Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari 1. Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari qaysi qatorda berilgan?
A) sodda gaplar, qo‘shma gaplar B) egali gaplar, egasiz gaplar C) darak, so‘roq, buyruq gaplar D) egasi noma’lum gaplar, shaxssiz gaplar
2. Sodda gap …
A) ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topgan gap B) grammatik asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gap C) murakkab fikr anglatuvchi gap D) faqat ega va kesimdan tashkil topgan gap
3. Qo‘shma gap …
A) grammatik asosi bitta bo‘lgan gap B) ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topgan gap C) ikki va undan ortiq so‘zdan tashkil topib, murakkab tushuncha anglatgan gaplar D) B va C
4. Sodda gap qaysi qatorda keltirilgan?
A) Bilimli o‘zar, bilimsiz to‘zar. B) Odam borki, odamlarning naqshidir. C) Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o‘qidi. D) Shu payt eshik ochildi, hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi.
5. Qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Qimirlagan qir oshar. B) Ahillik bor yerda temir ham suvga cho‘kmaydi. C) Mard bir o’lar, nomard yuz o’lar. D) Hamid ota halol va mehnatsevar kishiga xos izzat-obro‘sini va qadr-qimmatini chuqur tushuntirdi.
6. Qaysi qatordagi fikr noto‘g‘ri?
A) sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega bo‘lgan bitta kesim bo‘ladi. B) qo‘shma gap tarkibida ikki va undan ortiq uyushgan kesim bo‘ladi. C) sodda gap tarkibidagi barcha bo‘laklar kesim atrofida birlashadi. D) sodda gap tarkibida bir nechta uyushgan kesim bo‘lishi mumkin.
7. Sodda gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Issiq birmuncha bo'shashgandek tuyulsa ham, dimlik zaptida edi. B) Osmonda qittak ham bulut yo'q, shamol ham esmaydi. C) Pardek yengil oppoq bulutlar cheti botayotgan oftob tig'ida xuddi kimxob parchadek lov-lov yonadi. D) Oftob o'chdi, ufqda olovli bulutlar qoldi.
Sodda gap haqida umumiy ma’lumot 1. Sodda gapga xos bo‘lgan belgilarni aniqlang.
A) sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega bo‘lgan bitta kesim bo‘ladi B) sodda gap tarkibidagi barcha bo‘laklar shu kesim atrofida birlashadi C) sodda gap tarkibida ikki va undan shakllangan kesim bo‘ladi D) A, B
2. Grammatik asoslarning miqdoriga ko‘ra gaplar qanday turlarga bo‘linadi?
A) sodda, qo‘shma B) egali, egasiz C) darak, so‘roq, buyruq D) sodda yig‘iq, sodda yoyiq
3. Sodda gap keltirilgan qatorni toping.
A) Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi. B) Bu shaharda tanish-bilish yo‘qligi Rizayevga shu bugun bilindi. C) Biz uyga qaytdik va dars tayyorladik. D) Shamol turdi va hamma yoqni to‘zon qopladi.
4. Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
A) egasi mavjud gaplar, sodda yig‘iq gaplar B) egasi mavjud gaplar, sodda yoyiq gaplar C) egasi mavjud gaplar, egasiz gaplar D) bir bosh bo‘lakli, ikki bosh bo‘lakli gaplar
5. Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etganligi yoki etmaganligiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
A) sodda yig‘iq, sodda yoyiq gaplar B) egasi mavjud va egasiz gaplarga C) sodda va qo‘shma gaplarga D) A, B
6. Keltirilgan gaplar ichidan sodda yoyiq gapni toping.
A) Anvar qaytib keldi. B) Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi. C) Biz uyga qaytdik va birga dars tayyorladik. D) Shamol turdi va hamma yoqni to‘zon qopladi.
7. Sodda gap berilgan qatorni toping.
A) Biz uyga qaytib, birga dars tayyorladik. B) Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi. C) Men sinfga kirgach, deraza oldida turgan Shahnozani ko‘rdim. D) A va C