdo korxonalari faoliyatini tahlil qilish,
rejalashtirish, kelajagini bashorat qilish usullari bilan qurollantirish;
- barcha turdagi savdo korxonalarining rivojlanish tendensiyalari va
qonuniyatlarini aniqlash, takliflar berish;
- savdo korxonalarida birlashtirilgan omillardan (yer, kapital, mehnat,
tadbirkorlik) samarali foydalanish yo‘llarni belgilash.
1.4. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining usullari.
Іar qanday ilmiy fan o‘rganadigan predmetdan kelib chiqib, o‘z usullarini
www.sies.uz
Page 17 of 356
(metodlarini) yaratgan. Metod grekcha «methodos» so‘zidan olingan bo‘lib,
to‘g‘ridan to‘g‘ri «Biron narsaga yo‘l topish» ma’nosini bildiradi. o‘zbek tilida
metod so‘zi usul ma’nosiga to‘g‘ri keladi.
Fan usuli (metodi) deganda tabiat va jamiyatda sodir bo‘layotgan
xodisalar va jarayonlarni bilish, o‘rganish va tadqiq qilish uchun fanda
qo‘llaniladigan vositalar majmuasi tushuniladi.
Usul – bizning fikrimizcha, jamiyat sirlarini ob’ektiv fikrlash, nazariy
mushoxada qilish va amaliyotga joriy etish vositalari sifatida qaralishi mumkun.
Usul, falsafiy ma’noda qaralsa, fan o‘rganadigan predmetni inson fikrida
nusxalanishi yoki shakllanishini bildirib, ularni o‘rganish quroli sifatida qaraladi.
Ongli ravishda, ilmiy asoslangan fan usularini qo‘llash, har bir fan uchun
yangiliklar yaratish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Qadimgi islom dunyosida olimlar tabiat va jamiyatni rivojlanishini,
tafakkurni takomillashtirishni o‘rganishda «Rivojlanish-shakllanish» nazaryasini
ishlatishgan. Ushbu nazariya asosida fikr yuritishni «Olloh-inson-modda-vaqt-
iqtisodiy ravnaq» usuli ishlatilgan. Shu bilan birga, bilish jarayoninig rivojlanishi
asosida ilmiy fikr yuritishning umumiy usullari ham yaratilgan. Ular qatoriga
dealektika, induksiya, deduksiya, analiz va sintez kabilar kiradi.
Keltirilgan usullarni qisqacha mazmunini yoritib o‘tamiz.
Bobolarimiz ishlatgan «Rivojlanish - shakllanish» nazariyasi, Ollohning
yaratuvchanligi, uning birlamchiligini asoslab, keyin inson – modda – vaqt –
iqtisodiy ravnaqqa qarab rivojlanish amalga oshishini asoslaydigan fikr yuritish
usulidir.
Dialektika-grekcha «diaiektike» so‘zidan kelib chiqib, tabiat, jamiyat va
tafakurning umumiy qonunlarini o‘rganish usuli sifatida vujudga kelgan.
Єadimiy falsafa tabiatda va jamiyatda butun borliq o‘zgaruvchanligini
asoslagan, hodisalar, jarayonlarning bir holatdan ikkinchi qarama-qarshi holatga
o‘tishini isbotlagan. Aristotel dialektikani ehtimol fikrlarni isbotlash to‘g‘risidagi
fan deb qaragan. Butun borliq, mavjudodni har biri ham bor, ham yo‘q; o‘zi o‘ziga
teng va teng emas; o‘ziga o‘xshaydi va o‘zidan qarama qarshi holatga o‘tadi.
www.sies.uz
Page 18 of 356
Shuning uchun ham borliq to‘la qarama-qarshilikdan iborat, yagona va ko‘p; mangu
va o‘tuvchan; o‘zgarmas va o‘rgaruvchan; tinch holatda va harakatda; o‘ziga
o‘xshaydi va o‘zidan qarama – qarshi holatga o‘tadi. Bu jarayonlarni o‘rganish usuli
sifatida dealektika vujudga kelgan.
Dialektika – oddiy mushohadadan abstrakt fikrlash, undan amaliyotga o‘tishni
bildiradi.
Aslida, tarixda dialektika – tortishuv o‘tkazish qobiliyati, ya’ni savol – javob
orqali tortishuv o‘tkazish qobiliyati hamda narsalar, tushunchalarni shakllar va
turlarga tasniflash mahorati deb tushunilgan.
Shunday qilib falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurini o‘rganish usuliga
dialektika deb tushuniladi.
Iqtisodiy reallik ham butun jamiyatdagi borliqning bir qismidir.
Shuning uchun, iqtisodiy reallikda sodir bo‘layotgan hodisalar va jarayonlarni
o‘rganishda barcha iqtisodiy fanlar, shu jumladan Ichki savdo iqtisodiyoti fani ham
dialektika usulidan keng foydalanadi.
Induksiya lotincha «induktio» so‘zidan olingan bo‘lib, xabar olish ma’nosini
bildiradi. Fikr yuritishning bir turi bo‘lib, tadqiq qilish usulidir. Umuman,
induksiya tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiy miqdordan, ayrim
voqelikdan umumiylikka o‘tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarning tahlil qilishda
umumiy nazorat bilimga ega bo‘lish uchun uning alohida tomonlari, emperik
asoslari o‘rganilib, xulosa qilinadi.
Deduksiya lotincha «dedukctio» so‘zidan olinib so‘zma – so‘z «chiqarish»
ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni bir turi va tadqiq
qilish usuli bo‘lib, induksiya usulining teskarisini anglatadi. Deduksiya usuli
ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib
boriladi.
Induksiya va deduksiya mantiqiy fikr yuritishga asoslangan. Iqtisodiy
tadqiqotlar o‘tkazilishidan ayrim belgilarni tahlil qilib, uning asosida umumiy
jarayonga baho berish yoki uning teskari hollari yuz berishiga ko‘p to‘qnashamiz.
Analiz va sintez grekcha «analysis» va «syntesis» so‘zidan olingan bo‘lib
www.sies.uz
Page 19 of 356
analiz – bo‘lish va ajratish, sintez – muvofiqlik, munosiblik ma’nosini bildiradi.
Analiz va sintez tadqiqot usuli bo‘lib, umumiy mazmuni yaxlitlikni alohida tarkibiy
bo‘limlarga (xususiylikka) ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo‘limlardan
umumiylikni yaratish jarayoni tushuniladi. Bular ham tadqiqotni mantiqiy
usullaridandir. Iqtisodiy amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos
bo‘lib, «Iqtisodiy tahlil nazariyasi», «Xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili» degan
fanlarning mavjudligi hisoblanadi. Ichki savdo iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida
yuqorida keltirilgan falsafaning usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko‘p
arsenalli usul va uslublarni o‘z predmetini o‘rganishda ishlatadi. Ular qatoriga
solishtirish, guruxlash, indeks, zanjirli bog‘lash, balansli bog‘lash, grafiklar,
iqtisodiy matetmatik va boshqalarini kiritish mumkin. Tabiiy yo‘naltirilishi bo‘yicha
bu usul va uslublar iqtisodiy jarayon va xodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqot
o‘tkazish, prognozlash rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir qator alomatlari
bo‘yicha bu usullar son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, eksprement o‘tkazish,
sistemali tahlil, modellashtirish, ekstropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga
bo‘linadi. Shular bilan bir qatorda statistik, matematik, bashorat (gipoteza),
monografik, ekspert usullari keng ishlatiladi.
Tayanch iboralar: jamiyat, iqtisodiyot, fan, moddiy borliq, ob’ekt, predmet, usul.
Dostları ilə paylaş: |