Mantiqiy zanjir usuli: Bu usul ko‘pincha tezda laollashtirilish va o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatiga etish o‘ta muhim bo’lgan mavzulami o‘rganishda yoki shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan guruhlarda qo‘llaniladi. O’qituvchi ushbu mavzu bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan so‘zlar ketma-ketligini (gapni, fikmi, qoidani, faktni, tushuntirishni, gipotezani, xronologik ketma- ketlikni, sabab-oqibat zanjirini va hokazo) ixtiyoriy ravishda tanlab oladi va ulami bir qancha alohida so‘z qismlariga bo‘lib, alohida qog‘ozlarga yozib chiqadi. Keyin talabalar (tinglovchilar) guruhlariga fikrlarini jamlab muhokama qilish natijasida, so‘zlami m a’no-mohiyatiga ko‘ra to‘g‘ri tartibda joylashtirish vazifasini beradi. Bir qancha tinglovchi/talaba bu ishni bajarib, guruh yagona bir xulosaga kelganidan so‘ng, o‘qituvchi ularga bu fikr o‘rganilayotgan m a’ruza matnida qanday m a’noda kelishiga e’tibor berishni va ma’ruzadan so‘ng uni iloji boricha aniqrok va batafsilrok aniqlashga harakat qilish kerakligini bildiradi. Demak, endi talabalar ma’ruza davomida bu so‘z/fikr qachon va qay tarzda hamda qanday m a’noda kelishiga alohida e’tibor beradilar, ya’ni ularning fikri m a’ruza davomida bir tomonga yo‘naltirilgan (fokuslashgan) holatda bo‘ladi. Yo‘naltirilgan fikr-e’tibor esa ularga mavzuni aql nuri bilan yoritishga va undan tegishli ma’noni atroflicha o‘qishga olib kelishi tabiiy.
Ma’ruza mavzusi bo‘yicha ma’lumot yozish: Tinglovchi/talabaga besh daqiqa davomida taklifetilgan mavzu bo‘yicha ular biladigan hamma ma’lumotlami erkin uslubda yozish taklif qilinadi. Besh daqiqa o’tgandan so‘ng esa ishni ijodiy ravishda yakunlash uchun yarnbir daqiqa qo‘shib berish ham yaxshi natijalarga olib keladi. Chunki tig‘iz (kritik) sharoitlarda inson miyasiga eng yaxshi va samarali fikrlar kelishi mumkin. Keyin esa ularning ba’zilaridan yozganlarini bir-birlariga aytishlarini, munozara qilishlarini yoki barcha sinf o‘quvchilariga o‘qib berishlarini so‘rash mumkin. Ularga ma’ruza davomida qaysi bir fikr, g’oyalar yoki kimning fikri to‘g‘ri chiqishiga ahamiyat berishni so‘rash ularning fikrini jamlashgava keyinchalik bo‘ladigan ma’ruzani diqqat-e’tibor bilan tinglashga katta yordam beradi. Bunda, albatta, o‘qituvchi shart-sharoitga va o’quvchilaming qiziqish darajasiga bog‘liq ravishda bundan boshqa imkoniyatlarni ham keng miqyosda qo‘llashi mumkin.