Ma'lumotnoma 1 Fuqarolarning turmushi va ish faoliyatiga oid voqea-hodisa va holatlarni aks ettirib tasdiqlab beradigan va talab qilingan joylarga taqdim etiladigan (koʻrsatiladigan) rasmiy hujjat.
2 Korxona, muassasa va shu kabilar faoliyatiga doyr voqea-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradigan va tasdikdaydigan, xilma-xil maʼlumotlarni qamrab oluvchi rasmiy hujjat.
3 Biror soha yoki masala boʻyicha maʼlumot beradigan kitob, qoʻllanma va shu kabilar
MT24
BILDIRISHNOMA, BILDIRGI
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma lar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
Matn sarlavhasi.
Bildirishnoma matni (mazmuni).
Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa).
Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi).
O‘zbekiston Respublikasi trans port vazirligiga qarashli 4-avtokorxonasining boshlig‘i
S.K. Qurbonovga korxona bosh texnigi
M. Dadaboyevdan
BILDIRISHNOMA
Korxona tomonidan sozlangan avtomashinalarni shu yerning o‘zida tekshirish va nazorat sinovini o‘tkazish bir qancha sozlovchislesarlar va haydovchilarni belgilangan vaqtdan keyin ham biroz muddat qolib ishlashini taqozo etmoqda. Biroq, biz belgilan gan vaqtdan tashqari bajarilgan ishlarni hisob bo‘limida rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Aytilganlar asosida Sizdan ushbu masalani ijobiy hal etish chora-tadbirlarini o‘ylab ko‘rishingizni so‘rayman.
Korxona bosh texnigi (imzo) M. Dadaboyev 2012.10.10.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumotnoma (spravka) lariga yaqin turadi. Ularning farqi shundaki, ma’lumotnomalarda aso san talab qilingan, so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi.
Hisobot — korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat, statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, maʼlumotlar, hisobkitob hujjatlari elektron shaklda taqdim etiladi. Balans H., moliyaviy H. Va statistik H., xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatida muxim ahamiyatga ega. Balans H.i — kompaniya buxgalteriya xisobotining asosiy shakli boʻlib, muayyan sana uchun kapitalni shakllantirish manbalari va kapi-tal qoʻyilmalar yoʻnalishini tavsiflaydi. Ikki tomonlama jadval shaklida tuziladi; uning chap qismi (aktiv)da kapital tarkibi va uning joylashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar, oʻng qismi (passiv)da kapi-tal manbalari koʻrsatiladi. Aktivda asosiy va aylanma kapital koʻrsatkichlari, passivda oʻziniki boʻlgan va jalb etilgan kapital tuzilmasi va miqdorlari beriladi. Juda batafsil tuziladigan ichki balans kompaniya boshqaruvi tomonidan kompaniya faoliyatini rejalashtirish va boshqarish-da, filiallar ishini nazorat qilishda foydalaniladi. Tashqi balans tashqi xisobotning boshqa shakllari bilan birga kompaniya faoliyati toʻgʻrisida toʻliq va ochiq axborot hisoblanadi. Davlat soliq va yuqori rahbarlik organlariga, fond birjalariga taq-dim etiladi, aksiyadorlar oʻrtasida tarqatiladi, maxsus maʼlumotnomalarda eʼlon qilinadi. Tijorat-savdo sirini saqlash maqsadlarida kompaniyalar balansida rasman ruxsat etilgan modda (band)larni guruhlash va umumlashtirishdan keng foydalaniladi (qisqa balans). Kompaniyalarning moliyaviy Hisobot hisobot topshirishning majburiy shakli. Unga quyida-gilar kiradi: kompaniyaning umumiy balansi; foyda va koʻrilgan zarar toʻgʻrisida hisobot; pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot va kompaniya rahbariyatining umumiy majlisda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kom-paniya paychilari yoki aksiyadorlari eʼtiboriga havola etiladigan yillik dokladi.
Korxonalarning statistik hisoboti iqtisodiyotdagi ayrim boʻgʻinlarning ish koʻrsatkichlarini jamlash orqali tarmoqlar, mintaqalar va mamlakat iqtisodiy faoliyatining statistik koʻrsatkichlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Xizmat yozishmalari
Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoiiyatining turli masalalari bilan bog‘liq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish uchun xos bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub tiujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo‘llanishi bilan ham o'ziga xoslikka ega.
Xizmat yozishmalariga xizmat xatlari, xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar, diplomatik va tijorat yozishmalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob, aloqa tizimi pochta xizmatini o‘zida ifodalovchi)da olib boriladigan yozishma, xatlarni kiritish to‘g‘ri bo‘ladi.
Xizmat xatlari
Tashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali taiga oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, iltimos, so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javob xarakteriga a bo'lishi mumkin. Bunday xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular barcha tashkilotlarda yuritiladigan hujjatlaming deyarli 80 foizini tashkil qiladi.
Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.
Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:
Javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);
Javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat itlar va .h.k).
Shunday xatlar borki, ularda ham iltimos, ham eslatish, ham kafolat berish a’nolari mujassamlangan bo‘ladi. Ammo xatlar asosan, bir maqsadga iratilgan bo'ladi, masalan, kafolat xatida kafolat berish ma’nosi ifodalanadi.
Xizmat xatlari tayyor bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Ular oddiy qog‘ozga iziladi, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga tashkilot nomi qayd qilingan ‘rtburchak muhr qo‘yiladi.
Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bog'liq bo'lgan 3 qismdan orat bo'ladi. Birinchi (kirish) qismida xat bilan tegishli muassasaga murojaat ishga asosiy sabab bayon qilinadi. Ikkinchi qismda dalillar asosida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi ko‘rsatiladi. Xatning xulosa (uchinchi) qismida asosiy maqsad ifodalanadi.
Xizmat xatlari qisqa, ammo mazmunan aniq va ravshan boMishi kerak. Hajmi jihatdan katta bo'lmasligi, ya'ni bir betdan ortib ketmasligi kerak. Juda muhim masalalar yozilgan taqdirda, istisno tariqasida 3 betgacha bo'lishi, mufassal bayon qilinishi mumkin.
Xizmat xatlari 2 nusxada yozilib, bir nusxa tashkilotda qoldirilib, bir nusxa jo'natiladi. Xat agarda 2 va undan ortiq joyga yoMlanadigan bo‘Isa, uni oluvchilar 4 tadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari odatda tashkilot nomiga, agarda masalani hal qilinishi rahbar bilan bog'liq bo‘lsa, xat rahbar nomiga jo‘natiladi.
Sarlavha xizmat xatlarida katta ahamiyatga ega. Ular hujjatning qisqacha mazmuni nima haqda ekanligini ko‘rsatib beriladi. Sarlavha qisqa, aniq berilishi qulaylik yaratadi. Sarlavha matndan oldin chap tomonda beriladi.
Xatlar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda esa uning vazifasini bajaruvchi yoki o'rinbosari imzo chekishi mumkin. Bunday vaqtda lavozim aniq ko‘rsatiladi.
Moiiyaviy, hisob-kitob to‘lov kafolatnomalarida imzo chekuvchilar soni 2 yoki undan ortiq boMishn mumkin. Imzolar lavozimlar tartibiga ko'ra qo'yiladi. Imzodan so‘ng imzo chekkan shaxsning ism-sharifi yoziladi.
Xizmat xatlarining nomi qo'yilmaydi, uning mazmunidan qanday xat ekanligi bilib olinadi.