Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplar 1. Bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish shartini bildirgan ergash gap berilgan qatorni toping.
A) Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda. B) Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo‘l hosil oldik. C) Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko‘ramiz. D) Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.
2. Qaysi vosita orqali bog‘langan ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning paytini bildirishi mumkin?
A) toki bog‘lovchisi orqali B) ko‘makchili qurilmalar orqali C) shart mayli qo‘shimchasi orqali D) deb so‘zi orqali
3. Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplarda qanday mazmun ifodalanishi mumkin?
A) shart B) shart, payt C) payt D) shart, payt, istak
4. Ergashgan qo’shma gapning qaysi turlarida ergash gap kesimi shart mayli shaklida bo’lishi mumkin?
1) ega ergash gapli qo‘shma gap; 2) hol ergash gapli qo‘shma gap; 3) kesim ergash gapli qo‘shma gap; 4) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap; 5) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap;
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2
5. Qaysi qatordagi ergash gap bosh gapga shart mayli vositasida bog‘langan?
A) Esli – hushli do‘stlaringiz bo‘lsa, biznikiga olib kelarsiz. B) Aql ko‘pga yetkazadi, hunar bo‘lsa insonni ko‘kka ko‘taradi. C) Qani endi shu payt muzdek suv bo‘lsa. D) Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko‘ramiz.
Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar 1. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etuvchi -ki yuklamasi odatda qaysi gap tarkibida bo‘ladi?
A) bosh gap tarkibida B) ergash gap tarkibida C) bosh gap, yoki ergash gap tarkibida D) A, B, C
2. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga qaysi vositalar orqali bog‘lanadi?
A) shart mayli qo‘shimchasi (-sa) orqali B) deb so‘zi orqali C) -ki yuklamasi orqali D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar orqali.
3. Ergashgan qo‘shma gaplarning qaysi turida -ki yuklamasi qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vosita sifatida ishtirok etadi?
1) ega ergash gapli qo‘shma gap; 2) hol ergash gapli qo‘shma gap; 3) kesim ergash gapli qo‘shma gap; 4) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap; 5) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap;
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3
4. -ki yuklamasi vositasida birikkan ergashgan qo‘shma gap qismlari o‘zaro qanday joylashadi?
A) ergash gap + bosh gap shaklida B) bosh gap + ergash gap shaklida C) -ki yuklamasi faqat ko‘rsatish olmoshi bilan birga qo‘llanganda bosh gap + ergash gap shaklida D) -ki yuklamasi faqat so‘roq olmoshi bilan birga qo‘llanganda ergash gap + bosh gap shaklida
5. Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplarda ko‘rsatish olmoshi qaysi gap tarkibida bo‘ladi?
A) ergash gap tarkibida B) faqat kesim va to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap tarkibida C) bosh gap tarkibida D) hol va aniqlovchidan boshqa ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap tarkibida
6. Bosh gap tarkibida ko‘rsatish olmoshi ifodalanmay qolgan ergash gapli qo‘shma gapni ko‘rsating.
A) Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. B) Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir. C) Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo‘l hosil oldik. D) Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda.
7. Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.
A) Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin. B) Ilmsiz inson – mevasiz daraxt, shuning uchun hamisha ilmlilar safida bo‘lishga intil. C) Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. D) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, to‘ydiradi.
8. Ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Baxtim – seni uchratganligim. B) Dunyoning kengga keng, torga tor ekanligini bilib oling. C) Baxtim shuki, seni uchratdim. D) Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi.