Individual loyiha ishi


Semantik xususiyatlar tahlili



Yüklə 213,62 Kb.
səhifə7/12
tarix03.12.2023
ölçüsü213,62 Kb.
#138060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Komiljon TEMIROV (Loyihas ishi)

Semantik xususiyatlar tahlili: Bunda tinglovchi (talaba)larga ma’lum bir ko‘rinishdagi va tuzilishdagi jadval tuzish taklif qilinadi. Ushbu jadval birinchi ustunining birinchi satrida ularga yaxshi ma’lum bo'lgan bir hodisa, dalil yoki faraz, ikkinchi satrda bugun o'rganiladigan mavzu bilan bog‘liq hodisa, dalil yoki farazning yo‘nalishi qo‘yiladi. Jadval birinchi satrining qolgan katakchalarida esa mavzu bilan bog'liq asosiy ko'rsatkichlar yozib chiqiladi. Talabalarga hosil bo’lgan jadvalning ikkinchi va uchinchi satrlaridagi bo‘sh katakchalami toMdirish taklif qilinadi. Agar ular tegishli m a’lumotlar yo‘qligi yoki uni yaxshi bilmasliklari sababli jadval katakchalarini to‘ldira olmasalar yoki javoblarining to‘g’ri ekanligiga unchalik ishonmasalar, buni ma’ruza davomida eshitgan m a’lumot, qoida yoki faktlardan foydalanib, amalga oshirishlari (tekshirishlari) mumkinligini yotig‘i bilan tushuntirish kerak bo‘ladi. Demak, endi talabalar ma’ruza davomida uni tinglash va tegishli ma’lumot olish uchun yordam beradigan bir yordamchi vositaga ega bo‘ladilar. Bu usul matematika, fizika, iqtisodiyot kabi aniq fanlarni o’rganishda judaham qo‘l kelishi va foyda berishi mumkin.
(Ma’lumot olish) bosqichiga tinglovchilar (talabalar) bosqichidan so‘ng bir qadar tayyor bo‘ladilar. Chunki ular bu bosqichga ma’ruza mavzusi bo‘yicha bilganlarini imkoniyat darajasida eslab olgan, o‘zlariga mavzugaoid aniq savollar bergan, olailariga tegishli maqsadlarni qo‘ygan va demak, ushbu mavzuga qiziqkan holda keldilar. Bu bosqichda ham quyida keltirilgan bir qancha mctodik usullarni qo’llash mumkinki, ular darsning samaradorligini hirmuncha oshiradi:
О’zaro so’rov usuli: Bu metodik usul quyida bayon qilingan tarzda qo‘llanilishi mumkin. Ikki talaba (o‘quvchi) mavzuga bog‘liq biror-bir matnni, ma’lumotni, qoidani, dalilni o‘qiydi va har bir bo‘lim yoki xat boshidan so‘ng bir qancha muddat to‘xtaydilar hamda bir-birlariga o‘qilgan material qismining mazmuni yuzasidan tegishli savollar beradilar. Bunda ular bir- birlaridan ushbu matn qismidagi asosiy fikrlar haqida so‘raydilar. Mabodo qiyinchilik tug‘ilsa yoki tushunmovchilik ro‘y bersa, o’qituvchi ularni maqsadga muvofiq ravishda yo'naltirib turishi va masala mohiyatini tushuntirishi lozim bo‘ladi. Bu usulni qanday qo’llash kerakligini auditoriyadagi talabalarga ko‘rsatgandan so'ng, o‘qituvchi guruhning barchasini maqsadga muvofiq bo'lgan juftliklarga bo‘ladi hamda ularning ko‘rsatilgan tartibda birgalikda ishlashlarini amalga oshiradi va kerak boiganda, ularga yana yaqindan uslubiy-axborot tarzda yordam beradi. Bunday juftliklar o‘qituvchi-sinf tarzida ham tashkil qilinishi mumkin. Bunda o‘qituvchi matnning biror-bir qismini o‘qiydi va o’quvchilar uning mazmunini tushunganlaridan so‘ng, talabalar ushbu qism bilan bog‘liq savollar beradilar. Keyin esa o‘qituvchi rolini biror-bir talaba egallashi mumkin. Bunda o’qituvchi sun’iy ravishda o‘z-o‘zidan «oddiy tinglovchi/o‘quvchi» darajasiga tushishi lozim bo‘ladi.
Bunday turdagi darsning boshlanishida, avvalo, o‘qituvchining o‘zi talaba/o‘quvchiga bu usulni aniq va ravshan namoyish qilib berishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun ham u talabalarga o‘zining matning birinchi qismi bo‘yicha munozara boshlovchi bo’lishini bildiradi va ulardan bu jarayonni diqqat bilan kuzatish kerakligini so‘raydi. Talabalaming o‘zlari ham bu usulda dars olib borishlari zarurligini bilganlaridan so‘ng o‘qituvchining namoyish qilayotgan darsini diqqat bilan kuzatadilar va keraqli xulosalarni chiqaradilar. O‘qituvchi yuqorida keltirilgan besh bosqichdan iborat harakatlar ketma-ketligini tinglovchilarga batafsil tushuntirib bo‘lganidan so'ng,har bir bosqichda shaxsan o‘zi nima qilish lozimligini aniq va ravshan namoyish qilib berishi juda muhimdir. Bundan tashqari, o’qituvchi matnni qanday usulda maqsadga muvofiq bo'lgan qismlarga bo‘lish muammosini ham oldindan hal qilib olishi lozim. Bunda asosiy ko‘rsatkich sifatida tanlangan matn qismini 8-10 daqiqa davomida muhokama qila olinishi ish muvaffaqiyatining garovidir. Demak, matnni qismlarga bo‘lganda, uning har bir alohida bo‘lagida qanday turdagi va hajmdagi ma’lumotlar mavjudligini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Savollarni ham mantiqiy, ma’lum me’yorlarga rioya qilgan holda berish maqsadga muvofiqdir. Bunda ham talabalarga savol berish malakasini namoyish qilish lozim bo‘ladi (bu boradagi qo‘shimcha loydali maslahat va ma’lumotlarni qoilanmaning tegishli bo‘limidan olishingiz mumkin). Savollar matn parchasida mavjud bo‘lgan fikrlami oyilinlashlirish va yanada chuqurroq tushuntirish, unda aytilmagan (lekin ytisliirin holda mavjud) tomonlami aniqlash va ulami talabalaming fikrlari bilim solishtirish maqsadida berilgani ma’qul. O‘qituvchi ma’lum turdagi va ma’nodagi savollar vositasida talabalaming predmetni-sohani o‘rganish jarayonini iloji boricha maqsadli ravishda boshqarishi lozim. Matnning keyingi qismida nima kelishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini aytishda o‘qituvchi o‘z shaxsiy fikrlarini bildirishi yoki bu hakda talabalaming mulohazalarini ham so‘rashi mumkin. Agar talabalar birinchi namoyish vaqtida usulning mohiyatiga to‘la tushunmasalar yoki shartli «o‘qituvchi» sifatida ishlashga qiynalsalar, 0‘qituvchi ularga hamma bosqichlami yana bir karra batafsil tushuntirib, ikkinchi marta namoyish qilish jarayonini amalga oshirishimaqsadga muvofiqdir.

Yüklə 213,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin