Intensiv kurs


Undalmalarda tinish belgilarining qo‘llanishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə47/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Undalmalarda tinish belgilarining qo‘llanishi
1. Undalma alohida ohang bilan ajratib aytilsa, undan keyin qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) vergul B) undov C) ikki nuqta D) tire
2. Undalmalarda tinish belgilarining qo‘llanishi haqidagi qaysi fikr noto’g‘ri?
A) undalma gap boshida kelsa, undan so‘ng vergul qo‘yiladi B) undalma gap oxirida kelsa, undan oldin vergul qo‘yiladi C) undalma gap o‘rtasida kelsa, undan oldin yoki keyin vergul qo‘yiladi D) yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri
Sodda gap tahlili
1. Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi. Ushbu gap qaysi qatorda so‘zlarning bog‘lanishiga ko‘ra to‘g‘ri tahlil qilingan?
1) inson baxtli bo'ladi — tobe bog'lanish, moslashuv, kesim va eganing shaxs-sonda mosligi (III shaxs, birlik); 2) Uyushiq bo'lagi bor: ilm bilan, mehnat bilan; 3) Ifoda maqsadiga ko'ra — darak gap; 4) ilm bilan va mehnat bilan — teng bog'lanish, va teng bog'lovchisi orqali bog'langan; 5) Tuzilishiga ko'ra — sodda gap, yoyiq sodda gap, to'liq gap, egali gap
A) 2, 4, 5 B) 3, 5 C) 1, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
2. Sodda gap tahlilining qaysi turida gap bo‘laklari bilan munosabatga kirishmagan “bo‘laklar” (kiritma, kiritma gap, undalmalarning mavjud yoki mavjud emasligi) e’tirof etiladi?
A) gapda so'zlarning bog'lanishi bo'yicha tahlilda B) gap bo'laklarini aniqlash bo'yicha tahlilda C) gap qurilishi bo'yicha tahlilda D) A, B, C

Asosiy atamalarning izohli lug‘ati
1. Kesim tarkibi nimalardan iborat?
A) kesim va unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali bo‘laklardan B) kesim va uning aniqlovchisidan C) kesim va uni shakllantiruvchi shaxs-son va zamon qo‘shimchalaridan D) kesim va egadan
2. Gapda fikr ifodalab keluvchi asosiy bo‘lak…
A) kesim B) ega C) so‘z birikmasi D) ega va kesim
3. Fe’l kesimga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.
A) so‘z birikmasining hokim qismi B) sodda gaplarda tuslanishli fe’l shakli bilan ifodalangan kesim C) fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim D) ot va olmoshdan boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalangan kesim
4. Grammatik ma’noga qaysi qatorda to‘g‘ri izoh berilgan?
A) so‘zning inson ongida aks etgan ma’nosi B) so‘zning shakliy qismi – grammatik shakl ifodalaydigan ma’no C) gap tarkibida ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lib, ma’lum bir sintaktik vazifada keluvchi so‘z yoki so‘z birikmasi D) faqat mustaqil so‘z turkumlariga tegishli bo‘lib, alohida so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zlar
5. Birdan ortiq mustaqil so‘z bilan ifodalangan kesim qanday kesim hisoblanadi?
A) uyushiq kesim B) fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalangan kesim C) murakkab kesim D) yoyiq kesim
6. Qaysi qatorda ot kesimga to‘g‘ri izoh berilgan?
A) ot so‘z turkumi bilan ifodalangan kesim B) fe’ldan boshqa so‘z turkumlari, harakat nomi va otlashgan sifatdosh shakllari bilan ifodalangan kesim C) ot, harakat nomi va sifatdosh shakllari bilan ifodalangan kesim D) ot, sifat, son, ravish va ravishdosh shakllari bilan ifodalangan kesim
7. Til birligi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni bilan farqlanadigan til hodisasi B) teng huquqli gap bo‘laklari, qo‘shma gap qismlari orasidagi sintaktik aloqa C) biri ikkinchisiga tobe bo‘lgan birliklar orasidagi sintaktik aloqa D) sintaksisning o‘rganish manbai bo‘lgan birlik, ya’ni so‘z birikmasi va gap
8. Fikrning to‘la (aniq) ifodalanish imkoniyatini beradigan bo‘laklari mavjud bo‘lgan gap…
A) yoyiq gap B) murakkab gap C) to‘liq gap D) qo‘shma gap
9. Murakkab gap to‘g‘ri izohlangan qatorni toping.
A) fikr asosi ega va kesimdan iborat bo‘lgan gap B) uyushiq bo‘lak, ajratilgan bo‘lak, undalma va kiritmalar ishtirok etgan gap C) fikrning to‘la (aniq) ifodalanish imkoniyatini beradigan bo‘laklari mavjud bo‘lgan gap D) kesim, egadan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirok etgan gap
10. Birdan ortiq mustaqil so‘z yoki turg‘un bog‘lanma bilan ifodalangan gap bo‘lagi…
A) hokim bo‘lak B) murakkab bo‘lak C) so‘z birikmasi D) yoyiq bo‘lak
11. Ega qatnashmagan, shu bilan birga, uchinchi shaxs shakldagi fe’l kesim bajaruvchi shaxsni aniq ifodalamaydigan gap qanday gap?
A) shaxsi noma’lum gap B) shaxssiz gap C) shaxsi umumlash gap D) shaxsi topilmas gap
12. Aniqlanmish haqida aytilgan qaysi fikr to‘g‘ri?
A) narsa-buyumni ifodalaydigan so‘zga tobelanib, uning belgisini anglatadigan bo‘lak B) gapda o‘zidan oldingi aniqlovchining ma’nosini izohlab, alohida ohang va to‘xtam bilan bilan aytiladigan bo‘lak C) aniqlovchi tobe bo‘lgan hokim bo‘lak D) so‘z birikmasining hokim qismi
13. Faqat kesim tarkibidan iborat bo‘lib, bajaruvchi shaxs ma’nosi umuman ifodalanmaydigan gap qanday nomlanadi?
A) shaxsi umumlashgan gap B) shaxssiz gap C) shaxsi ma’lum gap D) shaxsi noma’lum gap
14. Sintaktik birlikka qaysi qatorda to‘g‘ri izoh berilgan?
A) sintaksisning o‘rganish manbai bo‘lgan birlik, ya’ni so‘z birikmasi va gap B) bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni bilan farqlanadigan til hodisasi C) so‘z birikmasi va gap qismlarining o‘zaro bog‘lanish D) sintaksisning o‘rganish manbai bo‘lgan birlik, ya’ni so‘z, so‘z birikmasi va gap
15. Bir so‘z yoki ibora bilan ifodalangan gap…
A) sodda gap B) so‘z-gap C) to‘liqsiz gap D) atov gap

9-SINF
1-DARS. KIRISH. TAKRORLASH. QO‘SHMA GAPLAR. (3-21-betlar)
Reja:

1. Dunyo tillari va o‘zbek tili.


2. So‘z birikmasi bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
3. Gap bo‘laklari bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
4. Uyushiq va ajratilgan bo‘laklar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
5. Undalmali va kirish so‘zli gaplar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
6. Sodda va qo‘shma gaplar.
7. Qo’shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar.
8. Qo‘shma gaplar tasnifi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin