Ijtimoiy pedagogikaning predmeti


O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi



Yüklə 19,43 Kb.
səhifə2/3
tarix15.02.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#123397
1   2   3
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti

O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’qitila boshlagan bo’lsa-da, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyatijtimoiy ximoya ko’rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go’ro’g’li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etishini ko’ramiz. Keyinchalik VIVII asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi va ular mintaqada oila va jamiyat tarbiyasi tizimiga ta’sir ko’rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o’zaro munosabatlarning shakllanishiga olib keldi. Moddiy barqarorlik va ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat ma’naviy va madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini o’zlashtirishga yordam berdi.

O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari.
Ijtimoiy pedagogik g’oyalar va nazariyalarning shakllanishida SHarq uyg’onishi davri olimlarining asarlari beqiyos o’ringa ega. Ular faoliyatining mohiyati shuki avval mavjud bo’lgan o’sha davrni ijtimoiylashtirish usullari ilmiy asoslangan tizimi asosida to’planganligidadir. yetuk olimlarning faoliyat xarakteriilm bilan mashg’ul bo’lish ijtimoiy pedagogik qarashlarning mazmuniga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Buyuk olim Al-Xorazmiy (783-850 y)ning asarlari yorqin didaktik xarakterga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qulgakiritilishini, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kiritilishini, jamiyatning faola’zosiga aylanishini ta’kidlagan. Al-Xorazmiy-Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek-kabi olimlar o’z ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir kuchlarini o’sib kelayotgan avlodga qaratish g’oyasini tushunishgan va buni tadbiq etishgan.


Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin