Uchinchidan, kim uchun ishlab chiqariladi va ular qanday taqsimlanadi?
Jahon amaliyotidan ma’lumki rivojlangan davlatlarda ham, yuqoridagi masalalarni
hal qilishda bir talay negativ xodisalarga duch kelmoqda.
Bular
jumlasiga, krizislar, monopolizm, inflyatsiya, ishsizlik, iste’mol
bozoridagi nomutanosiblik, resurslarni, tovar va xizmatlarni difitsitligi, pul
muomalasidagi nuqson va kamchiliklar kabilar kiradi.
Yuqorida keltirilgan uchta fundamental
muammoni hal qilish, keltirilgan
kamchiliklar, nuqsonlarning yechimini topish o‘z o‘zidan hal bo‘lmaydi.
Buning uchun ularni hal qilish usullari va mexanizmini to‘g‘ri topish,
iste’molchilar talabini to‘la qondirish yo‘llarini izlash, yuqori samarali ishlab
chiqarishni tashkil qilish, uni boshqarish, tarmoqlararo va xo‘jalik sub’ektlari
o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni bog‘lash, sotuvchi bilan iste’molchilar orasidagi
munosabatlarni takomillashtirish, iqtisodiy xodisalarni uyg‘unlashtirish kabi
masalalarni hal qilish zaruriyati tug‘iladi.
Bularni hal qilish nazariy va amaliy bilimlarni mustahkam egallagan, olingan
bilimlarni muayyan ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishda
ijodiy qo‘llay
oladigan, uni nihoyasiga yetkazish bo‘yicha optimal qaror qila
oladigan mutaxassislarga ko‘proq bog‘liqdir.
Bunday mahoratlarga, ko‘nikmalarga ega bo‘lish iqtisodiy fanlarni o‘rganish
orqali amalga oshishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti raxbarlarga yangi iqtisodiy fikrlashni, yangicha ish
yuritishni, minglagan sub’ektlar va iste’molchilar bilan o‘z faoliyatini, jarayonlarni
o‘z manfaati va maqsadiga yo‘naltirishni, ularni chuqur tahlil qilish,
kelajak uchun
rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish yo‘llarini bilish talablarini qo‘yadi.
Bularsiz raqobatchilik sharoitida har qanday korxona, firma inqirozga uchrab qolishi
ehtimoldan uzoq emas.
Savdoda jamiyatni rivojlantiruvchi iqtisodiy qonunlar ko‘rinish shakllari o‘z
aksini topadi. Shunday ekan, savdoni boshqarish asosida iqtisodiy qonunlar
talablarini ob’ektiv holda ko‘ra bilish va unga asosan qarorlar qabul qilish zarur
www.sies.uz
Page 11 of 356
bo‘ladi. Masalan, iqtisodiy qonunlardan biri mehnat unumdorligini ish haqqiga
nisbatan tezroq o‘sishidir. Bu qonunning talabi buzilsa, pul muomalasi muvozanati
buzulishiga olib kelishi,
ortiqcha pul vujudga kelishi, inflyatsiya, tovarlar defitsiti
paydo bo‘lishi kabi noo‘rin hodisalar vujudga kelishi muqarrardir.
Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo‘jalikni oqilona va samarali boshqarish
uchun unga mos xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy
dastaklar (baho, soliq, foyda, ish haqi kabilar) kategoriyalar, ko‘rsatkichlar,
usullarini (iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, normallashtirish kabilar) xo‘jalik
yurituvchilar o‘z maqsadlariga muvofiq boshqaruv ob’ektlarida ishlatadilar. Ichki
savdo iqtisodi fani yuqorida keltirilganlarning mazmuni va mohiyatini ochib beradi,
ularni xo‘jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va usullarini o‘rgatadi.
Іar qanday xo‘jalik sub’ekti, jumladan savdo umumiy ovqatlanish
shaxobchalari o‘z ko‘rsatkichlarini iqtisodiy hisob – kitoblar
orqali asoslashlari
zarur.
Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun iqtisodiyotni malakali tushunadigan
mutaxassislar zarur.
Bunday mutaxassislarni tayyorlashda ichki savdo iqtisodiyoti boshqa iqtisodiy
fanlar bilan bir qatorda katta ahamiyatga ega.
«Ichki savdo iqtisodiyoti» iqtisodiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi.
Iqtisodiy fanlar bir qancha mustaqil fanlardan iboratdir va ular bir – biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, murakkab tizimni tashkil qiladi.
1.2. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Insoniyat taraqqiyoti fanning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
fan insoniyat jamiyati taraqqiyotini ta’minlagan.
Fan juda murakkab, ko‘p qirrali, ko‘p xil hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi
bilimlar tizimi sifatida namoyon bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy ong sifatida
ham qaralishi zarur.
Bilimlar yig‘indisi (tizimi) va ijtimoiy ong sifatida fan insoniyat jamiyatining
www.sies.uz
Page 12 of 356
rivojlanishini ma’lum bir bosqichda shakllana boshlagan. Єuldorchilik farmatsiyasi
davrida fan yagona bo‘lgan va bo‘linmagan. Falsafa deb yuritilgan.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti ta’siri ostida jamiyat tarmoqlar, sohalarga ajralgani
kabi fan ham har – xil turlarga bo‘linib kelgan,
takomillashgan, tarmoqlashgan,
integratsiyalashgan va rivojlanib kelmoqda.
Umuman fanlar tizimi jamiyatning tarkibini namoyon qiladi. Barcha fanlar ikkita
katta guruhga ajratiladi. Tabiiy-texnik fanlar va ijtimoiy fanlar.
Bu fanlarning bir – biri bilan bog‘liqligi mavjud. Fanlarning bir – biri bilan
bog‘liqligi ularning usullaridan, ob’ektlaridan, sub’ektlaridan va nihoyat bir – birini
mahsulidan foydalanishdan kelib chiqadi. Chunki tabiiy va texnik fanlar ham,
ijtimoiy fanlar ham ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini
o‘rganish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ijtimoiy fanlarning nazariy va metodologik asosini falsafa tashkil qiladi.
Ijtimoiy fanlar tizimida iqtisodiy fanlar alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy fanlar bir
qancha mustaqil fanlardan iboratdir va ular bir – biri bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, murakkab tizimni tashkil qiladi.
1.2.1.Chizmada iqtisodiy fanlar tizimi keltirilgan.
1.2.1. Chizmada keltirilgan fanlardan tashqari ayrim sohalar, iqtisodiy jarayonlarga
oid boshqa iqtisodiy fanlar ham mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: