Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə46/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Kiritmalar
1. Gapdagi biror bo‘lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirishmaydigan bo‘laklar berilgan qatorni toping.
A) undalma B) kiritma gap C) kiritma D) A, B, C
2. Kiritmalar gapning o‘rtasida kelganda gapdan qanday tinish belgilar bilan ajratiladi?
A) vergul, qavs B) vergul, tire C) tire, qavs D) A va B
3. Murakkab kiritmalar qaysi birikmalar bilan ifodalanadi?
A) so‘z gaplar, so‘z birikmalari B) uyushiq bo‘laklar va kengaygan birikmalar C) so‘z birikmalari, birikmalar va gaplar D) gaplar
4. Gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmagan so'z qaysi gapda qo'llangan?
A) To'g'ri, o'zbek adabiyotining tarixi ming yillar bilan belgilanadi. B) Qirlar bag'rini hali ko'm-ko'k, saf-saf pistalar, do'lanalar bezab turibdi. C) Asal ta'sirida yuzda qizillik, bilakda kuch, ko'zda nur yetarlicha bo‘ladi. D) Ba'zi vaqtda, sug'orish paytlarida, kechalari ham tinim bo'lmas edi.
Kiritma gaplar
1. Kiritma gap qo‘llangan qatorni toping.
A) Afsuski, hali o‘zlashtirilmagan yerlar bor. B) Yaxshi hamki, yomg‘ir yog‘madi. C) Dadam shu atrofdan – qishloqning chiqaverishidan – do‘kon qidirdi. D) Musobaqalarda Rahimberdi (siz uni taniysiz) peshqadamlik qilmoqda.
2. Qaysi qatorda kiritma gap ishtirok etmagan?
A) Chinorning yonish voqeasi (uning tafsilotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin maqbul bo‘la boshladi. B) O‘tkan kunlar (siz bu romanni o‘qigansiz, albatta) o‘zbek romanchiligi tarixida alohida o‘rin egallaydi. C) To‘g‘ri, u aravani quruq olib qochadigan maqtanchoqlardan emas. D) Barcha gaplarda kiritma gap ishtirok etgan.
3. Qaysi turdagi asarlarda kiritma gaplar ko‘proq qo‘llanadi?
A) dostonlarda B) dramatik asarlarda C) epik asarlarda D) lirik asarlarda
4. Kiritma ishtirok etgan gapni toping.
A) Bir vaqtlar siz ham, Temir Akbarovich, xato qilishdan qo‘rqmasdik, deb gapirar edingiz. B) Lekin o‘rinsiz haq so‘zdan, nazarimda, sukut yoki bezarar yolg‘on yaxshiroq. C) Bektemirga, sobiq cho‘ponga, komandrning fikri g‘oyat yoqdi. D) Sizga, o‘rta bo‘yli qizga, atlas juda yarashibdi.
5. Kiritma gap qo 'llangan qatorni aniqlang.
A) O'qish, o'rganish, zo'r ishtiyoq bilan ishlash, shubhasiz, g'alabalarga yetkazadi. B) Men sizga aytsam, buyuklikka eng yaqini halollikdir. C) Uning fikricha, kishini maqtash foydalidir. D) Afsus, ming bor afsuski, bu xayolgina, xolos.
Undalma
1. Undalmalar qaysi kelishik shakllarida bo‘lishi mumkin?
A) bosh B) bosh, jo‘nalish, tushum C) jo‘nalish, o‘rin-payt D) barcha javob to‘g‘ri
2. Gap bo‘laklari tahlilida undalmalar uchun qanday shartli belgi qabul qilingan?
A) ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­_____ B) ‗‗‗‗‗‗ C) ……… D) Undalmalar uchun shartli belgilar qabul qilinmagan, ular so‘z bilan izohlanadi.
3. Undalmali gaplarning kesimi ko‘pincha qaysi shaxs shaklida bo‘ladi?
A) II shaxs B) III shaxs C) I va II shaxs D) II va III shaxs
4. Yoyiq undalmalarga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.
A) o‘ziga qarashli to‘ldiruvchisi bor undalmalar B) so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildiruvchi undalmalar C) o‘ziga qarashli aniqlovchisi yoki to‘ldiruvchisi bor undalmalar D) o‘ziga qarashli aniqlovchisi yoki izohlovchisi bor undalmalar
5. Undalma ishtirok etgan gapni toping.
A) Dunyoda hech bir xalq to‘g‘ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga. B) Xayriyat, vaqtida yetib keldik. C) Muhtaram Umidaxon, sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman. D) Ehtimol, bu ishni o‘zing bajararsan.
6. Uyushiq undalma qatnashgan gapni toping.
A) Kitob, sen bo‘lmasang balki kun yorishmasdi. B) O‘-o‘, boylik, boylik, mening uyimga sen kiradigan bo‘lsang-u, iymon ketadigan bo‘lsa, men senga o‘t qo‘yaman, o‘t! C) Muhtaram otalar, onalar, kelinlar, o‘g‘illar, opa-singillar, sizga shu haqda murojaat qilamiz. D) Inim, siz kitoblarni sandiqlarga joylashtiravering.
7. Undalmali gapni aniqlang.
A) Inson ezgulikni va ulug'likni orzu qilishi kerak. B) Oh, umr o'tdi-ketdi oqar suvday! C) Sharofat, aftidan, bunaqa gaplar bilan Siddiqjonning g'ashiga tegmoqchi edi. D) Hoy quyoncha, yakka o'zing qayoqqa ketyapsan?
8. Qanday undalmalar yoyiq undalmalar salanadi?
1. o‘ziga qarashli aniqlovchisi bor undalmalar; 2. o‘ziga qarashli izohlovchisi bor undalmalar; 3. o‘ziga qarashli to‘ldiruvchisi bor undalmalar; 4. undalmadan oldin undov so‘z ishlatilsa
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 2 D) 1, 2
9. Qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) Undalmalarning gapdagi o‘rni erkindir. B) Undalmalar ham ega singari bosh kelishikda qo‘llanadi. C) Undalmalar o‘ziga qarashli aniqlovchi, izohlovchi yoki hol bilan yoyiq holda qo‘llanadi. D) Undalmali gaplarning kesimi, ko‘pincha, birinchi va ikkinchi shaxs shakllarida bo‘ladi.
10. 1. Jahonga yuz tutgan O‘zbekistonim, sening har bir yutug‘ing mening yutug‘imdir. 2. O‘g‘lim Mirjalol! Aftidan, sen bu gaplarni eshitmagansan. 3. O‘-o‘, boylik, boylik! Mening uyimga sen kiradigan bo‘lsang-u, iymon ketadigan bo‘lsa, men senga o‘t qo‘yaman, o‘t! 4. Sobir! Eski oshnalaringni topib keldim. Ushbu gaplarning qaysi biri tarkibida yoyiq undalma mavjud?
A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 2, 3
11. Ey, farzand, bilki, ota-ona mo‘tabardir. (Kaykovus) Ushbu gapda qo‘llangan undalmani qniqlang.
A) farzand B) Ey C) Ey, farzand D) bilki
12. Dadasi: – Qani o‘g‘lim qarashib yubor, gul ekamiz, - dedi. Ushbu gapda qaysi o‘rinda tinish belgisi tushib qolgan?
A) qani so‘zidan so‘ng vergul qo‘yilmagan B) tinish belgilari barcha o‘rinlarda to‘g‘ri qo‘yilgan C) o‘g‘lim so‘zining har ikki tomonidan vergul qo‘yilmagan D) o‘g‘lim so‘zidan so‘ng vergul qo‘yilmagan
13. Qaysi gap tarkibidagi undalma gap oxirida kelgan?
A) O‘-o‘, boylik, boylik! Mening uyimga sen kiradigan bo‘lsang-u, iymon ketadigan bo‘lsa, men senga o‘t qo‘yaman, o‘t! B) Odamlar kasal bo‘laveribdi, ulardan qanchasi o‘laveribdi-yu, sen bu dorilarni bosib yotaberibsan-da, noinsof! C) Jahonga yuz tutgan O‘zbekistonim, sening har bir yutug‘ing mening yutug‘imdir. D) Muhtaram otalar, onalar, kelinlar, o‘g‘illar, opa-singillar, sizga shu haqda murojaat qilamiz.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin